2-son bayonnomasidan ko‘chirma 26-iyun 2023-yil Toshkent shahri


Download 17.8 Kb.
Sana05.09.2023
Hajmi17.8 Kb.
#1673042
Bog'liq
Kochirma


TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI
Davlat boshqaruvi kafedrasi majlisining
2-son bayonnomasidan ko‘chirma


26-iyun 2023-yil Toshkent shahri

Raislik qiluvchi:



N.Tuxtasinov – kafedra o‘qituvchisi

Majlis a’zolari:



D.Azimova – iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori, M.Rashidxo‘jayev – ish yurutuvchi.
M.Rashidxo‘jayev – ish yurutuvchi, majlis kotibi.







1. “Davlat boshqaruvi” kafedrasining 2022/2023 o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar rejasiga muvofiq bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot muhokamasi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan majlis raisi, kafedra o‘qituvchisi N.Tuxtasinov so‘zga chiqib, 2022/2023 o‘quv yili o‘z yakuniga yetgan bo‘lib, professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar rejasiga muvofiq bajarilgan ishlar yuzasidan kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi D.Azimovadan hisobot berishini so‘radi.


Dotsent v.b. D.Azimova kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qancha o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar amalga oshirilganini ma’lum qilib, quyidagilarni aytib o‘tdi:

  1. Kafedra 2022-2023 – o‘quv yili uchun o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar yo‘nalishida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, kafedra tomonidan o‘tiladigan 6 ta: bakalavr bosqichida: Davlat boshqaruvida zamonaviy menejment, Loyiha boshqaruvi, Magistratura bosqichida: Yuristlar uchun strategik qarorlar qabul qilish, Konfliktlar psixologiyasi, Korparativ boshqaruv, Xodimlarni boshqarish modullari doirasida o‘quv dasturlari(sillabuslar), kalendar rejalar, o‘quv kontentlari ishlab chiqildi, mavjudlari takomilashtirildi.

  2. 2023-yilning 15-fevral sanasida kafedra o‘qituvchisi Nurillo Tuxtasinov tashabbusi bilan Oliy Majlis Senatida “Iqtisodiy islohotlarda Oliy Majlisning oʻrni” mavzusida sayyor dars tashkil etildi. Mahorat darsini Oliy Majlis Senati Qoʻmita raisi oʻrinbosari Sh.Choʻlliyev olib bordi, unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

  3. 2023-yilning 20-apel sanasida kafedra o‘qituvchisi Nurillo Tuxtasinov tomonidan Oliy Majlis Senatida “Yangilanayotgan Konstitutsiya demokratik rivojlanishning muhim huquqiy poydevoridir” mavzusida sayyor dars tashkil etildi. Mahorat darsini Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Nariman Umarov olib bordi, Mashgʻulot davomida talabalar Oliy Majlis Senati faoliyati, Qonunlarni qabul qilish jarayoni va shu kabi oʻzlarini qiziqtirgan savollarga senatordan javob oldi.

  4. 2023-yil 26-aprel sanasida kafedra o‘qituvchisi Nurillo Tuxtasinov moderatorligida AQShning Investitsiya banki – «Oppenheimer»ning MDH bo‘yicha Ijrochi direktori (Harvard va Kolumbiya universitetlari bitiruvchisi) Farhod Inog‘omboyev ishtirokida «Qoʻshma Shtatlardagi tashkilotlarda korporativ boshqaruv» mavzusida (onlayn) mahorat darsi tashkil etildi.

  5. 2023-yil 11-may sanasida kafedra o‘qituvchisi Nurillo Tuxtasinov moderatorligida Kanadaning Britaniya-Kolumbiya universiteti PhD bitiruvchisi, «Huawei Technologies Canada Co., Ltd»ning katta ilmiy xodimi Nodir Qodirov ishtirokida «Qonun - OpenAI va boshqa sun’iy intellekt texnologiyalarini mustahkamlovchi mexanizm sifatida» mavzusida (onlayn) vebinar tashkil qilindi.

  6. 2022-2023 – o‘quv yili mobaynida “Street law” loyihasiga mas’ul sifatida kafedra o‘qituvchisi Dilafruz Azimova belgilangan. U o‘quv yili davomida loyiha tomonidan amalga oshirilgan tadbirlarda faol ishtirok etib keldi.

  7. Undan tashqari, kafedrasi oʻqituvchisi Nurillo Tuxtasinovning “Yangi Oʻzbekiston” nashrida “Yangilanayotgan Konstitutsiya: 10 ta demokratik oʻzgarish va 10 ta muhim ijobiy majburiyat” nomli maqolasi e’lon qilindi.

  8. O‘quv yilining ikkinchi semestri davomida barcha professor-o‘qituvchilar, shuningdek, N.Tuxtasinov, D.Azimovalar tomonidan talabalarga oraliq nazorati hamda yakuniy nazorat davomida tushgan kazuslar yuzasidan qanday yondashuv asosida javob yozish bo‘yicha bir qator tushuntirishlar, ko‘rsatmalar berildi.

Kun tartibidagi mazkur masala kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, kafedra majlisi


QAROR QILADI:

1. Majlis raisi N.Tuxtasinov axboroti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.


2. 2022/2023 o‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar rejasiga muvofiq bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot TDYU Ommaviy huquq fakultetiga taqdim etilsin.
Majlis raisi N.Tuxtasinov

Majlis kotibi M.Rashidxo‘jayev

Ko‘chirma asliga to‘g‘ri

Majlis kotibi M.Rashidxo‘jayev
Download 17.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling