2. Talabaning ilmiy faoliyati to`g`risida tushuncha
Download 20.37 Kb.
|
10-variant Zamonaviy ta`limda tyutorlik, suporvizorlik va moderatorlik faoliyati. Zamonaviy ta'limda so'nggi yillarda bir qator termenlar keng ishlatilmoqda. Bularga tyutor, edvayzer, fasilitator va moderator tushunchalari kiradi Tyutor - ( Tutorem-lotincha) ustoz, murabbiy vazifasini bajaradi. Ba'zi hollarda ma'ruza o'qituvchisi bilan talaba orasidagi bog'lovchi rolini ham bajaradi. Bunda ma'ruzachi tomonidan berilgan bilimlarni keng egallashda maslahatchi va ustoz rolini bajaradi EDVAYZER (advisor) - frantsuzcha “avisen” “o'ylamoq”) talabalarning individual holda bitiruv malakaviy ishi, kurs loyixalarini bajarishda maslahatchi rolini bajaradi. FASILITATOR - (ingliz tilida - facilitator, latincha facilis – engil, qulay) - guruhlardagi faoliyat natijasini samarali baholash, muammoning ilmiy yechimini topishga yo'naltirish, guruhdagi komunikatsiyani rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi MODERATOR - Qabul qilingan qoidalarga amal qilish tekshiradi, talabalarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarni rivojlantirish, bilish faolyatini faollashtirishga yordam beradi. Ma'lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi, fikrlarni umumlashtiradi. Bizning ta'limda ushbu faoliyatlarning hammasini o'qituvchi bajaradi va pedagog yoki o'qituvchi deb yuritiladi. 2. Talabaning ilmiy faoliyati to`g`risida tushuncha. Ma’lumki, o‘qitishning asosiy shakllari – ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, maslahat darsi auditoriyada o‘tkaziladi. Ularni tashkil etish mavzular murakkabligi darajasiga, beriladigan axborot miqdoriga ko‘ra avvaldan rejalashtiriladi, o‘quv soatlari ajratiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti auditoriyadan tashqarida o‘tkazilsada, unga ham avvaldan soatlar belgilanadi. Bilim olish, maxsus malakaga ega bo‘lish talabalar dunyoqarashini shakllantirishda auditoriyada o‘tiladigan darslardan tashqari ular tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar ham katta rol o‘ynaydi. Download 20.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling