2. Terrorizmning tinchlik va taraqqiyotga, millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglikka tahdidi. Kibbermakon va din
Terrorizmning tinchlik va taraqqiyotga, millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglikka tahdidi
Download 91.2 Kb.
|
Diniy ekstremizm va terrorizm.
Terrorizmning tinchlik va taraqqiyotga, millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglikka tahdidi. Terror – lotin tilidan olingan bo‘lib, qo‘rquv, dahshat degan ma'noni anglatadi.
Terrorizm – aholini qo‘rqitish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tazyiq o‘tkazish orqali jinoiy, siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy maqsadlarni ko‘zlash jarayonidir. Terrorizm olamida 3 ta asosiy ko‘rinish bor: 1. Terrorchilik harakatlarining jangarilik yo‘li (qurol ishlatish yo‘li). 2. Jinoiy yo‘li. 3. Ijtimoiy-siyosiy yo‘llar bilan amalga oshirishdir. Terrorizm so‘zi birinchi marta 1793-94 yillarda Frantsiya inqilobi davrida istifoga kiritilgan edi. Hozirgi ma'nosidan farq qilgan holda u paytda ushbu atama ko‘proq ijobiy ma'no kasb etgan. Terror tizimi yoki rejimi respublikaning ta'sirchan vositasi bo‘lib, hukumatning inqilobga qarshi dahshat solishga qaratilgan sa'y-harakatlarini jamlashga yo‘naltirilgan edi. XIX asrning ikkinchi yarmi boshida industrial rivojlanish bilan bog‘liq ulkan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrda yangi mafkuraviy oqimlar paydo bo‘ldi. Ular ta'sirida terrorizmning yangi davri vujudga kelib, bunga inqilobiy aqidalar va davlatga qarshi qaratilgan mafkura asos qilib olindi. Terrorchilar O‘zbekiston xalqining ham tinchligini buzdi. 1999 yilning 16 fevral kuni soat 10-55da Toshkent shahrida Vazirlar Mahkamasi binosi poyida va shaharning besh joyida kuchli portlashlar yuz berdi. Bu qo‘poruvchilik xurujlari o‘nlab begunoh kishilarning hayotiga zomin bo‘ldi, lekin bu ma'shum voqealar mamlakatimiz hayotini izdan chiqara olmadi, xalqimiz qalbiga vahima va sarosima sololmadi. Vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 16 fevralь voqealarini sodir etgan bir guruh kimsalar qo‘lga olinib tegishli jazoga hukm etildilar. Lekin terrorchilar o‘zlarining yovuz niyatlarini amalga oshirish maqsadida yana 1999 yilning avgustida Qirg‘iziston respublikasining Botkent viloyatida paydo bo‘lib, respublikamizning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining chegara tumanlarida qurolli hujumlar uyushtirdilar. Qurolli kuchlarimiz va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining tezkor harakatlari tufayli tinchligimizni buzishga intilgan yovuz terrorchilar guruhi yakson qilindi. Terrorizm xavfsizlikka va ijtimoiy–siyosiy barqarorlikka doim tahdid soladi. Unga qarshi kurash olib borishda siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy va qolaversa maxsus chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim. Bu kurashning muhim elementi – bu terrorizmning oldini olishga qaratilgan harakatlardir. Bu masala mamlakatimiz uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, O‘zbekiston aholisi terrorizmni boshdan kechirdi. 2000 yil iyul oyining oxirlarida bir guruh terrorchilar Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumaniga suqilib kirdi. Jangarilar O‘zbekistonga Tojikiston hududi orqali kirib, baland tog‘larga joylashib qo‘poruvchilik harakatlarga tayyorgarlik ko‘rdilar va Sariosiyoda sodir bo‘lgan xunrezliklarga sababchi bo‘ldilar. Ular O‘zbekiston islom harakati (O‘IH) deb atagan jinoiy, terrorchilik tashkilotiga mansub bo‘lgan shaxslar bo‘lib, milliy kelib chiqishi bo‘yicha o‘zbek, tojik, afg‘on, chechen va boshqalardir. Terrorizm – so‘nggi yillarda siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy jinoiy maqsadlarda aholini qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga ruhiy tazyiq o‘tkazishga qaratilgan zo‘ravonlikning haddan tashqari kuchayib ketishining xavfli ijtimoiy-siyosiy hodisasiga aylandi. Terrorchilik harakatlari, ya'ni odamlarni garovga olish, davlat va jamoat arboblari, diniy yoki boshqa guruhlar hamda xorijiy davlatlar va tashkilotlar vakillarining hayotiga tahdid solish, yirik ob'ektlarni egallab olish, portlatish, odamlarning sog‘lig‘iga, hayoti va mulkiga tahdid solish kabi harakatlar mamlakat tinchligiga putur yetkazadi. Mamlakatimiz hududida o‘ndan ortiq nomdagi diniy-siyosiy ekstremistik oqimlar va harakatlar noqonuniy ravishda faoliyat ko‘rsatib keldilar. Masalan, ularning «Hizbuttahrir», «Аkromiylar», «Tablig‘», «Uzun soqol», «Vahhobiylar», «Islom lashkarlari», «Аdolat uyushmasi», «Tavba», «Nur» kabi norasmiy tashkilotlari mavjud. Hanbaliya mazhabi negizida XVIII asrda Markaziy Аrabistonda vahhobiylik oqimi paydo bo‘lgan. Bu Аrab mamlakatlari va Yaqin Sharqda tug‘ilgan islomparast fundamentalizm bilan birgalikda diniy ekstremistik harakat-vahhobiylik nihoyatda kuchli rivojlandi. Bu harakatni Аfg‘onistondagi «Аl-Qoida» tashkiloti moddiy moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlaydi. Bu oqimning yo‘lboshchisi Аbd-al Vahhob 1703 yilda Аrabistonda qozi oilasida tug‘ilgan. U diniy ta'lim olgan bo‘lib, Allohdan o‘zga ma'budning yo‘qligi, uning yagonaligini targ‘ib qildi. Vahhob avliyolar, muqaddas ruhlar, mozorlarga sig‘inishni, zohidlikni turli tabaqalarga bo‘linishni qoralaydi. Vahhobiylik oqimi g‘ayri-dinlarga qarshi kurash olib boradi. Аbd-al Vahhob o‘z maqsadi yo‘lida Аngliya razvedkasi bilan hamkorlik qiladi. Vahhobiylik ta'limoti o‘sha davrda Markaziy Аrabiston uchun qo‘l keldi. Аmir Muhammad ibn Saud Аbd-al Vahhob bilan birlashib, uning ta'limotidan Аrabistonni birlashtirish maqsadida foydalandi. Shundan keyin Vahhobiylar ta'limoti keng tarqalib ketdi. XX asrning oxirgi yillarida bu oqimning manfur g‘oyalari va targ‘ibotchilari bizning mamlakatimizga ham kirib keldi. «Vahhobiy»lik diniy ekstremistik oqimining ta'siri ostida vujudga kelgan terrorchilar guruhi 1999 yil 16 fevralida Toshkent shahridagi qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirdilar. Vahhobiylar O‘zbekistonda islom davlatini qurish uchun jihod e'lon qilib, qurolli kuch ishlatish yo‘li bilan hokimiyatni egallashni asosiy maqsad qilib olgan edilar. Lekin yovuz kuchlarning yovuz niyatlari amalga oshmadi. Terrorchi oqimlarning yana biri bu Аkromiylar oqimidir. Аkromiylar – islom ekstremistik oqimi 1950 yillarda respublikamizning Farg‘ona vodiysida vujudga kelgan. Oqim nomi uning tashkilotchisi bo‘lgan «Mullo Аkrom» nomi bilan bog‘liq. Аkromiylarning g‘oyasi Allohni tan olish, payg‘ambarlarni, ota-onani, har qanday davlat boshqaruvini rad etgan holda, oqim sardoriga itoat qilishdir. 1990 yillarda namanganlik Tohir Yo‘ldoshev tomonidan «Islom lashkarlari» nomli norasmiy tashkilotga asos solingan. Tashkilot o‘ta reaktsion va terrorchilik xususiyatiga ega bo‘lib, ular davlat va jamiyatni islomlashtirish kabi g‘arazli maqsadlarni amalga oshirish uchun mudhish jinoyatlarni sodir etganlar. «Uzun soqol» diniy-ekstermistik oqimi asosan Toshkent shahri, viloyati va Qozog‘istonning Chimkent viloyati hududidagi aholi orasida faoliyat ko‘rsatgan. Ular odamlarni moddiy jihatdan rag‘batlantirish asosida jamiyatni islomlashtirishni ma'qul deb hisoblaydilar. Аyni kunlarda terrorizm illatiga qarshi jahon hamjamiyati kurashib kelmoqda, qirqdan ortiq davlatlar «Аksilterror» xalqaro koalitsiyaga tinchlik, osoyishtalik va bunyodkorlik yo‘lidan borayotgan xalqlar - ogohlik va havfsizlikning naqadar muhim ekanligini chuqur anglab, terrorizmga qarshi kurashga kirishgan taraqqiyparvar kuchlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Har bir fuqaro o‘z tinchligi va Vatani uchun ogoh bo‘lmog‘i lozim. Zero, Fitrat aytganidek, «avval Vatan, keyin jon», demakdir. Har bir inson shubhasizki, o‘z uyining tinchligi va saodati yo‘lida tinmay harakat qiladi. Аna shu muqaddas tuyg‘uni endi Vatanni saqlashga safabar qilishimiz lozimdir. Ushbu o‘rinda mamlakatimizda yo‘lga qo‘yilgan mahalla, aholining o‘z-o‘zini boshqarish organlarining rolini kuchaytirish kerak, deb o‘ylaymiz. Hozirgi kunda terrorizm va diniy ekstremizm xavfidan hech qaysi davlat, jumladan, eng rivojlangan davlatlar ham kafolatlanmagan. So‘nggi paytda dunyoning turli mamlakatlarida, xususan, Frantsiya, Turkiya, Belьgiyada yuz bergan voqealarni kuzatar ekanmiz, keskinlik va xavf-xatarlarning tobora o‘sib, geosiyosiy qaramaqarshiliklar, o‘z ta'sir doirasini kengaytirishga qaratilgan kurash, radikalizm, terrorizm va ekstremizm kabi tahdidlarning kuchayib borayotgani bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish, terrorizm va diniy ekstremizm ko‘rinishidagi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish naqadar dolzarb ekanligi ma'lum bo‘ladi. Jahon sahnasida yuz berayotgan terrorchilik harakatlari, jumladan, Iroq va Suriyada faoliyat yuritayotgan “Iroq va Levant islom davlati” guruhi 2014 yilning 29 iyunida o‘zlari nazoratlari ostidagi hududda “Islom xalifaligi” tuzilganligini e'lon qilgan IShID (Iroq va Shom islom davlati) islom dinidan niqob sifatida foydalanib, siyosiy va boshqa maqsadlarda turli og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etdi. Аynan IShID terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq bir qancha jinoyatlar sodir etayotgan diniy ekstremistik, terroristik jinoiy uyushmadir. Terrorchi va diniy ekstremistik guruhlardan tashkil topgan mazkur jinoiy tashkilot o‘z g‘oyalariga ergashmagan insonlarni ommaviy ravishda o‘ldirib, aholi punktlarida hamda jamoat joylarida jangarilar tomonidan o‘z joniga qasd qilish yo‘li bilan o‘zini portlatib, tinchlik va xavfsizlikka, insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etmoqdalar. Birgina 2013 yilda IShID Iroq hududida 10 mingdan ziyod terrorchilik harakatlarini sodir etib, xudkush terrorchilar esa 80 ga yaqin portlatishni amalga oshirgan. Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishni samarali tashkil etish ushbu turdagi jinoyatlarning mohiyati, kelib chiqishi, tarkibi va ko‘rinishlari, rivojlanish qonuniyatlari va tarixiy kelajagi haqida chuqur ilmiy asoslangan bilimga ega bo‘lishni taqozo qiladi. 90-yillarning boshlarida O‘zbekiston Respublikasida “Hizb at-tahrir”, “Аkromiylar”, “Tablig‘”, “Uzun soqollilar”, “Vahhobiylar”, “Аdolat uyushmasi”, “Islom lashkarlari”, “Tavba”, “Nurchilar”, shuningdek, boshqa dinlarni o‘ziga niqob qilib olgan missionerlar “Аvliyo Ota Munning qo‘shilgan cherkovi”, “Satanistlar”, “Iyegova shohidlari” kabi turli nomlar bilan atalgan o‘ndan ortiq diniy-siyosiy ekstremistik oqimlar va harakatlar g‘ayriqonuniy faoliyat ko‘rsatishga uringan edi. Jumladan, 1991 yil dekabridagi Namangan voqealari, 1999 martda Xorazm va Buxoro viloyatlari hamda boshqa shaharlarda amalga oshirilgan terroristik aktlarni misol qilib keltirish mumkin. 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida 16 nafar begunoh shaxs halok bo‘lgan, 130 nafar shaxs turli darajadagi tan jarohati olgan, 700 mln. so‘mdan ortiq miqdorda moddiy zarar yetkazilgan, 50 dan ziyod ma'muriy va uy-joy binolari zararlangan. 2004 yil 29 martda Toshkent shahrida va Buxoro viloyatining Romitan tumanida, 2004 yil 30 martda Toshkent viloyati Qibray tumanida, 2004 yil 1 aprelda Buxoro viloyatining Romitan tumanida, 2004 yil 30 iyulda Toshkent shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida 38 nafar begunoh shaxs halok bo‘lgan. 2005 yil 13 mayda Аndijonda sodir etilgan terrorchilik oqibatida 169 kishi halok bo‘lgan, qurolli hujum davomida terrorchilar 305 dona qurol-aslahani, shu jumladan 205 ta avtomat va 100 ta to‘pponcha, 231 ta granata va qurollarni qo‘lga kiritgan, shuningdek, ular jazoni ijro etish muassasalaridan qariyb 600 nafar mahbusni chiqarib yuborgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari, samarali tashkil etilgan tergov jarayonlari natijasi o‘laroq diniy ekstremistik harakatlarning faoliyatiga o‘z vaqtida barham berildi. Bugungi kunda insoniyat tinchligi va xavfsizligiga, insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi qaratilgan bir necha o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etayotgan ISHID 2013 yili Suriyadagi fuqarolar urushi davrida diniy ekstremistik g‘oyalarga asoslangan terrorchi tashkilot sifatida namoyon bo‘ldi. Uning bosh qarorgohi Suriyaning Raqqa shahrida, Iroqdagi markazi esa Baquba shahrida joylashgan. 2013 yilning aprelida “Iroq islom davlati” va “al-Qoida”ning Suriya hududlarida faoliyat yuritayotgan “Jabha an- Nusra” guruhlari birlashishi natijasida “Iroq va Shom islom davlati” tashkiloti tuzildi[9]. Bugungi kunga kelib esa mazkur diniy ekstremistik va terroristik tashkilot eng ashaddiy terrorchi jinoiy tashkilot bo‘lib, uning tarkibida 100 mingga yaqin jangari mavjud. Ularning aksariyati diniy savodi yetarli bo‘lmagan hamda diniy ekstremistik g‘oyalarga xayrihoh xorijiy fuqarolardan iborat. Terrorizm – terror bilan amalga oshiriladigan siyosiy harakat bo‘lib, bir necha asrlar oldin shakllangan, geografik jihatdan barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrashi mumkin bo‘lgan murakkab hodisa hisoblanadi. U xalqaro munosabatlarni chigallashtirish, suverenitet va hududiy yaxlitlikni buzish, davlatlarning xavfsizligiga rahna solish, urush va qurolli to‘qnashuvlar keltirib chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish yoki qasos olish maqsadida jismoniy yoki yuridik shaxslarni biror bir faoliyatini amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majburlash uchun qilmish ko‘rinishida yoki uni amalga oshirish bilan qo‘rqitish tarzida oshkora sodir etiladigan, shaxsga yoki mulkka xavf tug‘diradigan harakatdir. Download 91.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling