2. sonlarning 10 ga, 5 ga va 2 ga bo‘linish belgilari
Download 227.63 Kb. Pdf ko'rish
|
2. SONLARNING 10 GA 5 GA VA 2 GA BOLINISH BELGILARI (1)
2. SONLARNING 10 GA, 5 GA VA 2 GA BO‘LINISH BELGILARI 1. 1) Bo‘linish belgisi deganda nimani tushunasiz? 2) Qanday sonlar 10 ga; 5 ga; 2 ga bo‘linadi? Misollarda tushuntiring. 3) 10 ga bo‘linadigan son ham 5 ga, ham 2 ga bo‘linadi. Nima uchun? Sababini tushuntiring. 2. 1) 2 ga; 2) 5 ga; 3) 2 ga ham, 5 ga ham bo‘linadigan to‘rttadan uch xonali son yozing. 3. 58, 125, 180, 462, 1020 va 2 725 sonlaridan qaysilari: 2 ga; 5 ga; 10 ga bo‘linadi? 2 ga bo‘linadi, ammo 5 ga bo‘linmaydi? 5 ga bo‘linadi, ammo 2 ga bo‘linmaydi? 4. 51
∙52∙53∙54∙55∙56∙57 ko‘paytma 10 ga bo‘linadimi? 9 ga-chi? 5. a sonini 2 ga bo‘lganda bo‘linmada 15 hosil bo‘ldi. Shu son 5 ga, 10 ga bo‘linishini ko‘rsating. 6. 2, 5 va 7 raqamlari yordamida ularni takrorlamasdan: 1) 2 ga; 2) 5 ga karrali barcha uch xonali sonlarni yozing. 7. 1) Sonning yozilish tartibida olingan oxirgi ikki raqamidan tuzilgan son 4 ga bo‘linsa, bunday son 4 ga bo‘linadi. Misol. 1936 ning oxirgi 2 ta raqamidan bu sonning yozilish tartibida olingan 36 soni 4 ga bo‘linadi (36=4 ∙9), demak, 1 936 soni ham 4 ga bo‘linadi. 2) Bu tasdiqning to‘g‘riligini 4-5 ta misolda sinab ko‘ring. 8. 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar ichida 2 ga ham, 5 ga ham bo‘linmaydiganlari nechta?
9. 100 ga karrali natural sonlarning oxirgi ikki raqamiga e'tibor bering. 100 ga bo‘linish belgisini ifodalang va daftaringizga yozib qo‘ying. 10. Yechimlar ichidan 2 ga; 5 ga; 10 ga karralilarini yozing: l ) 1 2 5 < x< 1 4 0 ; 2 ) 85 < x< 10 4 ; 3) 217 11. 1) 1 ∙2 ∙3 ∙4 ∙ 5∙ 6∙7 ∙8 ko‘paytmaning oxirgi xonasi qanday raqam bilan tugaydi?
Ko‘paytma 10 ga karralimi? 42 ga-chi? 56 ga-chi? 2) 1 ∙ 2 ∙ 3 ∙ 4 ∙ 5 ∙ 6 ∙ 7 ∙ 8 ∙ 9 ∙ 1 0∙11 ko‘paytmaning oxirgi ikki xonasi qanday raqam bilan tugaydi? Ko‘paytma 100 ga karralimi? 99 ga-chi? 12. 1 653 - 78 * ayirma: 1) 2 ga; 3) 5 ga; 3) 10 ga bo‘linishi uchun yulduzcha (* ) o‘rniga qanday raqamlarni qo‘yish mumkin? 13. k - juft son bo‘lsa, ifodalardan qaysi biri doim toq bo‘ladi: 1) k+10; 2) 5*7+11; 3) k
2 + k? 14. 5 ga bo‘linadigan juft son qanday raqam bilan tugaydi? Bunday son qaysi songa albatta karrali bo‘ladi? 15. Yechimlar ichidan 2 ga; 5 ga; 10 ga karralilarini yozing: l ) 3 4 < x < 5 3 ; 2 ) 7 5 < x < 9 5 ; 3 ) 1 1 5 < x< 1 3 2 . 16. 2 ga ham, 5 ga ham bo‘linadigan eng katta va eng kichik to‘rt xonali sonlarni yozing.
17. 25 ga karrali natural sonlarning oxirgi ikki raqamiga e'tibor bering. 25 ga bo‘linish belgisini ifodalang. 18. 54* + 271 yig‘indi: 1) 2 ga; 2) 5 ga; 3) 10 ga bo‘linishi uchun yulduzcha (* ) o‘rniga qanday raqamlarni qo‘yish mumkin? Download 227.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling