2. Rahbar shaxsi tipologiyasi. Boshqaruv faoliyatida zarur bo’ladigan muhim sifatlarni aniqlash
Download 0.85 Mb.
|
2. Rahbar shaxsi tipologiyasi. Boshqaruv faoliyatida zarur bo’la
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qobiliyatlarning psixologik strukturasi
Intellekt –“lotincha” so‘z –“intellektus” - tushunish, bilish va “intellestum”– aql so‘zlari negizidan paydo bo‘lgan tushuncha bo‘lib, u aql-idrokning shunday bulagiki, uni ulchab, o‘zgartirib, rivojlantirib bo‘ladi. Bu - intellekt va u bilan bog‘liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Darhaqikat, qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir ko’rsatadi. Buni biz bugungi kunimiz misolida ham ko‘rib, his qilib turibmiz. Yangi avlod vakillari - kelajagini XX1 asr bilan boglagan ugil-kizlarning intellekt darajasi ularning ota - bobolarinikidan ancha yuqori.
Hozirgi bolalar kompyuter texnikasidan tortib, texnikaning barcha turlari juda tez o‘zlashtirib olmoqda, jaxon tillaridan bir nechtasi bilish ko‘pchilik uchun muammo bulmay holdai, minglab topshiriqlardan iborat testlarni ham yoshlar o‘zlashtirishda kiynalmayaptilar. Qolaversa, oila muhitining aql o’sishiga ta’sirini hamma bilsa kerak. Agar bola oilada ilk yoshligidan ma’rifiy muhitda tarbiyalansa, uning dunyoqarashi keng, xoxlagan soha predmetlaridan beriladigan materiallarni juda tez va qiyinchiliksiz o‘zlashtira oladi. Hattoki, bunday bolaga oliy o‘quv yurtida beriladigan ayrim predmetlar mazmuni ham uta tushunarli, ular yanada murakkabrok masalalarni yechishni xoxlaydi. Qobiliyatlarning psixologik strukturasi qobiliyatlar avvalom bor umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi va har birining o‘z psixologik tizimi va tuzilishi bo‘ladi. Shaxsning umumiy qobiliyatlari undagi shunday individual sifatlar majmuiki, ular odamga bir qancha faoliyat sohasida ham muvaffakiyatli faoliyat ko‘rsatish va natijalarga erishishga imkon beradi. Masalan, texnika oliy o‘quv yurtining talabasi ham ijtimoiy-gumanitar, ham aniq fanlar, ham texnika fanlari sohasidagi bilimlarni o‘zlashtira oladi. Bo‘nda unga umumiy bilimdonlik, nutq qobiliyatlari, tirishqoqlik, chidam, qiziquvchanlik kabi qator sifatlar yordam beradi. Maxsus qobiliyatlar esa ma’lum bir sohadayutuqlarga erishish, yuqori ko`rsatgichlar berishga imkon beruvchi sifatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, sport sohasi bilan buxgalterlik hisob-kitobi bo‘yicha ishlayotgan ikki kishida o‘ziga xos maxsus qobiliyatlar bo`lmasa bo‘lmaydi. Umumiy qobiliyatlarni maxsus qobiliyatlarga zid tarzda talqin qilish mumkin emas. Shaxsning umumiy qobiliyatlari ularni hosil qiluvchi omillar yaqqol psixologik xodisa yoki voqelikdir. Maxsus qobiliyatlar ko‘lam jihatdan torroq bo‘lishiga qaramay, chuqurroqmohiyatni o‘zlarida mujassamlashtiradi.I.P.Pavlov o‘z ta’limotida "badiiy", "fikrlovchi", "o‘rta" tiplarga ajratilgan shaxslarning tavsifini beradi . -"Badiiy tip" uchun bevosita taassurotlar, jonli tasavvur, yorqin idrok va emotsiyalar natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligiga xos. -"Fikrlovchilar" uchun esa mavxum mantiqiy, nazariy, metodologik muloxazalarning ustunligi xos. -"O‘rta" tipdagilarda esa har ikkala toifa xususiyatlarining xos ekanligi ko’rinadi. Qobiliyatlarni o’lchash muammosi X1X asrning oxiri - XX asrning boshlariga kelib izchil xal qilina boshlandi. Xorijda bunday ishlar Spirmen, Bine, Ayzenk va boshqalar tomonidan o‘rganildi. Ular qobiliyatlar va iqtidorni o‘rganish uchun maxsus testlardan foydalandilar. Bu testlarning umumiy mohiyati shundaki, ularda topshiriqlar tizimi tobora qiyinlashib boruvchi testlar-topshiriqlar batareyasidan iborat bo‘ladi. Masalan, Ayzenkning mashxur intellekt testi 40 ta topshiriqdan iborat bo‘lib, u intellektual jarayonlarning kechishi tezligini ulchaydi. Bu erda vaqt mezoni muhim hisoblanadi. Boshqa mualliflar sekin ishlash - kobiliyatsizlik belgisi emas deb, boshqacharok usullarni o’ylab topganlar. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling