2-topshiriq Mavzu doirasida mashg’ulot ishlanmasi tayyorlang «Qishlovchi qushlar»


Download 482.99 Kb.
Sana22.11.2020
Hajmi482.99 Kb.
#150029
Bog'liq
42620 17-topshiriq


1-topshiriq

O’zbekiston va rivojlangan davlatlari maktabgacha ta’limining 5 ta o’xshashlik jihatlarini keltiring



2-topshiriq

Mavzu doirasida mashg’ulot ishlanmasi tayyorlang «Qishlovchi qushlar» mavzusidagi mashg‘ulot.



Mashg‘ulot maqsadi:

Ta'limiy maqsad: Bolarga qishlovchi qushlar xaqidagi bilimlarni berish, qushlarning tuzilishi tana shakllari bilan tanishtirish, ularning oziqlanishlari xaqidagi bilimlarni berish.

Korreksion maqsad: Mayda qo‘l matorikasini va umumiy matorikasini rivojlantirish, diqqat, xotira va bog‘langan nutqini rivojlantirish, artikulyatsion xarakatlarini rivojlantirish, to‘g‘ri nafas olishga o‘rgatish.

Tarbiyaviy maqsad: Bolalarni tabiatga qiziqtirish, qushlarga ozor bermaslik va ularni oziqlantirishga o‘rgatish, bir-birlarini xurmat qilishga, mashg‘ulotda to‘g‘ri o‘tirishga o‘rgatish.

Kerakli jixozlar: Mavzuga mos rasmlar, “To‘rtinchisi ortiqcha” ta'limiy o‘yini, “Soyasini top” ta'limiy o‘yin, daraxt, rangli qog‘ozlar, kley, munchoq, ip, nafas mashqlari uchun bulut va qorparchalar,

Mashg‘ulotning borishi:

Tashkiliy qism: musiqa sadosi ostida bolajonlar musiqa zaliga ortopedik gilamchalar ustidan o‘tibyarim doira hosil qiladilar.

Tarbiyachi: Salom bolajonlar!

Bolalar: ..........

Tarbiyachi: brakalla bolajonlarim mana bugun biz sizlar bilan yolg‘iz emasmiz balki bizning mashg‘ulotimizga tarbiyachi opalaringiz ham tashrif buyurishgan. Qani ular bilan salomlashib olaylikchi...

Bolalar: ........

Tarbiyachi: bolajonlar diqqatingizni jamlab men bergan savollarga javob bering.

- Hozir o‘lkamizda qanday fasl?

- .................

- Barakalla! Qish faslida ob-havo qanday bo‘ladi?

- ................

- Barakalla ana endi esa sizlar bilan nafas mashqlarini bajarib olamiz. (Bolalar bulutda ilinib turgan qor parchalarini puflash, burundan nafas olib og‘izdan chiqarish). Judayam yaxshi bolajonlar qani endi esa joylarimizga o‘tirib olib sizlar bilan “Lab va til” mashqlarini bajarib olamiz. (Artikulyasion mashqlar: lablarimizni kulgu xolatiga keltirib “Baqacha” mashqini bajaramiz. Endi lablarimizni cho‘chaytirib “Filcha” mashqini bajaramiz. Barakalla endi tillarimizni xarakatga keltirib “Soatcha”, “Surnaycha”, “Xamir yoyish”, “Ot yurish”)

Asosiy qism: (Qushlarning sayrayotgan ovozlari qo‘yiladi)

Tarbiyachi: Voy bolajonlar bu kimning ovozi?

Bolalar: Bu qushlarning ovozi.

Tarbiyachi: Bolajonlar xozir sizlar diqqat bilan qushlarning ovozini tinglab u qushning nomini aytib bera olasizmi?

Bollar: .....

Logped: Qani unday bo‘lsa boshladik. (chittak, qarg‘a, chumchuq, kabutar ovozlari).

Bolalar:........

Tarbiyachi: Barakalla mening dono bolajonlarim. Bugun biz sizlar bilan “Qishlovchi qushlar” xaqida suxbatlashamiz. (Tarbiyachi tomonidan qushlar xaqida barcha ma'lumotlar beriladi. Rasmlar asosida). Bugungi mashg‘ulotimiz aynan qushlar xaqida bo‘ladi. Qani aytingchi qish faslida yurtimizda qushlarning qaysi turlari yashar ekan ?

Bolalar: qarg‘a, chumchuq, kabutar.

Tarbiyachi: Judayam to‘g‘ri. Qushlarning tanasi nima bilan qoplangan?

Bolalar: .........

Tarbiyachi: Qushlarning osmonga ko‘tarishlarida ularning qaysi tana a'zolari tayanch bo‘ladi, kim menga ayta oladi?

Bolalar: .................

Tarbiyachi: Voy unda qushlarning qo‘llari yo‘qmi?

Bolalar: .............

Tarbiyachi: Oyoqlarichi?

Bolalar: ..........

Tarbiyachi: Meni dono bolajonlarim sizlar meni lol qoldirdingiz. Sizlarni savollar bilan charchatib qo‘ydim keling yaxshisi xozir bir oz charchoqlarimizni chiqarish uchun “Qushlar uchmoqda” jismoniy daqiqasini bajarib olamiz:

Qushlar shoxda sayraydi,

Uchib, qo‘nib yayraydi.

Shamol esadi g‘ir-g‘ir,

Yaproqlar shildir-shildir.



Charchoqlaringiz chiqgan bo‘lsa sizlarning chaqqonligingizni sinash uchun “To‘rtinchisi ortiqcha” ta'limiy o‘yinini o‘ynaymiz. Bu o‘yin shartlarini yana bir bor eslatib o‘taman. Sizga taqdim etayotgan rasmlarim orasida bitta rasm mavzudan tashqari bo‘ladi va siz shu rasmni topib unga izohberishingiz lozim bo‘ladi.



Bu shartni siz a'lo darajada bajardingiz barakalla!



Bolajonlar sizlarga meni yana bir taklifim bor. Kelinglar mana bu suratdagi chittak qushini o‘z qo‘limiz bilan yasab ko‘raylikchi eplay olarmikinmiz?

(Bolalar bilan qirqib-yelimlash orqali chittak qushi yasaladi)



Ofarin barakalla! Chittaklarimiz tayyor bo‘ldi. Tayyor qushchalarimizni daraxt shoxlariga o‘tkazib qo‘yamiz.

Endi esa ularning qorinlarini to‘ydiramiz. uning uchun biz xozir sizlarning oldingizda turgan qizil donachalarni ipdan o‘tkazib mitti chittaklar uchun maymunjon yasab beramiz. (Qo‘l matorikasini rivojlantiruvchi mashq) Yuringlar bolajonlar tayyor bo‘lgan maymunjonlarimizni qushlarimizga beraylik. Maymunjonlarni daraxt shoxlariga ilib chiqamiz va qushlar o‘zlari oziqlanadilar.



Yakuniy qism:

Tarbiyachi: Bolajonlar bugun siz bilan nimalar haqida suxbat qurdik?

Bolalar: ...........

Tarbiyachi: Qish faslida qanday qushlar o‘lkamizda yashar ekan?

Bolalar: ..........

Tarbiyachi: Ular nimalar bilan oziqlanishar ekan?

Bolalar: ..........

Tarbiyachi: Bolajonlar bugun olgan bilimlaringizni sinab ko‘rish maqsadida sizlar bilan “Soyasini top” ta'limiy o‘yinini o‘ynab ko‘ramiz. (Kartochkada tasvirlangan qushlarning o‘z soyasini topib birlashtiib berish so‘raladi). Bugungi mashg‘ulotda faol ishtirokingiz uchun sizlarga sovg‘alarimiz bor. Marxamat! (rag‘batlantirish ishlari olib boriladi)



3-topshiriq

Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing

1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari nechta?

a) 3

*b) 4


c) 5

d) 5


2. Ilk qadam Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturida nechta kompetensiyaviy soha mavjud?

a) 4


b) 3

*c) 5


d) 6

3. Bolaning rivojlanish kompetensiyaviy sohalari?

*a) jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanitirish, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari, bilish jarayonining rivojlanishi, ijodiy yondashuv

b) ijtimoiy-xissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari, bilish jarayonining rivojlanishi, ijodiy yondashuv

c) jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanitirish, ijtimoiy-xissiy rivojlanish

d) jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanitirish, ijtimoiy-xissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari, bilish jarayonining rivojlanish

4. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari nechanchi kompetensiyaviy soha?

a) 2


b) 1

*c) 3


d) 4

5. Maktabgacha ta’lim muassasasi o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni qaysi o‘quv yillari bo‘yicha tashkil qiladi?

*a) o‘quv yil 2 sentyabrdan boshlanadi va 31 maygacha davom etadi.1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi

b) o‘quv yil 5 sentyabrdan boshlanadi va 25 maygacha davom etadi.1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi

c) o‘quv yil 25 avgustdan boshlanadi va 25 maygacha davom etadi.1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi

d) o‘quv yil 10 avgustdan boshlanadi va 25 maygacha davom etadi.1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi

6. Kuzatilayotgan voqea va hodisalarni tushuntiradi qaysi kompetensiyaviy sohaga kiradi?

a) jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanitirish

*b) nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari

c) ijtimoiy-xissiy rivojlanish

d) bilish jarayonining rivojlanish

7. Ilk qadam Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi necha tamoyildan iborat?

a) 10

b) 5


c) 6

*d) 9


8. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanishining nechta kichik sohasi bor?

*a) 4


b) 3

c) 2


d) 5

9. Ijtimoiy – xissiy rivojlanish sohasi nechta kichik sohalarga bo‘linadi?

*a) 3

b) 4


c) 2

d) 5


10. Ilk qadam Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi qaysi ta’lim muassasalarida qo‘llaniladi?

*a) davlat MTM, Nodavlat MTM, Maktabgacha ta’lim guruhlari mavjud bo‘lgan mehribonlik uylari

b) maktabgacha va boshlangich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari

c) davlat MTM, Nodavlat MTM, Maktabgacha ta’lim guruhlari mavjud bo‘lgan mehribonlik uylari,boshlang`ich ta`lim



d) davlat MTM, Nodavlat MTM

TEST KALITI

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

b

c

a

c

a

b

d

a

a

a

Download 482.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling