2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Iqtisodiyoti. Xalqaro iqtisodiy aloqalari
Download 15.07 Kb.
|
1 2
Bog'liqy.elshod turizm geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. 3.Iqtisodiyoti. 4.Xalqaro iqtisodiy aloqalari. 5.Qiziqarli faktlar.
- Buyuk Britaniya-O’zbekiston munosabatlari
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Xalqaro Turizm Fakulteti TU-62 guruh talabasi Turizm geografiyasi fanidan Mustaqil ish Topshirdi: Y.Elshod Tekshirdi: N.Rasulova Buyuk Britaniya turizm geografiyasi Reja: 1.Geografik o’rni. 2.Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. 3.Iqtisodiyoti. 4.Xalqaro iqtisodiy aloqalari. 5.Qiziqarli faktlar. Bayrog’i Gerbi SHiori: Dieu et mon droit (Fransuzcha: Xudo va mening huquqim) Maydoni 243,8 ming km Aholisi 67,2 mln Buyuk Britaniya, Britaniya, (inglizcha: Great Britain) yoki Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (inglizcha: United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) — Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, sharqdan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Poytaxti — London shahri. Buyuk Britaniya yuqori rivojlangan davlat hisoblanadi.Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Yevropaning shimoli-g'arbidagi Britaniya orollarida joylashgan. Birlashgan Qirollik hududining asosiy qismi Buyuk Britaniya oroli va Irlandiya orolining shimoli-sharqidan iborat. Shuningdek, mamlakat tarkibiga bir nechta maydaroq orollar ham kiradi. Birlashgan Qirollik qirg'oqlari Shimoliy dengiz, Irlandiya dengizi hamda Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi. La Mansh bogizi Buyuk Britaniyani Fransiyaning shimoli-garbiy qirg'ogidan ajratib turadi. Quruqlikda faqat Irlandiya bilan chegaradosh. Buyuk Britaniya-O’zbekiston munosabatlari 1991-yilda Buyuk Britaniya va O’zbekiston o’rtasida diplomatik munosabat o’rnatildi. 1993-yilning 17-19-iyul Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O’zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif dasturida mamlakatimiz bilan xalqimiz turmush tarzi bilan tanishdi. Samarqand shahrining tarixiy yodgorliklarini ziyorat qildi Birlashgan Qirollikning yer yuzasi asosan pasttekislik. Angliyaning shimoli-g'arbi tog'likdan, markazi va janubi-sharqi tekislik va sertepa pasttekisliklardan, Shotlandiyaning qirg'ogi egribugri, shim; qismi tor va chuqur Glen-Mor depressiyasi 2 qismga bo'lib turgan Shimoliy Shotlandiya tog ligidan iborat. Bu ikkala qismning janubida (Grampian tog 'lari) mamlakatning eng baland cho'qqisi — Ben-Nevis (1343 m) ko'tarilib turadi. Grampian tog'laridan janubida Shotlandiya pasttekisligi, undan jan.rokda Janubiy Shotlandiya qiri (balandligi 842 m gacha) joylashgan. Ulardan garbda Kamberlend tog'lari (Skofell tog'i, 978 m) qad ko'targan. Jan.ga tomon orol kengaya boradi; bu yerda — Uels yarim orolning g'arbida Kembriy toglari (Snoudon tog'i, 1085m) bor. Angliyaning g'arbiy qirg'og'ida keng qo'ltiqlar (Liverpul, Kardigan, Bristol), markaziy va janubly qismlarida pasttekisliklar (Shim.Sharqiy Feni, London havzasi, Midlend, Xempshir), qator asimmetrik tepalar (balandligi 200- 300 m) bor. Shimoliy Irlandiya ayrim kichik qirlardan (Antrim, Sperrin, Morn va boshqalar) iborat. Birlashgan Qirollikda foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshko'mir, tosh tuz, kaolin, ozroq miqdorda yonuvchi slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shimoliy dengizning Birlashgan Qirollik qirg'og'i yaqinida tabiiy gaz konlari bor. Buyuk Britaniyada mo'tadil dengiz iqlimi hukmron; u seryog'in, o'zgaruvchan, tez-tez shamol bo'lib turadi. Janubi-g'arbida yanvarning ortacha temperaturasi 7°C, sharqda 3,5° C gacha. Shimoli-g'arbida yoz salqin, sernam, janubi-sharqda ancha iliq va quruq. Shimolida iyulning o'rtacha temperaturasi 13°C, janubi-sharqda 16,5°C. London va uning atrofida temperatura yuz kun davomida 0°C dan past, mamlakat sharqida ba'zan -18°C gacha tushadi. Yog' in yil davomida deyarli bir me' yorda (kuz va qishda bir oz ko'proq) tushadi, janubi-sharqida yoz va kuzda ko'proq yog'adi. Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya, Angliya bilan Uelsning tog'li joylarida yog'in eng ko'p (1000-1500 mm, ayrim joylarda 3000 mm gacha) yog'adi. Janubi-sharqda 600-750 mm dan oshmaydi. Bulutli kunlar ko'p, qishda tez-tez tuman (Londonda qishda 1 oyda 7-10 kun) tushadi Daryolari ko'p, sersuv, lekin qisqa. Asosiy daryolari - Severn, Temza, Trent, Mersi, Klayd. Daryolar asosan yomgir suvlaridan to'yinadi; kuz va qishda to'lib oqadi, yaxlamaydi, ko'pchiligi kema qatnaydigan kanallar bilan birlashtirilgan. Tog'larida ko'llar ko'p. Ularning aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo bo'lgan. Eng yirik ko'llari: LoxNey, LoxLomond, LoxNess. Aholisi. Aholisi (2020): 67,2 mln Birlashgan Qirollik Yevropa mamlakatlari ichida aholisi soni bo' yicha 3-o'rinda turadi (2020-yil holatiga ko'ra, 67 mln kishidan ziyod). Aholining tabiiy ko' payishi juda past darajada bo'lib, aholi soni asosan tashqi migratsiya hisobiga o' smoqda. Ayniqsa, Janubiy Osiyo, Afrika, Karib dengizidagi orollardan ko chib kelganlar ko'p. Buyuk Britaniyada urbanizatsiya darajasi 85% ga yaqin. Mamlakatning eng yirik shaharlari qatoriga London, Birmingem, Manchester, Liverpul, Glazgo, Edinburg kiradi. Mamlakat aholisining etnik tarkibida eng yirik millat inglizlardir. Shotlandiyaliklar, uelsliklar va irlandiyaliklar ham tub millatlar hisoblanadi. Eng keng tarqalgan din - anglikan cherkovi (protestant xristianligining mazhabi). Aholi zichligi Markaziy va Janubiy Angliya, Janubiy Uels hamda O'rta Shotlandiya pasttekisligida yuqori darajada bo'lsa, Shotlandiyaning shimoli-g'arbiy tog'li hududlarida esa bu ko'rsatkich ancha past Birlashgan Qirollik aholisining deyarli 85% qismi Angliyada yashaydi. Shimoliy Irlandiyada esa mamlakat jami aholisining atigi 3% i istiqomat qiladi. Download 15.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling