2. Tijorat banklarining funksiyalari. Tijorat banklarini tashkil etish va litsenziyalash


Zamonaviy tijorat banklarining funksiyalari


Download 56.16 Kb.
bet3/4
Sana01.05.2023
Hajmi56.16 Kb.
#1420119
1   2   3   4
Bog'liq
referat pul va banklar

Zamonaviy tijorat banklarining funksiyalari




Bu holda muomalada pul massasining miqdori oshadi. Shuning uchun ham tijorat banklar faoliyati ustidan Markaziy bank nazorat olib boradi.
Tijorat banklarning muhim funksiyalaridan biri-hisob-kitoblarni olib borishdir. Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Banklarning bu funksiyasi-vositachilik funksiyasi bo‘lib, bunga asosan banklarning to‘lovlaridagi vositachiligi faoliyati tushiniladi. Banklar orqali korxona, tashkilot va aholining to‘lovlari o‘tkaziladi. Iqtisodiy hayot markazida joylashgan banklar bu funksiyasi orqali bu xo‘jalik talablaridan kelib chiqqan holda kapitalni muddati, hajmi va yo‘nalishini o‘zgartirishga imkon oladi. Banklarning bu funksiyasi ko‘proq mablag‘larni o‘tkazish funksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Tijorat banklari yana qimmatli qog‘ozlar chiqarish va joylashtirish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat qila borib, mijozlarga har-xil axborotlar, maslahatlar berishi mumkin. Juda katta o‘z sarmoyasiga ega bo‘lgan tijorat banklari yirik investor sifatida chiqishlari, ya’ni umuman xalq xo‘jaligi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsa-tishlari ehtimol tutilgan tarkibiy qayta qurish ishlariga aralashishlari va hatto iqtisodiyot sho‘balarining istiqbollarini belgilashlari mumkin.
Mulkni boshqarish va sarmoya hosil qilishning ancha hatto miqyoslardagi aksiyadorlik-huquqiy shakli maqomini tijorat banklari olar ekan, moliya bozorlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi ko‘plab holdinglar sho‘ba firmalar va korxonalar tashkil etish, shuningdek qatnashuvchining turli shakllarini rivojlantirish asosida o‘z faoliyatini ancha diversifikatsiyalashi mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib, bank, bu hukumat, korxona, aholiga va boshqa banklarga pullik va qimmatli qog‘ozlar bilan turli operatsiyalarni amalga oshiruvchi hamda moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi moliyaviy tashkilotdir.

Tijorat banklarini tashkil etish va litsenziyalash
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu vaqt ichida bo‘lg‘usi ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar.
Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka oid me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish funksiya-sini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni bajaradi:
- bank faoliyatini olib borishga litsenziyalar berish;
- banklar hisobotlarini tekshirish, joylarda tekshirishlar o‘tkazish;
- bank operatsiyalarini bajarishda normalarga rioya qilishni nazorat qilish.

Bank faoliyatini olib borishga litsenziya (ruxsat) berish orqali markaziy bank tashkil qilinayotgan kredit institutining bank faoliyatini olib borish imkoniyatlarini aniqlaydi.


Markaziy bank tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalarni tekshirish, ichki audit holatiga baho berish huquqiga ega. Bunda avvalambor, tijorat banklarining aktivlari: kreditlar va qimmatli qog‘ozlar holati, banklarning likvidliligi va barqarorligi tekshiriladi. Tekshirish o‘tkazishdan asosiy maqsad:
- bankning moliyaviy holatiga obyektiv baho berish;
- bankni boshqarish sifati va uning rahbari faoliyatiga baho berish;
- bankning moliyaviy ahvolini va uning bajaradigan operatsiya-larining samaradorligini ta’minlash bo‘yicha choralar ishlab chiqish;
- bank faoliyatining mavjud qonunlar va normativ hujjatlarga muvofiq olib borilishini ta’minlash va boshqalardan iborat. Markaziy bank yana tijorat banklarining olib boradigan operatsiyalarining norma bo‘yicha bajarilishini nazorat qilib boradi

Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka oid me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.


Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib boriladi.
Ushbu Nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo‘lgan zarurat bankni mamlakat iqtisodiy to‘lov qobiliyatiga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bank operatsiyalarini o‘tkazuvni amalga oshirilishi va ro‘yxatga olinishi lozim. Tijorat bankini tashkil etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.
Agar bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat ko‘rsatsa, bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi.
Tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida davlat ro‘yxatidan o‘tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tijorat bankini ta’sis etuvchilari hisoblanadi va ular bank hamda uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar.
O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risi-da”gi Qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat hokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondlar mablag‘lari, shuningdek kredit va garovga olingan mablag‘lardan foydalanish man etiladi.


Download 56.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling