6.Uyga vazifa
-O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, darsimiz yakinida uyda bajarishingiz lozim bo’lgan topshiriqni bersam, demak,
1.“Hakkalar” qo’shig’ini matnini qaytadan yod olib, aniq, ravon kuylashni mashq qilish.
2. Doira asbobida bajargan mashqimizni har ikkisini ham mustaqil o’rganib kelish.
O’quvchilar o’qituvchi bilan musiqiy ohangda hayrlashib musiqa xonasini tark etadilar.
5-sinflar uchun “____”-“____”-20__
Darsning mavzusi: Simfonik cholg’u orkestrda urma-zarbli cholg’u asboblari.
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga zarbli cholg’u asboblari haqida tushuncha berish,zamonaviy va milliy zarbli cholg’u asboblarni turlari va nomlari bilan tanishtirish, Zarbli cholg’u asbobining musiqadagi o’rni, ahamiyati va vazifalari haqida amaliy va nazariy bilim va malaka berish, ularnin yangi mavzuni bilishga qiziqish va ishtiyoqlarini uyg’otish, tasavvurlarini boyitish
Do'stlaringiz bilan baham: |