2-savol: Xalqaro huquqqa muvofiq davlat qachon o‘zini himoya qilish huquqiga ega?
Download 19.2 Kb.
|
10-kazus xalqaro huquq
10. A. davlatidan kelgan bir guruh sayyohlar B. davlat milliy ozodlik harakati jangarilari tomonidan qo‘lga olindi. Jangari guruh rahbari, A. davlati qo‘shinlari B. davlatidan olib chiqilgan taqdirdagina garovdagilar ozod qilinishini aytdi. A. davlat, jangarilarning bu xatti-harakatlarini B davlat nomidan qilingan harakat deb baholab qurolli xarakterdagi, ya’ni tinch aholi zarar ko‘rishiga olib kelgan harbiy lagerlarni o‘qqa tutish harakatini amalga oshirdi. B. davlatining boshlig‘i BMT Xavfsizlik Kengashiga A. davlatini kuch ishlatmaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik prinsipini buzganligi uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risida iltimos bilan murojaat qildi. O’z navbatida, A. davlati o‘z harakatlarini o‘zini o‘zi himoya qilish deb hisoblashini talab qildi. Javob
2-savol: Xalqaro huquqqa muvofiq davlat qachon o‘zini himoya qilish huquqiga ega? 3-savol: A davlatning harakatlarini xalqaro huquq prinsiplariga muvofiqlik nuqtai nazaridan baholang. Avvalo , Kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik iboralariga ta`rif bersak maqsadga muvofiq bo`ladi . Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipi : Xalqaro huquq normalariga to`g`ri kelmaydigan tarzda o`zga davlat hududi okkupatsiya qilinishini taqiqlash Biror bir davlatga agressiya sodir bo`lganda , boshqa davlat tomonidan joy berib turilishi Boshqa davlat hududiga bostirib kirish uchun qurolli bandalarni tashkillashtirish bilan bog`liq harakatlar Boshqa davlatdagi fuqarolik urushi yoki terrorchilik harakatlariga gijgijlash , yordam berish kabi ishlarda ishtirok etish Ushbu masalaga ilk bor Ikkinchi Jahon urushi yillarida qo`l urildi . Urushdan keyin Xalqaro munosabatlarni adolatli asosda ko`rish va tinch asosda hal qilish maqsadida tashkil etildi va bu xalqaro huquq prinsipi BMT ustavida mustahkamlab qo`yilgan. BMT ustavining 2- moddasining 4- moddasida shunday deyilgan : « BMT ga barcha a`zo davlatlar har qanday davlatning hududiy dahlsizligiga yoki suverenitetiga qarshi kuch ishlatish yoki shu yo`sindagi tahdiddan o`zlarini tiyadilar » Kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik prinsiplarini buzilishiga - chegara chiziqlariga nisbatan tajovuzkorona xatti – harakatlarni , qirg`oq va bandargohlarga ruhsatsiz ya`ni qirg`oqbo`yi davlatlari o`zlarini hududida o`rnatgan qoida , tartiblarni mensimasdan buzib kirishi kabi tajovuzkorona harakatlarni misol keltirishimiz mumkin . 2.Ushbu savolimiz bo`yicha BMT ustaviga yuzlanamiz . BMT ustavi 51 – moddasida bu masala bo`yicha tegishlicha ta`rif berilib o`tilgan : «Hujum qurboniga aylangan davlat , hujum bo`lgani haqida BMT Xavfsizlik Kengashiga xabar qilishi zarur . Agarda xabar qilinmasa , ogohlantirilmasa , davlat o`zini o`zi himoya qilish harakatlarini olib bormayapti deb topildi . BMT ustavida yakka tartibda , jamoa bo`lib o`zini o`zi himoya qilish huquqiga ega . Faqatgina hujumga uchragan davlat tomonidan qabul qilinadi . Uning iltimosisiz uchinchi davlatlar o`zboshimchalik bilan aralashib , biror chora qo`llay olmaydi . Kuch ishlatmaslik prinsipida kuch bilan tahdid qilish yoki qo`llash yoki shu evaziga hududga ega bo`lish hollarida sanksiya qo`llash ko`zda tutilgan » BMT ustavi harbiy kuchni qonuniy ravishda ishlatishning 2 ta holatini belgilagan : O`zini o`zi mudofaa qilish maqsadida (BMT ustavi 51- moddasi ) BMT xavfsizlik kengashi qaroriga muvofiq , tinchlikka tahdid tug`ilganda , tinchlik buzilganida yoki agressiya akti mavjud bo`lgan holllarda ruhsat berilgan . Bu harakatlarni dengiz , havo yoki quruqlik kuchlaridan foydalangan holda amalga oshirishga haqlidir . 3.A davlatining xatti – harakatlariga huquqiy baho beradigan bo`lsak , A davlati o`zini davlatini ziyoratchilari B hududida qo`lga olinganligi uchun qurolli harakat uyushtirdi . A davlati harakatlari xalqaro huquq normalariga ziddir . Chunki o`zini davlati ziyoratchilari , B daavlatida sababsiz qo`lga olingani haqida tinch yo`l bilan BMT Xavfsizlik kengashiga xabar qilishi kerak edi . A davlati esa qurolli harakat uyushtirib , buni o`z- o`zini himoya qilish deb atashi noo`rindir . Bu BMT ustavi 51 – moddasida belgilab qo`yilgan : «Hujum qurboniga aylangan davlat , hujum bo`lgani haqida BMT Xavfsizlik Kengashiga xabar qilishi zarur . Agarda xabar qilinmasa , ogohlantirilmasa , davlat o`zini o`zi himoya qilish harakatlarini olib bormayapti deb topildi . BMT ustavida yakka tartibda , jamoa bo`lib o`zini o`zi himoya qilish huquqiga ega . Faqatgina hujumga uchragan davlat tomonidan qabul qilinadi . Uning iltimosisiz uchinchi davlatlar o`zboshimchalik bilan aralashib , biror chora qo`llay olmaydi . Kuch ishlatmaslik prinsipida kuch bilan tahdid qilish yoki qo`llash yoki shu evaziga hududga ega bo`lish hollarida sanksiya qo`llash ko`zda tutilgan » Xulosa qiladigan bo`lsak , A 1-savol: Mazkur kazusdan kelib chiqib, xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan biri kuch ishlatmaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik prinsipining mazmuni tushuntiring. 2-savol: Xalqaro huquqqa muvofiq davlat qachon o‘zini himoya qilish huquqiga ega? 3-savol: Holiston davlatning harakatlarini xalqaro huquq prinsiplariga muvofiqlik nuqtai nazaridan baholang. davlatini o`zini harakatlarini o`zini – o`zi himoya qilish deb tan olishimiz uchun , BMT Xavfsizlik Kengashiga xabar qilishi lozim edi . Xabar qilmagani uchun , o`zboshimchalik bilan qurolli harakat uyushtirgani uchun bu vaziyatda BMT ustavida kelib chiqib o`zini – o`zi himoya qilish deb baholay olmaymiz . Download 19.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling