2-variant Arxiv hujjatlarini nashrga tayyorlash
Nashr mavzusi manba va adabiyotlarni o‘rganish -
Download 77.5 Kb.
|
2 variant
4.Nashr mavzusi manba va adabiyotlarni o‘rganish - Nashriyot bosma mahsulotlari chiqaradigan korxona, muassasa sifatida Yevropada 16-asrda paydo boʻldi. Bosmaxonalarning yiriklashishi, ayrim kitoblar nashri ustida uzoq, muddat ishlash, ishlab chiqarishni texnika va mablagʻ bilan taʼminlash, kitob savdosini tashkil etish zaruriyati maxsus kasb egalari — matbaachi-noshirlar paydo boʻlishini taqozo qildi. 19-asrga qadar nashriyotlar kitobchilik ishining barcha jarayonlari (tahririy ish, bosmaxona, reklama tarqatish va b.)ni oʻz ichiga olgan. 19-asr oʻrtalarida poligrafiya sanoati oʻsib, yangi, kuchli texnika bazasining vujudga kelishi bilan noshirlik ishida nashriyot va poligrafiya korxonalarining ixtisoslashish jarayoni boshlandi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida nashriyotlar yalpisiga aksiyadorlik jamiyatlari kabi tashkilotlarga aylandi, keyinroq kitob va gazeta-jurnal nashriyotlari trestlari vujudga keldi. Rossiyada ham noshirlik ishi bilan shugʻullanadigan bir qancha firmalar boʻlgan.b19-asrning 2-yarmida Rossiyaning chekka oʻlkalarida, jumladan, Turkistonda ham noshirlik ishi yuzaga kela boshladi. Turkistonda kitob nashr etish bilan dastlab podsho Rossiyasi statistika qoʻmitalari shugʻullandi. Bu qoʻmitalar Turkiston oʻlkasiga oid turli maʼlumotlarni, keyinchalik turkistonshunos rus olimlarining ilmiy ishlarini nashr qildirgan. 1868-yildan 1910-yilgacha Turkistonda nashr etilgan kitoblarning asosiy qismini ruscha kitoblar tashkil etgan. Turkistonda kitoblar nashr etishda Toshkentdagi O.A. Porsev, V. M.Ilin, Samarqanddagi G.I. Demurov bosmaxonalari mashhur boʻlgan. 1910—17 yillarda oʻzbekcha nashr qilingan kitoblarning koʻplari shu bosmaxonalardan chiqqan. 1874-yil Xivada Muhammad Rahimxon II (Feruz) tomonidan tashkil etilgan bosmaxona to 1910-yilga qadar kitob nashr etgan. Oʻlka aholisi oʻrtasida nodir qoʻlyozma asarlarni koʻplab nusxalarda nashr etib tarqatishda, ayniqsa, Toshkentda "Gʻulomiya", Namanganda "Is'hoqiya" nomi bilan maʼlum boʻlgan bosmaxonalar muhim rol oʻynagan. "Gʻulomiya"ning tashkilotchisi Gʻulom Hasan Orifjonov oʻz faoliyatining dastlabki yillarida oʻrtaosiyolik buyuk mutafakkirlarning mashhur asarlarini nashr etishga eʼti-bor bergan. "Isʼhoqiya" bosmaxonasida uning tashkilotchisi maʼrifatparvar va rus tilining ilk targʻibotchilaridan Isʼhoqxon toʻra Junaydullo Eshonov koʻpgina asarlarni nashr etgan. 20-asrning 10-yillarida Turkistonda kitob nashr ettirish va omma oʻrtasida tarqatish ishlari bilan shugʻullanuvchi shirkatlar, birlashmalar, firmalar paydo boʻldi. "Russkaya okraina", "Turkestanskoye tovarishestvo pechatnogo dela", "Madaniyat", "Maktab", "Turkiston kutubxonasi" noshirlik ishi shirkatlari shular jumlasidandir. Bu shirkatlarga mahalliy aholining badavlat va maʼrifatparvar kishilari, jadidlar, shuningdek, ilgʻor kayfiyatdagi rus kishilari, tatar ziyolilari uyushgan edi. Oktabr toʻntarishidan soʻng, bosmaxonalar musodara qilinib, davlat ixtiyoriga oʻtkazildi. 1918-yil Turkiston MIK huzurida Milliy ishlar xalq komissariyatida va Matbuot byurosida nashriyot boʻlimlari tuzilib, mahalliy tilda siyosiy adabiyotlar nashr etila boshladi. Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligining nashriyot boʻlimi darsliklar chiqarishga harakat qildi. Shu davrda boshqa turli idoralar ham oz miqdorda bosma mahsulotlar chiqarardi. [[Kitoblar Turkiston matbuot mar-kaziy boshqarmasi ("Turksentropechat") tomonidan bepul tarqatilardi. 1920-yil martda Turkiston MIK Turkiston davlat nashriyoti (Turkdavnashr) taʼsis etish haqida qaror qabul qildi. Bu Oʻrta Osiyodagi ilk kitob nashriyoti boʻlib, unga oʻlkadagi barcha nashr ishlarini birlashtirish, qogʻoz taqsimoti va bosmaxona jihozlarini nazorat etib, rahbarlik qilish vazifalari yuklandi. Fuqarolar urushi tamom boʻlib, harbiy intervensiya tugatilgandan keyin barcha nashr ishlari yangi iqtisodiy siyosatga muvofiq qay-ta qurildi. XKS ning 1921-yil 28 noyabrdagi qarori bilan nashrlar pulli boʻlib, kitob savdosi joriy qilindi. Nashriyot va poligrafiya korxonalari xoʻjalik hisobiga oʻtdi. 1923-yilda Turkdavnashr Oʻrta Osiyo nashriyoti deb atala boshladi. Bu nashriyot 1921-yildan 1924-yilgacha 1184 nomda 3 mln.dan ortiq nusxada kitob nashr etdi. Turkistonda nashriyot ishini yoʻlga qoʻyishda I. I. Geyer, Gʻulom Hasan Orifjonov, Isʼhoqjon Ibrat, Abdurahmon Sayyoh So-diqov, Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov va b. salmoqli hissa qoʻshdilar. Oʻrta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishidan soʻng (1925) Oʻrta Osiyo davlat nashriyoti negizida Oʻzbekiston davlat nashriyoti — Oʻzdavnashr (hozirgi "Oʻzbekistan" nashriyoti) tashkil topdi. 1925-yil Oʻzbekistonda 334 nomda 1,5 mln.dan ortiq tirajda kitob nashr etildi. 30-yillar nashriyot ishida keskin burilish davri boʻldi. Nashriyotlar mahsulotlarining gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishda partiyaviylik hukmronligi mustahkamlandi. Marksizm-leninizm asarlarini oʻzbek tilida chiqarish maqsadida Oʻzbekiston K.P MK huzurida Partiya nashriyoti (Oʻzpartnashr) tashkil etildi. 30-yillarning 2-yarmida tegishli xalq komissarlari va tashkilotlarining ixtisoslashgan tarmoq nashriyotlari barpo etildi.
Download 77.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling