2. Sinf rahbari ish faoliyatinig maqsad va vazifasi. Sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari. II. Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 43.14 Kb.
|
Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshorish sinif rahbari ishini rejalashtirish.
Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshorish sinif rahbari ishini rejalashtirish. REJA:
2. Sinf rahbari ish faoliyatinig maqsad va vazifasi. 3. Sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari. II. Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar. . Tayanch ibora va atamalar: tarbiya, tarbiyachi, maktab, sinf rahbari, tarbiyaviy soat, oʻquvchi, tarbiyaviy ish, jarayon, maktab, sinf, oʻquvchi, burch, vazifa, tashkil qilish, bogʻlash, hamkorlik, faollik, yondashuv, talab. 1. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda sinf rahbarining oʻrni Sinf rahbarining oʻquvchilarga koʻrsatadigan tarbiyaviy ta’sir kuchi koʻp jihatdan uning ma’naviy qiyofasi oʻquvchilar ongi va xulq-atvorning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab hayotida, talim -tarbiya jarayonini boshqarishda sinf rahbarining oʻziga xos oʻrini bor. U maktabda juda muhim va mas'uliyatli vazifani bajaradi. Sinf rahbari faoliyatining aksariyat qismi tarbiyaviy jarayon bilan bogʻliqdir. Sinf rahbari deganda - oʻquvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilmi jihatidan ham teng boʻlgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog (sinf rahbari) tushuniladi. Sinf rahbarining asosiy maqsadi, oʻquvchilarni toʻgʻri tarbiyalash jarayonida oʻquvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olish va sinf rahbari tomonidan oʻquvchilarga e’tiborliroq boʻlishdir. Boshlangʻich sinf maktab ta’limining dastlabki bosqichi boʻlib, unda bolalar oʻqituvchi rahbarligida birinchi qadam qoʻyadilar. Oʻquv faoliyatida bilim, koʻnikma va malakalarni egallaydilar. Oʻqituvchi sinf bilan yolgʻiz ishlaydi va koʻpincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi. Oʻqituvchilik faoliyati bolalarga munosabatda, katta mehribonligi bilan gʻamhoʻrligi bilan xarakterlanadi. Bular esa katta talabchanlik bilan olib boriladi. Oʻquvchilar bilan olib boriladiga oʻzaro munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda oʻquvchilarning oʻsishi va rivojlanishiga qarab ularni tarbiyalash sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilarga pedagogik talablar berishga erishadi, ota-onalar, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimo aloqa bogʻlab turadi. Sinf jamosini tashkil etishda sinf rahbarining oʻrni katta hisoblanadi. Sinf rahbari sinf jamoasini jipslashtirishda ota-onalar va jamoatchilik bilan ham korlikni yoʻlga qoʻyadi. Hamkorlik shakllaridan biri sinf ota-onalar majlisi oʻtkazishdir. Sinf majlisi oʻtkazish uchun, avvalo, jamoani jipslashtirish zarur. Sinf rahbari majlisda koʻplab bolalar tarbiyasiga oid masalalarni koʻradi. Sinf majlisida 3-4 ta masalalar koʻrilib, muammoli tomonlar tahlil qilinadi va oʻz yechimini topishi kerak boʻladi. Sinf rahbari majlis oʻtkazish davomida yaxshi oʻqiydigan bolalarni sinfda, yangi jamoa ichida ragʻbatlantirishi kerak. Bunda bolalar bir-biriga doʻstona munosabatda boʻlishadi. Shuning uchun ular bir-biriga intilib, yaxshi oʻqishga harakat qiladi. Yomon oʻqiydigan bolalar yaxshi oʻqiydigan bolalarga intilib ular ham yaxshi oʻqishga kirishadi. Bundan tashqari sinf rahbari oʻquvchilarning bilim darajasini oshirish uchun oʻz sinfida kutubxona tashkil qilishi mumkin. Bu kutubxonadagi kitoblarni oʻquvchilar sinfdan tashqari oʻqish vaqtida yoki darsdan soʻng boʻsh qolgan paytlarida, oʻqib oʻzlariga foydali tomonlarini olishi mumkin. Sinf rahbari har doim oʻquvchilardan xabardor boʻlib turishi kerak. Masalan, bir oʻquvchining oʻzlashtirishi yomon boʻlsa, uni yaxshilash uchun oʻqituvchi birinchi oʻrinda ota-onasi bilan uchrashib, surishtirishi lozim. Nimaga yaxshi oʻqimaydi, nima uchun darslarni oʻz vaqtida qilmaydi, shular haqida ota-onasi bilan suhbat olib borishi kerak. Agar bolaning oilasida hamma sharoit boʻlib bola oʻzi yaxshi oʻqishni xohlasada, oʻzi oʻylagan natijaga erisha olmayotgan boʻlsa, oʻqituvchi bolani yaxshi oʻqiydigan oʻrtogʻining yoniga oʻtkazib qoʻyish kerak. Bundan tashqari shunga oʻxshagan oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarni yigʻib, har xil fanlardan masalan, matematika, ona tili, oʻqish va boshqalardan qoʻshimcha darslarni tashkil etib, bolalarni oʻqishga boʻlgan talablarii, qiziqishini yanada oshirishga oʻqituvchi harakat qilishi kerak. Oʻqituvchi oʻquvchilarning ota-onalari bilan faol ishlashi zarur. Negaki, maktabda sinfda boʻlayotgan ishlardan ota-onalar ham xabar topib, qiynalgan vaqtida hamroh boʻlishi lozim. Buning uchun ota-onalar bilan oʻqituvchining oʻrtasida bogʻlab turuvchi aloqa daftarchasini tutishi va uni doim qoldirmasdan yuritib turishi darkor. 2. Sinf rahbari ish faoliyatinig maqsad va vazifasi Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Oʻziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u yolgʻiz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan oʻqituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda oʻquvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. Oʻquvchilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi. 2. Oʻquvchilarning bilimga boʻlgan qiziqish va qobiliyatini hisobga olgan holda kasbga yoʻnaltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir oʻquvchining sogʻligini mustahkamlashga ham e’tabor beradi. 3. Sinf rahbarining diqqat markazida oʻquvchilarning yuqori darajada oʻzlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir oʻquvchining kundalik oʻzlash tirishidan voqif boʻlib turadi. O rqada qolayotganlarga oʻz vaqtida, kechiktirmay yordam uyishtiradi. 4. Sinfdagi oʻquvchilarning oʻz-oʻzini boshqarish ishlarini yoʻnaltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi, maktab miqyosida uyishtirilayotgan muhim tadbirlarda oʻz sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi. 5. Sinf oʻquvchilarining ota-onalari, oʻquv kuni uzaytirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxona va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa oʻrnatadi. 6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan oʻqituvchilari oʻrtasida oʻquvchilarga nisbatan yagona talablar oʻrnatishga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab oʻrtasidagi aloqani mustahkamlaydi. 7. Sinf rahbari oʻz sinfidagi turli hujjatlarni: sinf jurnali, oʻquvchining kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi. Koʻrinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarinig shaxsiy sifatlariga ham bogʻliqdir. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining gʻoyaviy ichonchiga va e’tiqod darajadiga bogʻliq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam oʻzlashtirib borishi bilan oʻzining bilimini oshiradi. Sinf rahbarining axloqiy obroʻsi gʻoyat darajada yuqori boʻlishi ham bu oʻrinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi oʻquvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir koʻrsatadi. Chunki, tarbiyachi qobiliyati juda koʻp sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan koʻngil qoʻyish, bolalarga boʻlg an cheksiz muhabbat, muomala nazokatligi, oqil va adolatlilik namunasi, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning boʻlishi taqozo qilinadi. 3. Sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari Sinf tarbiyaviy soatlari maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridandir. Sinf tarbiyaviy soatlari quyidagi: ma’rifiy, baholovchi, yoʻnaltiruvchi singari uch asosiy tarkibiy qismlardan iborat boʻladi. Ma’rifiy tarkibiy qismda: oʻquv dasturlaridan tashqari, oʻquvchilarning etik, estetik, ruhiy tushunchalarni, fantexnika, xalq xoʻjaligi, dunyo voqealarini boyitib, kengaytirib borishdan iborat ishlar amalga oshiriladi. Baholovchi tarkibiy qismda: oʻquvchilarda atrof-muhitga muayyan munosabatda boʻlish, undagi moddiy va ma’naviy boyliklarimizning bahosi, ahamiyati va qadr-qimmati, mehnat kishilari va Vatanimiz himoyachilarining shon-shuhrati, ona Vatanimizning, ulugʻ xalqimizning shuhrati haqidagi tegishli tushunchalarni hosil qilish va mustahkam qaror toptirishdan iborat sifatlar roʻyobga chiqariladi. Yoʻnaltiruvchi tarkibiy qismda: oʻquvchilarning mavjud hayot haqidagi bilim va tushunchalari toʻgʻri, maqsadga muvofiq yoʻnaltirilib, teranlashtirilib, ularning hayotiy tajribasi, axloqi, boʻlgʻusi turmush yoʻlini toʻgʻri tanlashdek hayotiy faoliyatlari, unda tutgan mavqelari faollashtirilib, boshqarilib boriladi. Oʻqituvchi-tarbiyachi tarbiyaviy soatning mavzuini belgilab, unga tegishli material toʻplayotganda oʻquvchilarning yosh va oʻziga xos xususiyatlarini, sinfning rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasini, mahalliy shart-sharoitni albatta e’tiborga olishi kerak. Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridan biri sinf tarbiyaviy soatlari boʻlib uni tashkil etish pedagogning quyidagi yoʻnalishlar asosida olib boriladigan ishlaridan iborat: a) sinf tarbiyaviy soatlarning mazmunini aniqlash; b) tashkiliy jihozlash ishlari; v) sinf tarbiyaviy soatlari turkumini rejalashtirish. Oʻsib kelayotgan yosh avlodga maqsadga muvofiq ta’sir koʻrsatishda sinf tarbiyaviy soatlari ish mazmunini aniqlash va rejalashtirish mavzularni fasllarga qarab, bayram, tarixiy sana hamda voqealar, tinchlik, doʻstlik , mehnat, oila, baxt, kasb tanlash, tabiatni sevish, vatanparvarlik, ajdodlarimiz merosi, insoniylik, axloqiylik singari tarbiyaviy muammolar asosida tasniflash katta muvaffaqiyatning garovi ekanligini koʻrsatmoqda. “Inson va insoniy munosabatlar”. Bunda jamiyatimizdagi insoniy munosabatlar, jonajon maktabi, oʻqituvchilari oʻz ota-onasi qarindosh-urugʻi, doʻstlari va boshqa kishilarga, jamoat mulkiga, ona Vatan boyliklariga munosabat, yurish-turish madaniyati, muomalasi, rostgʻoʻylik, halollik, mehnatga ongli munosabatda boʻlish. “Fan va turmush”. Bunda moddiy olam haqidagi haqiqatni, qarashlarni shakllantirish, fan texnika yangiliklari, bilim manbayi boʻlgan kitobga munosabat, uni oʻqish qoidasi, turmush, madaniyat, bugungi kun turmush tarzi kabi masalalarga e’tibor berish. “Goʻzallik olamida”. Bunda goʻzallikning mohiyati, goʻzallikni his qilish, nafosat va etika tushunchalari, hayotda insonning kiyinishda, turmushda, mehnatda, axloqda, muomala va nutq madaniyatida, kuy va qoʻshiqlarda, she’riyatda, raqs va tasviriy san’atda, haykaltaroshlik va me’morchilikda, zamonaviy ishlab chiqarish kabi sohalarda goʻzallik tushunchalariga e’tibor berishi. “Davlat mustaqilligi va inson huquqi haqida nimalarni bilasiz?” Bunda davlat mustaqilligi, uning ma’nosi va mohiyati, mustaqil davlat siyosati va iqtisodiyotining mazmuni, tashqi dunyo mamlakatlari bilan doʻstona aloqalar, elchixonalar vujudga keltirish, milliy mustaqillik imkoniyatlari, vatandoshlar bilan ishbilarmonlik doirasida aloqalar oʻrnatish, dunyo siyosiy voqealariga, huquq darajalari, oʻz haq-huquqi uchun kurash, ona Vatannimizga, xalqimizga mehr-muhabbat, sadoqat, e’tiqod, dunyoviy gʻalabalarimizga munosabat kabilarga e’tibor berish. “Sogʻ tanda sogʻlom aql”. Bunda oʻquvchining kundalik faoliyat tartibi, uyida oʻquvchining oʻz burchagi boʻlishi, yosh va oʻziga xos xususiyatlariga qarab gigiyenik qoidalarga rioya qilish, jinsiy tarbiya, gigiyena inson goʻzalligi, madaniyati va salomatligi garovi ekanligi kabilarga e’tibor berish. “Ekologik tarbiya”da bolalarda tabiatning yer osti va yer usti boyliklariga, tabiatga nisbatan javobgarlik, Ularni hozirgi va kelajak avlod uchun avaylab asrash, koʻpaytirish hamda muhofaza qilish histygʻularini, tushunchalarini tarkib toptirish kabilarga e’tibor berish lozim. Sinf tarbiyaviy soatlarini tashkil qilish unga oʻquvchilarni ruhan tayyorgarlikdan boshlanadi, ular sinf tarbiyaviy soatlarini intizorlik bilan kutishlariga harakat qilish lozim. Koʻriladigan masalalar nechogʻli muhokama va munozarabop boʻlishi hamda u koʻngildagidek oʻtkazilishi darkor. Avvalo muhokama qilinadigan mavzu, uning mazmuni, uni oʻtkazish vaqti, tartibi va ushbu mavzuga oid materiallarni topish lozim. Tarbiyaviy soatlar uchun maktab oʻquvchilari va oʻqitivchi tarbiyachilarga moʻljallangan hamda ommabop gazeta va jurnallar, pedagogikaga oid va bolalar tarbiyasiga doir badiiy adabiyot namunalari, kinolavha, kinofilm, diafilm va radio eshittirish va telekoʻrsatuvlardan, tarbiya mavzusiga yoʻnaltirilgan va shu kungi oʻquvchilar uchun dolbzarb, hayotiy materiallardan tanlab olishlari ijodiy ishdir. Sinf tarbiyaviy soatlarida tanlangan mavzu boʻyicha oʻtkaziladigan mashgʻulotlarga eng avvalo oʻqituvchi puxta tayyorgarlik koʻrishi lozim. Mashgʻulot jarayonida ustoz oʻz maqsadini oʻquvchilari ongiga yetkaza oladigan, ularning qalbini toʻlqinlantira oladigan, ta’sirchan va ifodali bayon qila oladigan nutqqa ega boʻlishi, turli pedagogik ta’sirlar orqali singdira oladigan boʻlishi lozim. Sinf tarbiyaviy soatlari uchun tanlangan mavzuning maqsadiga mos keladigan kuy va qoʻshiqning yangrashi, badiiy oʻqish, she’rxonlik, oʻz ijodiy ishlaridan namunalar koʻrsatish, muhokama qilinayotgan masalaga nis-batan oʻquvchilarning oʻz mustaqil fikrlarini bayon qilashlariga keng yoʻl berish, hayotiy muhim masalalar haqida aniq va toʻgʻri xulosalar chiqarishlariga yoʻnaltirib borish lozim. Bu esa oʻquvchilarni oʻz fikrlarini mustaqil va erkin bayon qilishga odatlantirib, ularda faollikni kuchaytiradi. O’quvchilarni barcha kishilarning yaxshi va yomon xatti-harakatlarini farqlay olishga, o’z xatti-harakatlariga va o’rtoqlarining xatti-harakatiga adolatli baho berishga o’rgatishi hamda o’z kuch g’ayratini o’quvchilarda nopoklik, adolatsizlik, kishilarga rahm-shafqatsiz bo’lishga nisbatan salbiy munosabatni tarkib toptirishga qaratishi kerak. O’quvchilarni tarbiyalash o’qitishga qaraganda ancha qiyin degan fikrni o’qituvchilar orasida tez-tez eshitish mumkin. Ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’lim berish bilan mustahkam aloqada bo’lgani holda, o’zining xususiyatlariga ega. Ma’naviy-axloqiy tarbiya o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashni barcha prosesslarini bilim berish va o’rgatish bilan birga qamrab oladi. Bunday ikkita o’zaro bog’langan tomon: hayotni bilish va unga bo’lgan munosabatni tarkib toptirish prosesslari ajralib turadi. Hayotni bilish ma’lumot olishning asosiy funksiyasi, unga bo’lgan munosabatni tarkib toptirish tarbiyaning asosi, vazifasini tashkil etadi. Sinf rahbari faqat ta’lim-tarbiyaning birligini emas, balki ularning xususiyatlarini ham ko’ra bilishi muhimdir. Maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish yuzasidan olib boriladigan ulkan ishining bir qismi xolos, u bolaning ilgarigi tajribalarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, undagi barcha yaxshi sifatlarni o’stirib, noto’g’ri tasavvurlar, odatlarni tuzatib borishi va bo’lajak sifatga zamin tayyorlashi kerak. Ma’naviy-axloqiy tarbiya o’quvchi maktabni tamomlagandan keyin ham tugallanmaydi, u butun umr bo’yi davom etadi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya-ta’lim berish bilan bog’liq bo’lgani holda, o’z xususiyatlariga, o’ziga xos vazifalari, uni tashkil etishning forma va metodlariga ega bo’lib, maxsus ravishda o’rganilishi lozim. O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muhim sharti sifatida ularning o’quv va o’qishdan tashqi xilma-xil faoliyatlarining birligi to’g’risidagi tushunchalar bilan bog’liqdir. O’quv va ma’naviy-axloqiy tarbiya faoliyati bir-birlarini to’ldirish lozim: Sinf rahbari tomonidan tarbiyaviy bosqichga rahbarlik qilingan taqdirdagina tarbiyada biror maqsadga qaratilganlik, ma’lum bir sistemaning bo’lishi mumkin. Ma’naviy-axloqiy tarbiyalash avvalo tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish prosessiga rahbarlik qilishni taqozo etadi. Biror maqsadga qaratilgan tarbiya prosessida tarbiyalanuvchilarning jismoniy hamda ma’naviy-axloqiy yetukligi o’sib borishiga qarab ularning mustaqilligi va ijodiy aktivligi ortib boradi. O’quvchilar kollektivining ongliligi ortib borishi bilan tarbiyachining vazifalari o’zgaradi. Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai nazari asta-sekin tarkib topadi. Ana shunga ko’ra sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi: 1.O’ziga yuklatilgan sinfda tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarishda u yolg’iz emas. Shu sinfda dars berayotgan turli fan o’qituvchilari bilan yaqin hamkorlikda va ularga suyangan holda o’quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloq tarbiyasini amalga oshiradi. “Kamolot” tashkiloti hamkorligida, muntazam suratda ularga tayanib va kundalik ishda yordam uyushtirib o’quvchilar bilan darsdan tashqaridagi xilma-xil ishlarni tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi. 2.O’quvchilarning birligiga bo’lgan qiziqishini va qobiliyatini o’stirish, har bir o’quvchining individual-ruhiy xususiyatini hisobga olgan holda kasbga yo’naltirish va hayotiy maqsadlarni shakllantirish – sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda u har bir o’quvchining sog’ligini mustahkamlashga ham e’tibor beradi. 3.Sinf rahbarining diqqat markazida o’quvchilarning yuqori darajada o’zlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o’quvchining kundalik o’zlashtirishidan voqif bo’lib turadi, orqada qolayotganlarga o’z vaqtida kechiktirmay yordam uyushtiradi. 4.Sinfdagi o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish ishlarini yo’naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi, maktab miqyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o’z sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi. 5.Sinf o’quvchilarining ota-onalari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi oila va o’quv yurtiga yordam beruvchi homiy mahallalar bilan yaqin aloqa o’rnatadi. 6.Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o’qituvchilari o’rtasida, maktab bilan oila o’rtasida o’quvchilarga nisbatan yagona talablar o’rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o’rtasidagi aloqani mustahkamlaydi. 7.Sinf rahbari o’z sinfidagi turli hujjatlarning : sinf jurnali, o’quvchilarning reyting daftarchasi, shaxsiy hujjatlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi. Ko’rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog’liqdir. Sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga qo’yiladigan talablar o’qituvchiga quyiladigan farq qilmaydi. Lekin sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatidan andoza oladigan shaxs bo’lganligi uchun ham bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida o’rin egallaydi. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g’oyaviy ishonchiga va siyosiy ongining darajasiga bog’liq. Sinf rahbari o’zining g’oyaviy-siyosiy ongini oshiradi. Bu sinf rahbariga bolalarni onglilik ruhida tarbiyalashga, ular orasiga begona ideologiya va yomon xulqning kirib borishiga qarshi kurasha olish imkoniyatini bera oladi. Sinf rahbarining axloqiy obro’si hoyat darajada yuqori bo’lishi ham bu o’rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o’quvchilar ongining va xulqining shakllanishida katta ta’sir ko’rsatadi. Sinf rahbari uchun kasbiy malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emas. O’z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi fuqarolik fazilatlari, intizomi va odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o’tkazadi. Chunki tarbiyachilik talanti juda ko’p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo’shilsa ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir. Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir o’quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o’zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo’lgan g’oyaviy-axloqiy g’oyaga mos bo’lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko’pligiga asosiy sabab o’quvchilarning oldiga qo’yilayotgan talablar tarbiyachi harakterda hamisha ham namoyon bo’lavermasligidadir. Sinf rahbarining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalariga odilona baho beruvchi xolis hakam – tarbiyalanuvchilar. Avvalo, sinf rahbarining amaliy faoliyati faqat yarimi tarbiya texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak. Uning ikkinchi yarimi bu san’at. Shu tufayli sinf rahbariga qo’yiladigan dastlabki talab – unda pedagogik qobiliyat mavjud bo’lishi kerak. Sinf rahbarining qobiliyati – bu o’quvchilar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bo’lgan munosabatdan mamnun bo’lish bilan ifoda bo’ladigan shaxsning sifatlari. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o’qish natijasi hisoblansa. Qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste’dod, layoqat va zehn, ya’ni inson asab tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo’lishi ham zarur. Tarbiyaviy faoliyatning samarali bo’lishi uchun sinf rahbarida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i va tarbiyalab yetishtirilmog’i lozim: - tashkiliy – sinf rahbarining o’quvchilarni jipslashtirish, ularni band qilish, vazifalar bo’lib berish, ishni rejalashtirish, qilingan ishlarni jamlash mahoratiga namoyon bo’ladi; - didaktikaga oid – o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda ma’naviy, hissiy istaklarni rag’batlantirish, o’quv bilimini orttirish, faollashtirish mahoratida namoyon bo’ladi; - perseptiv – tarbiyalanuvchilarning ma’naviy dunyosiga singib, ularning emosional holatini baholash, ruhiy xususiyatlarini aniqlash mahoratida namoyon bo’ladi; - suggestiv – o’quvchilarga emosional ta’sir ko’rsatishda namoyon bo’ladi; - kelajakni ko’ra bilish - o’z harakatlarning oqibatini ko’ra bilishda, o’quvchilarda qanday fazilatlarni ro’yobga chiqarish lozimligini oldindan ayta olish mahoratida namoyon bo’ladi; - tadqiqiy - pedagogik vaziyatlar va jarayonlarni o’rganish va obyektiv baholash mahoratida namoyon bo’ladi. Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko’rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ (kattalar bilan ham, kichiklar bilan ham tez aloqa o’rnata olish) qobiliyatga ega bo’lishi, ro’y berayotgan fakt va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog’lab baholashgina emas, balki ro’y berish sababiga qarab hukm ham chiqarishi pedagogik optimizmga, ijod qilish qobiliyatiga ega bo’lish kerak. Sinf rahbarining eng muhim fazilati – odamlar bilan tezda til topa olishi, ko’pchilikka eshila bilish, ulfatjonlik, dilkashlik bo’lib, bu undagi muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. Chunki unga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan ishlashga to’g’ri keladi. Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda o’quv-tarbiya jarayonida qulay munosabatlar yaratish uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli asoslar bo’luvchi sinf rahbarining insoniy xislatlari muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Sinf rahbari uchun juda muhim xislat – insonparvarlik, ya’ni o’sayotgan insonga oliy qadriyat kabi munosabat qilish lozim. Insoniy munosabatlar o’quvchiga nisbatan xayrixohlik, unga yordam berish, ularning fikriga quloq solmoq, uning o’quvchilik faoliyatiga yuksak talabchanlikdan iborat. Sinf rahbari doimo faol, ijodkor shaxsdir. U o’quvchilarning kundalik hayotini uyushtiruvchi xamdir. O’quvchilarda qiziqish uyg’otish, ularni o’zi bilan yetaklash faqat yuksak irodali insonning qo’lidan keladi. Auditoriya, o’quvchilar jamoasi kabi murakkab organizmlarga pedagogik rahbarlik qilishi sinf rahbaridan topqir, zehni o’tkir, har qanday vaziyatni mustaqil yechishga doim tayyor bo’lishligini talab qiladi. Unga kasbiy jihatdan kerakli xislatlardan biri – sabr-toqat va dadillikdir. O’qituvchining birdan sarosimaga tushgani, o’z nochorligini o’quvchilar sezmasligi lozim. Shuni hamisha esda tutish kerakki, sinf rahbari o’z harakati va axloqini nazorat qilish, hech qachon arzimagan narsalarga asabiylashmasligi kerak. Muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning birinchi sharti - bu sinf rahbarining talabchanligi. Dastlab talabni u o’ziga qo’yishi kerak, chunki o’zingda bo’lmaganini o’zgadan talab qila olmaysan. Talabchanligi bilan birga oqilona tarbiyachi ham bo’lishi lozim. Pedagogik jarayonlarda yuz berib turadigan keskinliklarni bartaraf etish uchun tarbiyachiga hazil-mutoyiba tuyg’usi yordam beradi. Uning ko’lamida tayyor hazil, maqol, yaxshi, do’stona piching – ijobiy emosional holat yaratishga imkon berib, o’quvchilarni o’ziga jalb qildiradi. Shaxs axloqini harakterlaydigan belgilardan biri – mas’uliyatdir. Sinf rahbarining mas’uliyati - tarbiyachining faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi. Tarbiyachi zimmasiga bolaning shaxs sifatida har tomonlama kamol toptirish mas’uliyati yuklanadi. U o’quvchiga chuqur nazariy bilim berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga u o’quvchidagi mavjud layoqat va qobiliyatni o’z vaqtida payqab, individual munosabatda bo’lishi, unda mavjud bo’lgan ijobiy axloqiy sifatlarni avaylab o’stirishi darkor. Sinf rahbari o’quv yurtidagi eng universal pedagogik hisoblanib u bajaradigan mehnatning o’lchovi, chegarasi yo’q. Uning bilmagan ishi uddasidan chiqa olmaydigan sohasi bo’lmaydi. Shu bilan bir qatorda, u beg’araz, xolis va ta’nasiz shaxs bo’lib, jamoatchilik asosida ishlaydi. Sinf rahbari pedagoglar, ota-onalar va o’quvchilarni o’zaro bog’lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirishi, o’zaro aloqalarning to’g’ri bo’lishiga ta’sir o’tkazishi va ayni vaqtda o’zining pozisiyasini aniq ta’minlay olishi kerak. Bu esa donolikdir. Shunday qilib, pedagogik odobga ega bo’lgan sinf rahbari o’quvchilar orasida obro’ qozonadi. Ustoz qanchalik obro’ qozonsa, ta’lim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi va aksincha, tarbiyachining sha’ni qanchalik past bo’lsa, uning ta’siri shuncha bo’sh va o’quvchilarni voyaga yetkazish jarayoni ham shuncha zaif bo’ladi. Yuqori aytib o’tilgan fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishda va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bo’ladi Download 43.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling