2. Rahbar shaxsi tipologiyasi. Boshqaruv faoliyatida zarur bo’ladigan muhim sifatlarni aniqlash


O‘z - o‘ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar


Download 0.85 Mb.
bet11/18
Sana04.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1326503
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
2. Rahbar shaxsi tipologiyasi. Boshqaruv faoliyatida zarur bo’la

O‘z - o‘ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar- kamtarlik, kamsuqumlilik, mag‘rurlik, o‘ziga bino qo‘yish, o‘z-o‘zini tanqid, ibo, sharmu - hayo, manmansirash va boshqalar.
Narsalar va xodisalarga munosabatlarda namoyon bo‘ladigan xususiyatlar- tartiblilik, oqillik, saronjom - sarishtalik, qo‘li ochiqlik, ziqnalik, tejamkorlik, pokizalik va boshqalar.
Mehnat faoliyatida namoyon bo‘ladigan xarakterologikxususiyatlar - mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat, ishga qobillik, mas`uliyat, dangasalik, qo`nimsizlik va boshqalar.
Insonlarga nisbatan bo‘lgan munosabatlarda namoyon bo‘ladigan xarakterologik sifatlar- odoblilik, mehribonlik, jonsaraklik, muloqatga kirishuvchanlik, g‘amho‘rlik, rahm - shafqat va boshqalar1.
Hayot uslubi va shaxs tiplari:
Boshqaruvchi tip: Bu tip insonlari o‘ziga ishongan va g`ayratli, ahamiyatsiz sotsial manfaatlarga, agar bular mavjud bo`lmasa. Ular faol, ammo sotsial rejada emas, ularga boshqalarning baxt-saodati ahamiyatsiz, ular tashqi olam o`stidan hukmronlik qilish xos. Asosiy hayotiy muammolarini ular dushmanlik, antisotsial hal etadilar (jinoyatchilar, narkomanlar, qonun buzarlar).
Oluvchi tip: tashqi olamga tekinxurlik va o‘zining ehtiyojlarining ko‘p qismini boshqalar hisobiga qondirishga intiluvchi odamlar. Ularda sotsial manfaatlar yo`q, ular boshqalardan ko‘proq narsa olishga intiladilar. Ularning faolligi yuqori emas, ularning boshqalarga azob- uqubat keltirish ehtimoli kamroq.
Qochuvchi tip: bu insonlarning sotsial qizitsishlari, shaxsiy muammolarni hal etishdagi majburiy faolligi past, ular muvaffaqiyatsizlikdan qurqadilar va hayotiy muammolarini yechishdan qochadilar. Ular qiyinchilik yoki omadsizlik tug`diradigan barchasidan qochadilar.
Sotsial tip: Bu yetuk talabga javob beradigan, sotsial manfaatlar bog‘lab turadi va yuqori faollikka ega. Bu inson boshqa insonlarga gamxurlik ko`rsatuvchi, ular bilan munosabatga qiziquvchi, insonlarning asosiy hayotiy muammolarini hal etuvchi muammolarni: ish, sevgi, dustlik-hamkorlikni, shaxsiy mardlikni, mas’uliyatni talab etishini biladi va boshqa insonlarning rohat-farogatida o‘zining hissasi qushishga tayyor.2
Qobiliyatsizlik va intellektning pastligi sabablaridan ham biri shuki, ana shu ikki xil layoqat o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Masalan, genial rassom oilasida bola tug`ildi deylik. Unda rassomchilik uchun tug`ma, genetik belgilar otasi tomonidan berilgan deylik. Lekin bolaning onasi farzandining ham rassom bo‘lishini xoxlamasligi, o‘ziga uxshash kushikchi bo‘lishini xoxlashi mumkin. Ayol bolani yoshlikdan faqat musika muhitida tarbiyalaydi. Tabiiy layoqatning rivoji uchun ijtimoiy layoqat muhiti yuk, ijtimoiy layoqat o’sishi uchun esa tabiiy, tug`ma layoqat yuk bo‘lgani sababli, bolada xech qanday talant namoyon bo’lmasligi, u oddiygina musikachi yoki kushikchi bo‘lish bilan cheklanishi mumkin. Intellekt testlari va qobiliyatdagi tug`ma va orttirilgan belgilarni o‘rganishning psixologik ahamiyati aynan shunda. Ilk yoshlikdan bolaning o‘zidagi mavjud imkoniyatlarni rivojlantirish shart-sharoitini yaratish ishini to‘g‘ri yulga qo‘yish kerak.
Shuning uchun ham har bir ongli inson o‘zidagi qobiliyat va zexnni ilk yoshlikdan bilib, usha o‘zi yaxshi ko‘rgan, «yuragi chopgan» ish bilan shugullansa, va undan qoniqish olib, qobiliyatini o`stirishga imkoniyat topib, yutuqlarga erishsa, biz uni itstidorli deymiz.
Iqtidor - insonning o‘z xatti - harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan sub’ektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki talantli bo’lmasligi mumkin, lekin u har qanday ishda mardlik, chidamlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo‘lib, o‘zlari shugullanayotgan ishni bajonidil, sitkidildan bajaradi. Ular ana shunday harakatlari bilan ba’zi uta iste’dodli, lekin kamharakat kishilardan ko`ra jamiyatga ko‘prok foyda keltiradi. Iqtidorli insonda iste’dod soxibi bo‘lish imkoniyati bor, zero iste’dod - har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir.
Ch.Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab o‘tilgan ko`rsatgichlar o‘rtasida bog‘liqlik borligini isbot qilib, aklning haqikatan
ham murakkab tuzilmaga ega bo‘lgan psixik xususiyat ekanligini ko’rsatdi. Boshqa bir olim Dj.Gilford esa aklni bir qator aqliy operatsiyalar (analiz, sintez, taqqoslash, mavxumlashtirish, umumlashtirish, sistemaga solish, klassifikatsiya qilish) natijasida namoyon bo‘ladigan xususiyat sifatida o‘rganishni taklif etgan. Bu olimlar akl so‘zidan ko`ra intellekt so‘zini ko‘prok ishlatib, bu so‘zning o‘ziga xos talqini borligiga e’tiborni karatganlar. Chunki ularning fikricha, intellektual potensialga ega bo‘lgan shaxsnigina qobiliyatli, deb atash mumkin. Intellektual potensial esa bir tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan - shaxsga bevosita alokador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati shundaki, u borliqni va bo‘ladigan xodisalarni oldindan bashorat qilishga imkon beradi. Shu urinda «intellekt» so‘zining lugaviy ma’nosini tushunib olaylik.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling