2. Terakning uzunligi yil oldin m dm edi. U besh yil ichida m dm ga o'sdi. Uning hozirgi bo'yi necha dm?


Download 9.76 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi9.76 Kb.
#1165752
Bog'liq
8-mavzu


22. Terakning uzunligi 5 yil oldin 4 m 5 dm edi. U besh yil ichida 2 m 8 dm ga o'sdi. Uning hozirgi bo'yi necha dm?
23. Nodir maktabga birinchi kelganida, uning bo'yi 125 sm edi. U maktabni bitirguncha 4 dm 7 Sm ga o'sdi. Nodirning bo'yi maktabni bitirayotganida necha sm edi?
24 Fozilaning bo'yi hozir 1 m 7 dm 2 sm. Uning bo'yi o'n yil oldin 135 sm edi. Fozilaning bo'yi shu o'n yil ichida nech sm o'sgan?
25 Sardor mashinada Navoiydan Qashqadaryoga bordi. U mashinaning uzunlik o' lchagich qarab, yana 1 km 325 metr yursa 10 km bo'lishini hisobladi. Navoiydan Qashqadaryoga bo'lgan masofa necha metr?
26 Lola o'zining qo'g'irchog'iga ko'ylak va qo'lqop tikdi. U ko'ylak uchun 4 dm 10 sm qo' lqop uchun esa ko'ylakka nisbatan 20 sm ko'p mato ishlatdi. Lola jami necha sm mato ishlatgan?
28. Fotima uyidan maktabgacha 600 metr , maktabdan kutubxonagacha 82 dm so'ngra kutubxonadan uyigacha 1 km 100 m masofa bosib o'tdi. Fotima jami qancha masofa bosib o'tdi?
29. Tikuvchi 820 sm matodan 5 m 80 sm ga kostyum, qolgannmatoga shim tikdi. Tikuvchi shim uchun necha metr mato ishlatgan?
30. Usta 600 dm 40 sm yog'ochdan o'yinchoq, stul va taxtakach yasadi. Yog'ochning yarmiga o'gli uchun o'yinchoq, stul uchun esa o'yinchoqqa qaraganda 35 dm kam yogoch ishlatdi. Usta taxtakach uchun necha sm yog'och ishlatgan!
31. Hoshimning uyidan universitetgacha bo'lgan masofa 10 km 500 m. U 6 km 700 m metroda, 2 km 500 m masofani avtobusda bosib o'tdi. U universitetga borishi uchun yana necha metr piyoda yurishi kerak?
32. Tkki ustun orasi 200 sm bo'lsa, birinchi va oltinchi ustunlar orasidagi masofani toping(sm).
33. Birinchi va uchinchi ustunlar orasidagi masofa 6m bo'lsa, birinchi va o'ninchi ustunlar orasidagi masofani toping(m).
34. Shilligqurt daraxtga kunduz kuni 4 metr yugoriga ko'tariladi kechki payt esa 3 metr pastga tushadi. Shilligqurt uzunligi 10 metr bo'lgan darxtga necha kunda chiqadi?
35. Alijonning uyidan shahar markizagacha 3 km 700 metr. Begzodning uyi esa Alijonnikiga qaraganda 3 marta uzunroq. Shahar markazigacha Alijonning uyi Begzodning uyidan necha metr yaqin?
36. Binoning 4-qavati yerdan 12 metr balandlikda bo'lsa, uning 2-qavati yerdan necha metr balandlikda joylashgan?
37. Binoning birinchi va uchinchi qavatlari orasidagi masofa uchinchi va o'n uchinchi qavatlari orasidagi masofadan necha marta kichik?

38. Yo'l ta'mirlovchilar birinchi kuni 2 km 350 m yo'lni, ikkinchi kuni esa birinchi kundagidan 1 km 850 m ko'p, uchunchi kuni esa birinchi kundagidan 2 marta uzun yo'lni ta'mirlashdi. Shu 3 kunda jami necha metr yo'l ta'mirlandi?


39. Fatxulla arqonni 5 ta qismga qirqdi. U har bir qismni avvalgisidan 2 metrga uzun qilib qirqdi. U oxirgi qismni o'lchaganida 15 metr edi. Arqonning birinchi qismi uzunligi necha metr qirqilgan?
40. Aljonning bo'yi Valijonning bo'yidan 4sm uzun, Valining bo'yi Sanjarning bo'yidan 2 marta kichik Sanjarning bo'yi 180 sm. Ikromjon Alijondan 5 sm kichik bo'lsa, Ikromjonning bo'yi necha sm?
Uy ishi
3-20 Mashqlarda bo'sh joylarni to'ldiring.
3. 8 km= m
4. 4 km 150 m = m
5 5 dm= mm
6. 14 cm 3 mm = mm
7. 7 m 4 dm = dm
8. 4 m 5 dm 6 sm =_ sm
9. 120 sm= dm
10. 6000 sm= m
11. 13000 m = km
12. 22000 mm = dm
13. 120 sm = m Sm
14. 2400 m = km m
15. 48 mm =_ sm mm

16. 2 m 24 sm + 5 m 48 sm= m Sm


17. 3 m 55 sm + 1 m 65 sm= m sm
18. 11 m 9 dm - 5 m 5 dm = m dm
19. 24 km 500 m - 20 km 800 m = km m
20. 17 m 63 sm - 14 m 84 sm = m sm
26. Chinorning uzunligi o'n yil oldin 3 m 8 dm edi. O'n yilda 6 m 5 dm o'sdi. Uning hozirgi bo'yi necha dm?
27. Asadbek maktabga birinchi kelganida, uning bo'yi 105 sm edi. U maktabni bitirguncha 3 dm 9sm ga o'sdi. Asadbekning bo'yi maktabni bitirayotganida necha sm edi?
28. Fozilaning bo'yi hozir 1 m 6 dm 5 sm Uning bo'yi O'n yil oldin 127 sm bo'lgan bolsa, Fozilaning bo'yi shu o'n yilda necha sm o'sgan?
29. Sardor mashinada Navoiydan Qashqadaryoga bordi. mashinaning uzunlik o'lchagichiga qarab, yana 2 km 520 metr yursa 10 km bo'lishini hisobladi. Navoiydan Qashqadaryogacha bo'lgan masofa necha metr
32 Fotima uyidan maktabgacha 550 metr, maktabdan kutubxonagacha 80 dm so'ngra kutubxonadan uyigacha l km 300 m masofa yurdi. Fotima jami qancha masofa yurdi(m)
33 Tikuvchi 820 sm matodan 6 m 70 sm ga kostyum, qolganiga shim tikdi. Tikuvchi shim uchun necha sm mato ishlatgan?
34 Usta 400 dm 80 sm yog'ochdan o'yinchoq, stul va taxtakach yasadi. Yog' ochning yarmiga o'gli uchun o'yinchoq, stul uchun esa o'yinchoqqa qaraganda 31 dm kam yog'och ishlatdi. Usta taxtakach uchun necha sm yog'och ishlatgan?
35 Hoshimning uyidan universitetgacha bo'lgan masofa 7 km 500 m. U 4 km 400 m metroda, undan 1 km 500 metr kam avtobusda bordi. U universitetga borishi uchun yana necha metr piyoda yurishi kerak?
36 Ko'prikni tutib turuvchi birinchi va ikkinchi ustunlar orasidagi masofa 420 Sm bo'lsa, birinchi va yettinchi ustunlar orasidagi masofani toping.
37 Birinchi va uchinchi ustunlar orasidagi masofa 6 m 20 sm bo'lsa, birinchi va beshinchi ustunlar orasidagi masofani toping
38 ikkinchi va beshinchi ustunlar orasidagi masofa 90 dm 60 sm bo'lsa, to'rtinchi va o'ninchi ustunlar orasidagi masofani toping.
39 Binoning 3-qavati yerdan 12 metr balandlikda bolsa, uning 5-qavati yerdan qancha balandlikda joylashgan?
40 Binoning birinchi va uchinchi qavati orasidagi masofa 840 sm ga teng. Ikkinchi va to'qqzinchi qavatlar orasidagi masofani toping.
41. Binoning ikkinchi va beshinchi qavatlari orasidagi masofa, birinchi va o'ninchi qavatlari orasidagi masofadan necha marta kichik?
42. Shilliqqurt daraxtga kunduz kuni 5 metr yuqoriga ko'tariladi kechki payt esa 4 metr pastga tushadi. Shilliqqurt uzunligi 10 metr bo'lgan darxtga necha kunda chiqadi?
43 Alijonning uyidan shahar markizagacha masofa 2 km 500 metr. Begzodning uyi esa Alijonnikidan 4 marta uzoqda joylashgan. Shahar markazigacha Alijonning uyi Begzodning uyidan necha metr yaqinda joylashgan?
44 Yol ta'mirlovchlari birinchi kuni 4 km 250 m, ikkinchi kuni esa birinchi kundagidan 1 km 150 m ko'p, uchunchi kuni esa ikkinchi kundagidan 2 marta ko'p yo'l ta'mirlashdi. Shu 3 kunda jami necha metr yo'l ta'mirlandi?
45. Fatxulla arqonni 4 ta qismga qirqdi. U har bir qismni avvalgisidan 18 dm 5 sm metr ga uzun qilib qirqdi. U oxirgi qismni o'lchaganida 14 m edi. Arqonning birinchi qismi uzunligi necha Sm qilib qirqilgan?
46. Alijonning bo'yi Valijonning bo'yidan 6 sm qisqa, Valining bo'yi Sanjarning bo'yidan 2 marta kichik. Sanjarning bo'yi 180 sm. Ikromjon Alijondan 10 sm uzun bo'lsa, Ikromning bo'yi necha sm?
47. Chinorning uzunligi archadan 4 m uzun, archa uzunligi esa terakdan 2 marta kichik. Terakning uzunligi 20 m. Majnuntol uzunligi chinordan 5 m qisqa bo'lsa, majnuntolning bo'yi necha m?
48. chinorning uzunligi archadan 4 m qisqa, archa uzunligi esa terakdan 3 marta kichik. Terakning uzunligi 33 m. Majnuntol uzunligi chinordan 2 m qisqa bo'lsa , majnuntol uzunligi necha m?
Download 9.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling