2. Tarixda shaxsning roli. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili


Download 45.5 Kb.
Sana29.10.2020
Hajmi45.5 Kb.
#138162
Bog'liq
BHN 50 Yoqubov Nurbek FALSAFA 7 mavzu


7-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari.Jamiyat va tarix falsafasi.
Reja:
1. Jamiyat va tarixning o‘zgaruvchanligining falsafiy jihatlari.

2.Tarixda shaxsning roli.

3. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili.

4.Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati.


  1. Ma’lumki, har qanday ijtimoiy hodisaning mohiyatini va uning jamiyatning

rivojlanish jarayonidagi o‘rnini faqat u butun jamiyatning rivojlanish jarayoniga bog‘lab, ya’ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o‘rganilgan taqdirdagina tushunish mumkin.

Bilimning integral shakli sifatida falsafa jamiyat, tarix va inson haqidagi muayyan-ilmiy tasavvurlarni sintez qiladi. U gumanitar fanlar – psixologiya, san’atshunoslik, semiotika, san’atga murojaat etadi. Tarix falsafasining asosiy vazifalaridan biri – o‘zgaruvchan va murakkab ijtimoiy dunyoda hayot mazmuniga doir mo‘ljallarni topish, insoniyat mavjudligining har bir muayyan davrida uning oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilashdir. Har bir inson va kishilik hamjamiyati hayotining burilish davrlarida uning oldida hayot mazmuni nimada degan savol ko‘ndalang bo‘ladi.

Bugungi kunda jamiyatning globallashuvi munosabati bilan tarixning mazmuni haqidagi masala yana kun tartibidan o‘rin olmoqda. Zamonlar va xalqlar aloqasini, xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni qaror toptiradigan, ajdodlarning ma’naviy merosini saqlash va ko‘paytirishni, hozirgi avlodlarning erkinligi va ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydigan qadriyatlar tizimiga qarab mo‘ljal oluvchi g‘oyalar yana muhim ahamiyat kasb etmoqda.

XIX asrda falsafadan sotsiologiya ajralib chiqa boshladi. Mazkur fan jamiyatni tushunishga nisbatan falsafiy yondashuvlarni asosan tan oladi va ayni vaqtda o‘z predmeti va tadqiqot metodlariga ega.

Sotsiologiyada organik yo‘nalish asoschisi Gerbert Spenser (1820-1903) jamiyatga individlar birlashmasi sifatida yondashadi. Uning fikricha, eng moslashuvchan jamiyatlarning yashash uchun kurashini ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonuni deb hisoblaydi. U iqlim, tabiiy sharoitning ijtimoiy jarayonlarga ta’sirini o‘rgangan.


  1. Jamiyatning shaxs tarbiyasidagi roli, shaxsning jamiyat hayotida tutgan o`rni masalalari juda qadim zamonlardan buyon turli munozaralarga sabab bo`lib keladi. Zero, tarixda jamiyat tarbiyasi dunyoga tanitgan buyuk shaxslar yoki aksincha jamiyatni yuksaltirgan ulug` mutafakkirlar ko`plab uchraydi. Oqibatda tarix (ya`ni o`tib boruvchi hayot va jarayon) shaxslarni yaratadimi yoki shaxslar tarixnimi, degan savol tabiiy ravishda paydo bo`ladi.

Mening fikrimcha, shaxsning jamiyatda egallagan mavqei uning tarixiy faoliyati bilangina emas tarixiy xotirasining sifati bilan ham belgilanadi.

Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar.

Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin.

Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi.



Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud. SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.

  1. Sivilizatsiya so‘zi lotincha sivilis - fuqarolikka, davlatga, shaharga taalluqli ma’nolarini anglatuvchi o‘zakdan kelib chiqqan. U "silvaticus", ya’ni lotinchadan tarjima qilganda qo‘pol, yovvoyi so‘ziga qarshi ma’noda qo‘llanilgan. Sivilizatsiya tushunchasi “madaniyat” tushunchasi bilan uzviy bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan. Dastlab madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari sinonim sifatida qo‘llanilgan, ammo bora-bora bu ikki atama o‘rtasida farq paydo bo‘ldi. Masalan, nemis faylasufi I.Kant bu tushunchalar o‘rtasidagi yaqinlik va tafovut mavjudligini ko‘rsatib o‘tgan edi. Ko‘pchilik faylasuflar “sivilizatsiya” deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, “madaniyat” deganda esa faqat uning ma’naviy qadriyatlarini tushunishgan.

Bugunga qadar mavjud bo‘lgan va bugungi kunda mavjud sivilizatsiyalar miqdorini aniqlab bo‘lmaydi, zero sivilizatsiyalarning aniq vaqt va hududiy chegarasi, sivilizatsiyalarni ajratib ko‘rsatishning aniq universal mezonlari yo‘q. Shu sababli sivilizatsiya nazariyalarini ishlab chiqqan turli olimlarning ro‘yxatlari bir-biriga to‘liq mos tushmaydi. Masalan, Danilyevskiy til guruhlari asosida 15 ta madaniy – tarixiy tipni ajratib ko‘rsatgan bo‘lsa, Shpengler sakkizta “yuksak madaniyat” larni sanab o‘tgan. Biroq bu barcha ro‘yxatlar mukammal emas.
Shu o‘rinda sivilizatsiyalarning quyidagi ayrim turlarini sanab o‘tish mumkin: dastlabki (avtoxton) sivilizatsiyalar, an’anaviy sivilizatsiyalar, yo‘ldosh sivilizatsiyalar, yangilangan sivilizatsiyalar, o‘rta sivilizatsiyalar, monolit sivilizatsiyalar, sintetik sivilizatsiyalar, agrar sivilizatsiyalar, industrial sivilizatsiyalar, kontinental sivilizatsiyalar, dengiz, okean sivilizatsiyalari. Deyarli barcha sivilizatsiyalar bir vaqtning o‘zida bir necha turga aloqador bo‘lishi mumkin. Masalan, ibtidoiy davrdan o‘sib chiqqan qadimgi Yunon sivilizatsiyasi yangilangan, monolit, agrar, dengiz sivilizatsiyasi edi. Olimlarning fikricha sivilizatsiyaning mohiyatini, uning o‘ziga xosligini turli omillar belgilaydi: tabiiy muhit, xo‘jalik yuritish tizimi, siyosiy tuzim, jamiyatning ijtimoiy tashkiloti, din (yoki din darajasiga chiqarilgan mafkura), ma’naviy qadriyatlar, mentalitet. Ularning nuqtai nazaridan, insoniyat taraqqiyoti sivilizatsiyalarning bir-biri bilan o‘rin almashashishi shaklida boradi, ularning har biri o‘z madaniy-tarixiy an’analari, ahloq normalari, diniy tizimlarini ishlab chiqadi.

  1. Qadriyatlar to'g'risidagi fan — «Aksiologiya» (aksio — qadriyat, logos — fan, ta'limot ma'nosini anglatadi) falsafaning shu masalani o'rganadigan va u bilan shug'ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida bu to'g'rida nihoyatda kam ma'lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar to'g'risidagi qarashlarimiz shitob bilan o'zgardi. Sobiq ittifoqning ilgari ulug'langan partiyaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay, o'tgan o'n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O'zbekistonda qadriyatlarga e'tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutaxassislar tomonidan tahlil etilmoqda.

Bu borada «Qadr» tushunchasiga katta ahamiyat qaratish lozim. U muayyan qadriyatning, ya'ni biron-bir narsa, voqea, hodisa yoki biror idealning inson va jamiyat uchun qadri va ijtimoiy ahamiyatini anglatadigan tushunchadir. «Qadr» tushunchasi o'zbek tilida serqirra ma'no va mazmunga ega, u tilimizdagi ba'zi ibora va so'zlarda o'ziga xos sharqona falsafiy mazmun borligidan dalolat beradi. Ana shu sababdan ham o'zbek tilida qadriyatning mazmunini bilib olish va uning ahamiyatini anglash, avvalo, qadrning ma'nosini bilish orqali boradi. Insonning insonga ibrati, tarbiyadagi ta'sirini uning o'zi baholay olmaydi, balki boshqa inson baholaydi. Demak, qadriyat sifatidagi inson ta'sirida uning qadri va ahamiyati namoyon bo'ladi, boshqa kishi esa ana shu bevosita ta'sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, qadriga baho beradi.

Qadriyatlar muammosiga bag'ishlangan ilmiy-falsafiy manbalarning ko'pchiligida qadriyatni «baho» tushunchasi bilan qiyoslash, ularga bir xil daraja va ko'lamdagi tushunchalar sifatida qarash hollari uchraydi. Ayni paytda qadriyatlar jamiyat rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zaruratga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog'onasiga chiqadi, boshqalari xiralashgandek tuyuladi. Masalan, yurtni yov bosganda — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiqlol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, xastalik va bemorlik paytlarida — sihat-salomatlikning qadri ortadi, ularga intilish kuchayadi.



Qadriyatlarning asosiy shakllarini aniqlash borasida olimlar orasida bir xil va hamma e'tirof etgan yagona nuqtayi nazar yo'q. Ularni moddiy va ma'naviy, umumbashariy va umuminsoniy turlarga bo'lish mumkin.
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling