2-seminar. Zamonaviy ta’lim shakllari: masofali o’qitish, mahorat darslari, vebinar, evristik metodlar(2 soat) Reja: 1
Download 464.88 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi
o‘quvchilarga o‘quv muammosini taklif etish; o‘quvchilar bilan hamkorlikda tadqiqot masalasini o‘rnatish; o‘quvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil etish o‘quv muammolari mohiyatini anglab olish; tadqiqot muammosini o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan birgalikda o‘rnatishda faollik ko‘rsatish; ularni yechish usullarini topish; tadqiqiy masalalarni yechish usullarini o‘zlashtirish Evristik metodi o‘qituvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra bir muncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Shunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. Shuningdek buyuk didakt I.Ya.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan. Xorijiy ta’limda tyutor, edvayzer, fasilitator va moderatorlik faoliyati Xorijiy ta’limda so‘nggi yillarda bir qator atamalar keng ishlatilmoqda. Bularga tyutor, edvayzer, fasilitator va moderator tushunchalari kiradi. TYUTOR - ( Tutorem-lotincha) ustoz, murabbiy vazifasini bajaradi. Ba’zi hollarda ma’ruza o‘qituvchisi bilan tinglovchi orasidagi bog‘lovchi rolini ham bajaradi. Bunda ma’ruzachi tomonidan berilgan bilimlarni keng egallashda maslahatchi va ustoz rolini bajaradi. EDVAYZER (advisor)-fransuzcha “avisen”“o‘ylamoq”) tinglovchilarning individual holda bitiruv malakaviy ishi, kurs loyixalarini bajarishda maslahatchi rolini bajaradi. FASILITATOR - (ingliz tilida .facilitator, latinchafacilis–yengil, qulay)- guruhlardagi faoliyat natijasini samarali baholash, muammoning ilmiy yechimini topishga yo‘naltirish, guruhdagi kommunikatsiyani rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi. MODERATOR -Qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, tinglovchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarni rivojlantirish, bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Ma’lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi, fikrlarni umumlashtiradi. Bizning ta’limda ushbu faoliyatlarning hammasini o‘qituvchi bajaradi va pedagog yoki o‘qituvchi deb yuritiladi. Download 464.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling