2-sinfda matematika o’qitishning mazmuni va tuzilishi


Download 108.16 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi108.16 Kb.
#1620133
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-sinfda matematika o\'qitish

Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rta-sidagi faollikni oshirish orqali ularning o‘zaro harakati, ta’sir ostida bilimlarni o‘zlashtirishni, shaxsiy sifatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bois, ushbu usullarni qo‘llash dars sifati va samaradorligini rivoj-lantirishga xizmat qiladi. Ular materialni erkin bayon etish, mustaqil o‘rganish, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun qiziqarli topshiriq vazifalarni bajarishdan iborat. Didaktik o‘yin metodidan foydalanish o‘quvchi faoliyatini faollashtirishga yordam berish bilan birga aqliy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
2­sinflar uchun matematikadan quyidagi o‘quv qo‘llanmalaridan foydalaniladi:
1. «Matematika» darsligi.
2. O‘qituvchi kitobi (metodik qo‘llanma).
Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti o‘quvchilar umumta’lim tayyorligiga, bilimiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. Shu bois, «Matematika» darsligini ham, o‘qituvchi kitobini ham o‘ziga хos maqsad va vazifalarini o‘z ichiga olgan. O‘qituvchi kitobida o‘quvchilarning matematik tushunchalarni hayotiy materiallar asosida o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa, darsda o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim va qoidalar amaliyotga хizmat qilishni, ular hayotiy ehtiyojlar natijasida ro‘yobga kelganligini o‘quvchilarga yetkazib berish imkonini beradi, hamda fan va amaliyot orasidagi bog‘lanishlarni to‘g‘ri tushunish uchun asos yaratadi. Shunday ekan, 2-sinf «Matematika» darsligi takomillashgan dastur asosida yaratildi. 2­sinflarda matematikani o‘qitishga haftasiga 5 soatdan vaqt ajratilgan bo‘lib, darslikda 151 soat berilgan. Yillik reja 170 soat, undan 19 soati nazorat ishi hisoblanadi.
Хulosa qilib aytganda, biz pedagoglar o‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarni ongli ravishda o‘zlashtirishlari uchun dastur, darslik oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarishda ijodiy yondashish zarurligini unutmasligimiz darkor. Zero, bu esa, o‘quvchilarning faollashtirish, malakasini oshirish, ularning o‘z fikrlarini aniq, ravon, to‘g‘ri va tushunarli bayon etish, kuzatuvchanlik, birodarlik, topqirlik, hozirjavoblik fazilatlarini boyitib borishga yordam bera olsin.

Download 108.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling