2 sonli shartnomasi


Sug`urta tavonini to`lash


Download 0.5 Mb.
bet3/5
Sana13.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1193853
1   2   3   4   5
Bog'liq
Majburiy TRANSPORT shartn-si (Автосохраненный)

Sug`urta tavonini to`lash.

6.1. Sug`urtalovchi Sug`urta qildiruvchining (fuqorolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish shartnomasi bo`yicha sug`urtalangan boshqa shaxsning) tashabbuci bilan yoki sug`urtalovchining talabiga binoan zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan kechiktirib bo`lmaydigan choralar ko`rilishi munosabati bilan yuzaga kelgan sug`urta qildiruvchining (fuqorolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish shartnomasi bo`yicha sug`urtalangan boshqa shaxsning) barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlarini, hatto bu choralar muvaffaqiyatsiz bo`lgan hollarda ham qoplaydi.
6.2. Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish bo`yicha xarajatlar sug`urta tovoni miqdoridan ortiq bo`lishi mumkin emas.
6.3. Sug`urta tovoni sud xarajatlarini, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi to`lovlarni qoplamaydi.
6.4. Sug`urta tovoni yетkazilgan zarar miqdorida, lekin sug`urta polisida ko`rsatilgan sug`urta pulidan oshmagan miqdorda sug`urtalovchi tomonidan bevosits jabrlanuvchiga (uning merosxuriga yoki huquqiy vorisiga) tulanadi (sug`urta qoidalarining 56-bandda kursatilgan holatlar bundan mustasno).
6.5. Sug`urta tovonini to`lash sug`urtalovchining sug`urta tovonini to`lash to`g`risidagi qarori qabul qilingan kundan e`tiboran besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.

  1. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

7.1. Mazkur shartnoma tomonlari bo`lmish sug`urtalovchi va sug`urta qildiruvchining huquq va majburiyatlariga sug`urta qoidalarida belgilangan sug`urtalovchi va sug`urta qildiruvchining huquq va majburiyatlari tadbiq qilinadi va har ikki tomon uchun majburiy hisoblanadi.
7.2. Tomonlarning ushbu shartnoma shartlarini bajarishda bir birlariga ma`lum bo`lgan va tijorat siri bo`lgan ma`lumotlarni sir saqlashlari shart.
8. Shartnoma va (yoki) sug`urta polisining muddatidan oldin bekor qilinishi
8.1. Mazkur shartnoma va (yoki) shartnomaning 1-ilovasida kursatilgan transport vositasi bo`yicha rasmiylashtirib berilgan sug`urta polisinining amal qilishi:
а) transport vositasidan foydalanish belgilangan tartibda taqiqlanganda;
б) sug`urta polisida kursatilgan transport vositasi bundan buyon foydalanish uchun yaroqsiz bo`lib qolganda;
в) transport vositasining egasi o`zgarganda muddatidan oldin tuxtatiladi.
Mazkur shartnoma va (yoki) shartnomaning 1-ilovasida kursatilgan transport vositasi bo`yicha rasmiylashtirib berilgan sug`urta polisinining amal qilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham muddatidan oldin tuxtatilishi mumkin.
8.2. Mazkur shartnoma va (yoki) shartnomaning 1-ilovasida kursatilgan transport vositasi bo`yicha rasmiylashtirib berilgan sug`urta polisinining amal qilishi muddatidan oldin tuxtatilganda sug`urta mukofotining bir qismi to`langan tovon summasiga va shartnoma yoki sug`urta polisi amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda qaytariladi. Bunda shartnoma yoki sug`urta polisi amal qilishi mazkur shartnomaning 8.1 bandi «а», «b» va «v» kichik bandlarida ko`rsatilgan boshqa asoslarga ko`ra muddatidan oldin turxtatilgan taqdirda sug`urtalovchi sug`urta mukofotining qaytarilayotgan qismidan uning sug`urta shartnomasi buyicha isbot qilinadigan xarajatlar summasini sug`urta mukofotining 25 foizidan ko`p bo`lmagan miqdorda chegirishi mumkin.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling