2 soat Reja. Motiv va Motivatsiya xaqida tushuncha


Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgarturish muammosi


Download 48.76 Kb.
bet2/3
Sana13.02.2023
Hajmi48.76 Kb.
#1193646
1   2   3
Bog'liq
4 (2)

Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgarturish muammosi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni xatti-xarakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi xam mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va xolatlarda motiv anik, ya’ni shaxs nima uchun u yoki Bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffakiyatga erishayotganligi yoki maglubiyatga uchraganini biladi. Lekin xar doim xam ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bulavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») xodisasi orkali tushuntiriladi.
Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, xodisalar, guruxlar va shaxslarni idrok qilish, vaxolash va kaBul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik xolatiki, u Bu vaxo yoki munosabatning aslida kachon shakllanganligini anik anglamaydi. Masalan, Vatanimizni xammamiz sevamiz, bayrogimiz mukaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga raxmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shugullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb xisoblaymiz va xakozo. Bu tasavvurlar, baxo va xissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o‘rnashib kolganligiga e’tibor bermasdan yukorida sanab o‘tgan xissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun moxiyati aslida xar bir inson ijtimoiy tajribaasi davomida shakllanadi va uzok muddatli xotirada saklanib, konkret vaziyatlarda riyovga chikadi.
Amerikalik olim G. Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli tizimini ishlab chikqan:
A. Kognitiv komponent - ustanovka ob’ektiviga aloqador bilimlar, goyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;
V. Affektiv komponent - ustnovka ob’ektiviga nisbatan suv’ekt xis qiladigan real xissiyotlar (simpatiya, antipatiya, lokaydlik kavi emosional munosabatlar);
V. Xarakat komponenti - suv’ektning ob’ektivga nisbatan real sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan xarakatlari majmui (xulqda namoyon bilish).
Bu uchchala komponentlar o‘zaro bir - birlari bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyatga qarab u yoki Bu komponentning roli ustivorrok bo‘lishi mumkin. Shuni aytish lozimki, komponentlararo monandlik bo‘lmasligi xam mumkin. Masalan, ayrim talabalar talabalik burchi va tartib - intizom bilan juda yaxshi tanish bulsalarda, xar doim xam unga rioya kilavermaydilar. «Tasodifan dars koldirish», «jamoatchilik joylarida tartibni buzish» kabi xolatlar kognitiv va xarakat komponentlarida uyg‘unlik yo‘kligini ko‘rsatadi. Bu bir qarashda so‘z va ish birligi prinsipining turli shaxslarda turlicha namoyon bo‘lishini eslatadi. Agar odam bir necha marta bila turib, ijtimoiy xulqqa zid harakat qilsa, va bu narsa bir necha marta qaytarilsa, u bu xolatga o‘rganib qoladi va ustanovkaga aylaniv kolishi mumkin. Shuning uchun xam biz ijtimoiy normalar va sanksiyalar vositasida bunday qarama - qarshilik va tafovut bo‘lmasligiga yoshlarni o‘rgativ borishimiz kerak. Bu shaxsning istikboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.



Download 48.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling