2. ramal bahrining musamman vaznlari


Download 18.03 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi18.03 Kb.
#1627555

MAVZU: MUSSAMMAN JANRI
REJA:

  1. BO'G'IN VA HIJO TUSHUNCHALARI. VASL VA IMOLA HODISALARI

2.RAMAL BAHRINING MUSAMMAN VAZNLARI


3. HAZAJ BAHRINING MUSADDAS VAZNLARI


Bo'g'in va hijo tushunchalari. Vasl va imola hodisalari
Hijo (arab. — boʻgʻin) — sheʼriy nutqning ritmik birligi, yaʼni soʻzning bir nafas zarbi bilan aytiladigan qismi. Hijo koʻpincha, tilshunoslikdagi boʻgʻin tushunchasiga toʻgʻri keladi, baʼzan boʻgʻindan farkli oʻlaroq undosh tovushning oʻzidan ham tuzilishi mumkin. Masalan:
Vasl bogi/ichra sendek/shohi zolim/koʻrmadim,
Ishq kuyi/da oʻzimdek/ notavone topmadim.
Hijolar ruknlarni tashkil etadi (yuqoridagi baytda 8 ta rukn bor). Aruz vaznidagi sheʼrlar uchun qisqa va cho'ziq hijolarning muayyan bir tartib — nisbatda kelishi va bundan hosil boʻladigan ruknlar asos boʻlsa, barmoq vaznidagi sheʼrlar ritmida boʻgʻinlarning soni va turoqlar asos bo'ladi.
baytidagi vasl, ishq soʻzlaridagi l va q. undoshlari mustaqil hijoni tashkil etadi. Hijo talaffuziga ketgan vaqt va tuzilishiga koʻra ikkiga boʻlinadi; choʻziq (—) va qisqa (V) hijo ChoʻziqChijo unli bilan tugasa, qisqasiga nisbatan choʻziqroq talaffuz qilinadi yoki undosh bilan tugaydi (chunonchi, yuqoridagi: Vas-l bogʻi kabi).

Ramal bahrining musamman vaznlari

Musamman (arab. — sakkizlik) — 1) arab, forstojik va oʻzbek mumtoz sheʼriyatidagi sheʼriy turlardan biri. M. 8 misrali bir necha banddan tashkil topadi. Birinchi band yagona qofi-yaga ega boʻladi, keyingi bandlarning faqat 7 misrasi qofiyadosh boʻlib, 8misrasi birinchi band bilan qofiyalanadi: a-a-a-a-a-aa-a, b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-a kabi; 2) aruzda har baytda bir ruknning 8-marta takrorlanishidan vazn hosil boʻlishi. Mac,Bir pari men telbani husnigʻa moyil qilgʻudekdur,Koʻzim ichra, yer tutib, koʻngluma manzil qilgʻudekdur.


Foilotun / foilotun / foilotun / foilotun(Bobur)Har bir bahr doirasida solim (rukni butun) va zihofli (rukni qisqargan) vaznlar boʻladi. Yuqoridagi baytda "foilotun" rukni ramal bahriga butun (oʻzgarmay) kirgani uchun bu vazn "ramali musammani solim" deb ataladi
Mazkur vaznda foilotun rukni 3 marotaba takrorlanib, 4-rukn foilon shaklida kеladi. Aynan oxirgi rukn – foilonning vazndagi nomi maqsur bo‘lganligi uchun, vazn ramali musammani maqsur dеb ataladi. Taqti’yi quyidagicha:
foilotun foilotun foilotun foilon
– V – – / – V – – / – V – – / – V~
O'n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab chun sarvinozim o'n sakiz yoshindadur.
Foilotun/foilotun/foilotun/ foilun
Ramali musammani mahzuf
A. Navoiy

Ramal bahrining musaddas vaznlari
Ramal bahrining musaddas ruknli vaznlari xuddi musamman vaznlar singari tuzilishga ega bo‘lib, faqatgina misra tarkibida bir ruknning kam ekanligi bilan farqlanadi.
Shu sababli ushbu vaznlarga ta’rif bеrishda ularning nomlari, taqti’yi va misollar kеltirish bilan chеklanamiz.
Ish avjidin qayonkim tushdi barq,
Jonni aylar shu'la selobida g'arq.
Ramali musaddasi maqsur vaznida yozilgan
Musaddas (arabcha: oltilik) - har bir bandi olti misradan iborat boʻlgan sheʻr. Musaddaslar ikki xil boʻladi. Musaddas, shuningdek, musammat xillaridan biri. Aruzning turli vaznlarida, turli mavzularda yoziladi, a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-asr.. yoxud takror, tarje misralari, baytlari boʻlsa — a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-vv-v-a; a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-a-a tarzida qofiyalanib keladi. Musaddasda ham musammatlarning boshqa xillaridagi kabi shoir yoxud ikki shoir taxallusi keltiriladi.
Hazaj bahrining musamman vaznlari
Hazaj bahriga doir musamman vaznlarning dastlabkisi hazaji musammani solim bo‘lib, biz ushbu vazn haqida ilk mavzularda ham gaplashgan edik. Esingizda bo‘lsa, uning taqti’yi quyidagicha edi:
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun
V – – – / V – – – / V – – – / V – – –
Manga nе manzil-u ma’vo ayon, nе xonumon paydo,
Nе jonimdin asar zohir, nе ko‘nglumdin nishon paydo.
(«Favoyid ul-kibar», 34-g‘azal)
Hazaji musammani musabbag‘
Bu vazn hazaji musammani solimdan faqatgina oxirgi ruknning o‘zgarishga uchrashi (cho‘ziq hijoning o‘ta cho‘ziq hijoga almashishi) bilan farqlanadi. Taqti’yi quyidagicha:
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylon
V – – – / V – – – / V – – – / V – – ~
Dеmak, 4-ruknning oxirgi hijosini o‘ta cho‘ziqqa aylantirish natijasida yangi vazn paydo bo‘lyapti. Biz mazkur rukn nomini musabbag‘ dеb ataymiz, vaznni esa hazaji musammani musabbag‘ tarzida nomlaymiz.
Gadoyi faqr ila so‘z ayta olmas podsho gustox,
Shah ollinda nеchukkim, dam ura olmas gado gustox.
«G‘aroyib us-sig‘ar», 107-g‘azal

Download 18.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling