2 variant Fishinglar haqida ma’lumot bering


Download 17.05 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi17.05 Kb.
#1479291
Bog'liq
axborot xavfsizligi 2 on


2 – variant

  1. Fishinglar haqida ma’lumot bering

  2. Petman stenografik tizim haqida ma’lumot bering

  3. Elektron raqamli imzo nima

1. Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning bank kartalaridagi pul mablag‘larini yechib olish holatlari kuzatilmoqda.
Bugungi kunda firibgarlikning turlari ko‘paygan bo‘lib, shulardan biri fishing va vishing usullaridir.

Fishing usulida internet orqali foydalanuvchining maxfiy ma'lumotlari (bank kartasi, shaxsiy hisob raqamining login va parollari)ni olishga harakat qilinadi.


Fishing tuzog‘iga tushishga nima sabab bo‘ladi:


elektron pochtaga, ijtimoiy tarmoq sahifasiga, messenjerlarga kelgan noma'lum xabarlarni ochish;
— xavfsiz bo‘lmagan sahifalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish;
— saytning manzil satrini tekshirmaslik;
— antiviruslardan foydalanmaslik;
— barcha to‘lovlar uchun bitta bank kartasidan foydalanish.

Vishing usulida esa firibgar telefon orqali o‘zini bank xodimi, click tizimi vakili yoki boshqa kasb egasi sifatida tanishtiradi. Turli yolg‘onlarni ishlatib karta egasidan sirli ma'lumotlarni olishga, shuningdek, karta hisob raqamiga bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishga urinadi.


Unutmang, bank xodimi bank kartangiz raqamini va telefoningizga kelgan SMS kodni so‘ramaydi.


Fuqarolardan bunday nayranglarga ishonib qolmasliklarini va virtual firibgarlardan ogoh boʻlishlarini soʻrab qolamiz!


2. Stenografiya (yun. stenos — tor, siqiq, qisqa va ... grafin) — qisqartirilgan tezkor yozish usuli va shunday yozuv; alohida qisqa belgilarning mavjudligi, soʻz unsur (qism)larini qisqartirish yoki yozmay tashlab ketish, soʻzlar va soʻz birikmalarini qoʻshib yozish S.ning asosiy belgilaridir. S. ogʻzaki nutqni sinxron (nutq jarayonida) yozib olish hamda yozuv texnikasini takomillashtirishga imkon beradi. Stenografik yozuv tezlik boʻyicha oddiy yozuvdan 4—7 marta ustunrokdir. S. juda qad. zamonlardan maʼlum boʻlgan (Yunonistonda mil. av. 350 yilga mansub S. belgilari yozilgan marmar taxtacha topil gan). Qad. Rimda mil. av. 1-asr da Sitseronning quli Tiron rimcha S. tizimini kashf etgan va Tiron, notalari deb ataladigan bu tizim 11-asr gacha qoʻllanib kelgan.

"S." termini 1602-yilda Angliyada stenograf J. Uillis tomonidan qoʻllangan. S. belgilari dunyo tillari uchun umumiydir. Faqat har bir tilning oʻziga xos xususiyati va undagi har bir fonemaning oz yoki koʻp uchrashiga qarab belgi tanlanadi. Hozirgi S.da geometral va qiya yozuv (kursiv) tizimlari farqlanadi. Ularning har ikkalasi ham Angliyada: geometral S. J. Uillis (1602) tomonidan, qiya yozuv S.si esa S. Bordli (1789) tomonidan yaratilgan. Geometral S. belgilari har xil geometrik shakllarning boʻlaklaridan iborat boʻlib, amalda yozish uchun noqulay deb topilgan. Qiya yozuv S.sidagi belgilar oddiy yozuv belgilarining ayrim unsurlaridan iborat boʻlib, asosiy xat chizik, ustida yoziladi va xat tekisligi yaxshi sakdanadi. Shu sababdan qiya yozuv tizimi geometral tizimdan afzalroq hisoblanadi. Qisqartirish usuliga koʻra, S. tizimlarining 2 turi: morfologik yoki imloviy (oddiy yozuv imlosiga amal qilgan holda soʻzlarni boshlanma harfigacha qisqartiriladi) va fonetik (qisqartirish maqsadida yaxshi eshitilmaydigan tovushlar yozuvda tushirib qoldiriladi) turlari farqdanadi. Geometral tizimlar qisqa soʻzlar nisbatan koʻproq boʻlgan gillar (mas, ingliz, fransuz, ispan tillari) uchun, qiya yozuv tizimlari esa uzunroq soʻzlar koʻproq boʻlgan tillar (mas, slavyan, skandinav va nemis tillari) uchun qoʻllanadi.


3. Elektron raqamli imzo — Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun)Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qogʻoz hujjatga shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron maʼlumotlarni kriptografik oʻzgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo maʼlumotlar blokiga qoʻshib qoʻyiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va maʼlumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yoʻli bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qoʻyganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatga olish markazlari tomonidan beriladi.
Download 17.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling