2. Tijorat banklarining funksiyalari. Tijorat banklarini tashkil etish va litsenziyalash


Tijorat banklarining funksiyalari


Download 56.16 Kb.
bet2/4
Sana01.05.2023
Hajmi56.16 Kb.
#1420119
1   2   3   4
Bog'liq
referat pul va banklar

Tijorat banklarining funksiyalari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning roli, ularning iqtisodiyotga ta’siri o‘sib bormoqda. Kredit muassislari, aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va joylashtirishdan tashqari, korxonalarning xo‘jalik faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyatini kuzatib borishi mumkin.
Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o‘rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasi o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha investitsiyaga bo‘lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo‘jaligida progressiv yutuqlarga erishishni ta’minlashi mumkin.

Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:




Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxonalarni, tashkilotlarni, aholini, davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi.
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxonalarni, tashkilotlarni, aholini, davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi.

Banklarning keyingi funksiyasi- pul muomalasini tartibga solish funksiyasi. Banklar turli xo‘jalik subyektlar orqali o‘tadigan to‘lov muomalasi (oboroti) ning markazi sifatida chiqadilar. Hisob-kitoblar tizimi orqali banklar o‘zlarining mijozlariga ayriboshlashni amalga oshirishni, pul mablag‘lari va kapitalni aylanishi uchun sharoit yaratib beradilar.
Banklar orqali alohida olingan subyektlar va bir butun mamlakat iqtisodiyotidagi oborot(aylanishi) o‘tadi. Muomalaga kredit pullarni chiqarish funksiyasi tijorat banklarni boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat banklari depozit-kredit emissiya qilganida, ssudalar berganida pul massasi oshadi va ssuda bankka qaytarilganda muomalada pul massasi kamayadi.


Download 56.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling