2. Tarmoqning muvozanat holati va tarmoq taklifi Tarmoqning uzoq muddatli oralidagi umumiy taklifi


-rasm. Xarajatlari o`suvchi tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi taklifi chizig`i


Download 234.45 Kb.
bet8/8
Sana10.03.2023
Hajmi234.45 Kb.
#1258005
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

11.9-rasm. Xarajatlari o`suvchi tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi taklifi chizig`i

Xarajatlari o`sayotgan tarmoqning uzoq muddatli taklif chizig`i unga yuqoriga tomon yotiq bo`ladi, nima uchun deganda, tarmoqdagi firmalar sonini oshishi bilan bir qatorda barcha firmalar uchun resurslar narxi ham o`sib boradi. Xarajatlari kamayib boradigan tarmoqda tarmoq ishlab chiqarishi ortib borganda, resurslarga bo`lgan narx pasayib boradi. Natijada tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi taklif chizig`i unga pastga tomon yotiq bo`ladi (11.10-rasm).


Tarmoq kengayganda, uning xarajatlarni kamaytirish imkoniyati ham keng bo`ladi. Masalan, yirik tarmoqda transport tizimini samarali tashkil qilish evaziga xarajatlar kamayishi mumkin, yirik tarmoqda resurslardan ham optimal foydalanish imkoniyati tug`iladi (masshtab samarasi) bu ham pirovardda mahsulot narxini pasaytirishga olib kelishi mumkin. O`rtacha xarajatning va tovar narxining pasayishi kengayayotgan tarmoqni yangi muvozanat nuqtaga olib keladi (11.10-rasmda E2 nuqta).




11.10-rasm. Xarajatlari kamayuvchi tarmoqning uzoq muddatli
taklif chizig`i (SL)
Umumlashtirib ta`kidlash mumkinki, alohida firmaning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holati o`rtacha xarajati minimal bo`lib, nolga teng bo`lgan iqtisodiy foyda olish bilan tavsiflanadi. Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, raqobatlashgan bozor samarali ishlab chiqarishni ta`minlaydi.
Tayanch iboralar
Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash, uzoq muddatli oraliqda firma muvozanati, tarmoqning muvozanat holati, tarmoq taklifi, turli holatlardagi tarmoq taklifi chiziqlari, firmani samarali razmeri.


Takrorlash uchun savollar
1. Firmaning uzoq muddatli oraliqda muvozanati qanday aniqlanadi?
2. Firmaning uzoq muddatli oraliqdagi taklifi nima bilan belgilanadi?
3. Tarmoqning muvozanat holati qanday vujudga keladi?
4. Turli holatdagi tarmoqlarning taklif chziqlarini tushintirib bering.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar


1. Ғуломов С.С., Алимов Р.Х, Салимов Б.Т., Ходиев Б.Ю., Ишназаров А.И. Микроиқтисодиёт: Дарслик.-Т.:Шарқ–МАТБАА АК бош тахририяти, 2001 й.


2. Низомов А.Б., Намозова Н.Ж., Амонов Ў.Н. Микроиқтисод. Ўқув қўлланма -Т.: Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти, 2003 й.
3. Salimov B.T., Muxitdinova U.I., Mustafaqulov Sh.I., Salimov B. B. Mikroiqtisodiyot. Darslik. - T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti. 2005 y.
Download 234.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling