2 соат 1-Mavzu: Kirish Reja: Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi Statistika fan sifatida
Milliy boylik tushunchasi va tarkibi
Download 135.89 Kb.
|
Маъруза матнлари
Milliy boylik tushunchasi va tarkibi.
Milliy boylik hajmini aniqlash usuli. Asosiy fondlar, ularni tasniflash va baholash usullari Asosiy fondlarning balanslari, ularning holati va takror ishlab chiqarish ko`rsatkichlari. Milliy boylik – iqtisodiy statistikaning tayanch ko’rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) – mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga to’g’ri keladigan miqdori esa – mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi. Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodchilar milliy (xalq) boyligi hajmini hisoblash va mamlakatlararo solishtirish masalalari bilan shug’ullanganlar. Iqtisodiyot va statistika tarixidan ma’lumki, milliy boylikning hajmini birinchi bor Angliyada (1664 yilda) U.Petti hisoblagan. Bu ko’rsatkich Frantsiyada 1789 yilda, AQSH da 1805 yilda va Rossiyada esa 1864 yilda hisoblangan. Milliy hisoblar tizimi (MHT) iqtisodiy statistikaning nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi. Shuning uchun milliy boylik statistikasini tadqiq qilishda, uni barcha qirralarini takomillashtirish borasida shu MHT-93ga tayanmoq zarur. Unga binoan, milliy boylik deganda ma’lum bir sanaga institutsional birliklar, ya’ni mamlakat rezidentlariga tegishli bo’lgan kapital sof qiymati tushuniladi. Kapital sof qiymati institutsional birliklarning aktivlari (nomoliyaviy va moliyaviy) va majburiyatlari orasidagi farq kabi aniqlanadi Milliy boylik mazkur davlat rezidentlariga tegishli bo’lgan nomoliyaviy aktivlar va ularning tashqi dunyoga sof talabini ifodalaydi. Ma’lumki iqtisodiy aktivlar – iqtisodiy ob’ekt bo’lib, ular institutsional birliklarning mulki hisoblanadi, undan egalik qilish yoki foydalanish tufayli iqtisodiy manfaat olinadi. Muhim manfaat – bu kelajakda daromad olish imkoniyatidir. Ba’zi bir aktivlar: binolar, jihozlar va boshqalar tovar ishlab chiqarishda va xizmat ko’rsatishda faol qatnashadi hamda foyda keltirishda ulushga ega bo’ladi. Ba’zilari esa, masalan moliyaviy aktivlar – aktivlar egasiga egalik qilgani uchun mulk daromadini keltiradi. BMT ning MHT – 93 dagi kontseptsiyasiga muvofiq mamlakat (tarmoq, sektor, hudud) ning mulkiy holati – milliy boyligi sof aktivlar qiymatiga tengdir. Bu ko’rsatkichni hisoblashda “Aktivlar va passivlar balansi” dan foydalaniladi. Download 135.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling