2-seminar. Mustaqilikka erishish arafasida O'zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


Download 31.16 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.12.2020
Hajmi31.16 Kb.
#164235
Bog'liq
tarx 2-seminar


2-seminar. Mustaqilikka erishish arafasida O'zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. 

Bugungi kunga kelib mamlakatimiz o’z mustaqil taraqqiyot yo’lining yigirma olti yilligini 

nishonlash arafasida turibdi. 

Tarix oldida bu muddat kiprik qoqqanchilik lahzalarga teng davr hisoblanadi. O’tgan yigirma 

olti yil mohiyatan yurtimiz tarixida o’ta mas’uliyatli va sharafli davrni tashkil etdi. SHu davr 

mobaynida har birimizning hayotimizda, mamlakat taqdirida muhim va keskin o’zgarishlar 

yuz berdi, turmush tarzimiz o’zgarib, o’zligimizni anglay boshladik. Qisqa davr ichida davlat 

va jamiyat qurilishida, huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, eng muhimi 

odamlarimizning ongu-shuurida tom ma’noda yangicha qarash va yangicha fikrlash tuyg’usi 

shakllanib ulgurdi. 

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan yurtimizda ijtimoiy 

yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik 

huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etildi. Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, yurtboshimiz 

yuksak demokratik talablarni hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, 

farovon hayotga erishish bir-bir bilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan 

jarayon ekanligini ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hech qachon osonlikcha 

kechmasligini uqdirib o’tgan edilar. I.A.Karimov “O’zbekiston – bozor munosabatlariga 

o’tishning o’ziga xos yo’li” risolasida mamlakat mustaqillikka erishgandan so’ng dastlabki 

yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O’zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni 

isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdilar. Nazariy va 

amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur yashab turgan fuqarolarning taqdirigina 

emas, balki ularning kelajak avlodlarining taqdirini ham o’ylab tuzilgan bo’lib, o’sha davrda 

hukmron bo’lgan yakka hokimlik tizimining illatlarini tezroq bartaraf etish, mamlakatimizni 

rivojlangan, madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olishini ta’minlashni ko’zda tutgan edi. 

Bu haqiqatan ham Islom Karimov nomi bilan jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli 

edi.Taraqqiyotning o’zbek modeli quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 

birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot 

siyosatdan ustun bo’lishi kerak. SHuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni 

mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur; 

ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor 

yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan 

amalga oshirishi shart; 

uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning 

ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni barcha 

hech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim; 

to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat 

o’tkazish kerak. 

beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning ob’ektiv qonun-larini e’tiborga olib, 

yaqin o’tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyutsion yo’l bilan puxta o’ylab, 

bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. 

Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning evolyutsiya yo’lining tanlab olinganligi o’zining 

an’anaviy og’ir-bosiqligi, puxta o’ylab qaror qabul qilishga ruhan moyilligi hamda 

tinchliksevarligi tufayli bir holatdan ikkinchisiga, ayniqsa turmush tarzida, sakrab o’tishga 

rag’bati yo’q o’zbek xalqining fikrlash tarziga aynan mosdir. 

Yana shu narsa ham g’oyat muhimdirki, bozor taraqqiyotining bosqichli jarayoni davlatning 

tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni ahillik vaziyatida, jamiyatning qo’llab-quvvatlashiga 

tayanib amalga oshirish imkonini beradi. 


Islohotlarning o’zbek modeli bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning 

birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot 

modeli bo’ldi. 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida avval-boshdan ana shu nozik 

jihatga alohida e’tibor qaratildi.  Barcha o’zgarishlar va yangilanishlarning markaziga inson 

va uning manfaatlari qo’yildi. Bugungi kunda ham o’zgarishlar jarayonining mohiyatida 

islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun, degan 

tamoyil mujassamdir. 

SHunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko’zlangan maqsad yurtimizda istiqomat 

qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan 

demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi hamda erkinliklarni 

ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish uchun birlamchi ahamiyat 

kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga 

e’tibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlar esa o’z o’rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy 

hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bog’liqlikda 

amalga oshirib kelinmoqda. 

Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday 

yondoshuvning naqadar to’g’ri bo’lganini va uzoqni ko’zlaganini tasdiqlab bermoqda. 

Mas’uliyatli paytlarda, keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy 

harakatlarga qarshi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o’z yo’limiz bor va bu yo’ldan 

hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so’z va mustahkam siyosat bugun ham izchil 

amalga oshirilmoqda. 

O’zbekiston mustaqil taraqqiyot va istiqlol yo’lida, yangi jamiyat, erkin va farovon hayot 

qurish yo’lida ko’p tajribaga ega bo’layotgan ekan, hech shubhasiz o’zbek xalqi uchun 

muqaddas va aziz bo’lmish O’zbekiston zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan 

insonlar uchun muhim bir haqiqat tobora aniq va ravshan bo’lib bormoqda. Bu 

O’zbekistonning yer yuzida baquvvat asoslarga ega bo’lgan zabardast davlat bo’la olishiga 

mustahkam ishonchdir. 



Download 31.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling