Savol va topshiriqlar 1. Alisher Navoiyning til, so‘z haqidagi hikmatlarini daftaringizga ko‘chirib, ularning
mazmunini o‘z so‘zlaringiz bilan izohlang va hikmatlarni yod oling.
2. Til jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi?
3. Dunyoni anglash hamda bilim olishda tilning o‘rnini asoslang.
4. Til va nutq o‘rtasida qanday farqlar bor?
5. O‘zbek tilining taraqqiyoti qanday omillarga bog‘liqligini izohlang.