2. Tut ipak qurti tuxumining tashqi ko’rinishi va tuzilishi


Tut ipak qurti tuxumining tashqi ko’rinishi va tuzilishi


Download 1.05 Mb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1502218
1   2   3
Bog'liq
Tut ipak qurti zotlari va ularning seleksion tasnif

Tut ipak qurti tuxumining tashqi ko’rinishi va tuzilishi


Tut ipak qurtining tuxumi kapalaklarning tuxum qo’yish vaqtida odatdagi tuxum shaklida bo’lib, uning ham uchi va poynagi bo’ladi. Ammo oradan bir qancha vaqt o’tgandan keyin hayot faoliyati natijasida tuxumning avval bir uchi, keyinroq esa ikkinchi uchi ham bir oz puchayib qoladi. Tuxumlarniig katta-kichik bo’lishi tut ipak qurtining zotiga va uni qurtlik bosqichida boqish sharoitiga bog’liq. Masalan, yirik pillali monovoltin zot ipak qurtining tuxumlari polivoltin zotlarnikiga qaraganda anchagina katta bo’ladi. Ipak qurtlari yaxshi boqilmasa, tuxumlarning vazni anchagina kamayib ketadi. Tuxumning bo’yi, o’rta hisobda, taxminan, 1, 5 mm, vazni esa 0, 67 mg ga yaqin bo’ladi. Tuxumlar endigina qo’yilgan vaqtda ularning vazni juda og’ir bo’ladi. Saqlanib turgan sari tuxumlarning vazni kamayib boradi. Bahorgi urug’ ochirish davrida tuxumlarning vazni, ayniqsa, kamayib ketadi, chunki bu vaqtda embrion tezlik bilan rivojlanadi. Inkubatsiya davrining oxiriga kelib, tuxumlarning vazni o’rta hisobda 18% kamayadi.
Yangi qo’yilgan tuxumning rangi och sariq. yoki somon rang-sariq, bo’ladi. Urug’langan tuxumlar 22-25°C haroratda dastlabki 2-3 sutka mobaynida och sariq. rangdan pushti rang qizg’ish, qo’ng’ir va bo’z kul rang tusga kirib, asta-sekin qoraya boshlaydi. Qishlovchi tuxumning haqiqiy rangi bo’z kul rang bo’ladi, Bivoltin zotning o’z-o’zidan jonlanadigan urug’larining rangi butun inkubatsiya davrida och sariqligicha qolaveradi. Ammo tuxumdan qurt chiqishidan 2-3 kun oldin o’z-o’zidan jonlanadigan urug’larda qora nuqta paydo bo’ladi. Bu -qurtning qorayib ko’rinib turgan boshchasidir. Qurt chiqishidan bir kun oldin hamma urug’ning tusi kul rang bo’lib qoladi, chunki qurt ochib chiqishdan oldin embrionning xitin qoplami qorayibketadi.
Har qanday zotning urug’lanmagan tuxumlarining tusixamma vaqt somon rang - sariq bo’ladi. Tuxum qo’yilgandan keyin bir necha kun o’tgach, u qurib va yassilanib, kulchadek bo’lib qoladi.

urug’ining tashqi ko’rinishi monovoltin zot.(bir urug’i polivoltin zotlar.(ikkidan ortiq
avlod beradigan.) avlod beradigan)
Urug’langan, ammo qo’yilgandan keyingi dastlabki uch kun ichida nobud bo’lgan urug’lar ham qurib va yassi plastinkalarga o’xshab qoladi, biroq ular pushti, to’q sariq, qo’ng’ir rangda bo’ladi.
Qurt tuxumdan chiqqandan keyin tuxum qobig’i oq rangli, faqat Yevropa va
Xitoy guruhiga kiruvchi zotlar tuxumining qobig’i sarg’ish yoki ko’kish tovlanadigan rangda bo’ladi.
Tuxum qobig’ining qalin-yupqaligi ham ipak qurtining zotiga bog’liq: yirik pillali monovoltin zotlar tuxumining qobig’i mayda pillali zotlarnikidan 2, 5-3 marta qalin bo’ladi. O’rta hisobda u 4-5 mikronga teng.
Tuxum qobig’ining sirtida bir-birining orasi oqishroq yo’llar bilan bo’lingan alohida uchburchaklar ko’rinishidagi chiziqlar bor, shuning uchun qurt urug’i lupa orqali qaralganda xoldor bo’lib ko’rinadi. Tuxumning uchidan bir oz yon tomonroqda mikropilyar teshik bor, spermatozoid ana shu teshik orqali tuxum ichiga kiradi.
Mikropilyar teshikning og’zi gulning tojbarglariga o’xshash rasmlar bilan o’ralgan. Urug’lardagi naqshlar ovariollar follikulyar epiteliysining, mikropillyar teshik atrofidagi naqshlar esa oziqlantiruvchi hujayralarning izi bo’lsa kerak deb taxmin qilinadi.

108-rasm. Tut ipak qurti tuxumining tuzilishi:
1.- tuxumning keng tomondanko’rinishi; 2 - qirrali tomonidan ko’rinishi; 3 - qishlovchi tuxumning qirrali tomondan ko’rinishi; 4 -mikropile va rozetka; 5- urug’ (tuxum po’chog’i)ning kundalang kesigidagi havo yo’llari (teshiklari) va 6-mikropilyar naychalar; 7-urug’po’chog’ining qirrali tomoni va keng tomoni sirtidagi izlarining shakli.
Mikropilyar teshik tuxum po’chog’i ichida kichikroq bo’shliq shaklida kengayadi, bu bo’shliqdan tuxum ichiga 3-4 ta mikropilyar naycha ketadi. Mikropilyar apparatning tuzilishi ingichka va uzun spermatozoidning tuxum ichiga kirib borishiga imkon beradi, ammo bakteriyalar tushishiga to’sqinlik qiladi. Tuxum qobig’ining hamma joyida havo kiradigan ingichka naychalar bor, ana shu naychalar orqali urug’ nafas oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Turkistanskie” vedomosti jurnali 1871y.№ 47,48 son


  2. Download 1.05 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling