2. «Xalqlar psixologiyasi» ga Vundtning maxsus yondashuvi. Omma va olomon psixologiyasi


ko’rsatishga harakat qilgan: masalan, ko’rash instinkti - qo’rquv


Download 24.68 Kb.
bet2/2
Sana11.03.2023
Hajmi24.68 Kb.
#1258681
1   2
Bog'liq
6-mavzu Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy-psixologik nazariyalar. (1)

ko’rsatishga harakat qilgan: masalan, ko’rash instinkti - qo’rquv, gazab hissi, nasl qoldirish instinkti - rashk, ayollardagi tobelik hissi, o’zlashtirish instinkti - xususiylikka intilish hissi va xoka’zo. Ijtimoiy xodisalarning tushuntirishda tugma instinktlar rolining yo’qori kuyganligi uchun bu nazariya ilmiy taraqqiyot bosqichida salbiy o’rin tutdi, deb aytishimiz mumkin. Lekin uning ayrim xodisalar sabablarini tushunishtirishga harakat qilishi fan oldiga ulkan vazifalarni kuydi. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida ana shu muammolarni tadkik qilishi lozim edi.
Demak, yo’qorida tuxtab utilgan uchala nazariyaning ahamiyati shundan iborat ediki, ular yangi tugilishi lozim bo’lgan, lekin ilmiy asosi bo’lgan fan - Ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot mavzuini ochib berdi. Qolaversa, bu uchala yo’nalish ham nazariy qarashlarni isbot qilishda ob’ektiv tekshiruv usuli hisoblangan eksperimentdan foydalanish zaruriyatini kursatdi. Bu narsa yana bir bor maxsus fanning kelajak rejalarini aniqlashga yerdam berdi.
Ijtimoiy psixologiyaning eksperimental fan sifatida rivojlanishi. XX asr shu bilan harakterli ediki, u turli fanlar oldiga konkrekt topshiriqlar kuya boshladi. Bundan tashkari, juda ko’p fanlarda ob’ektiv eksperimentlar usul Yo’li bilan ilmiy faktlar tuplash Yo’lga qo’yildi. Psixologiya fani ham bundan istisno emas edi. Sof psixologlar individ psixologiyasini eksperimental o’rganar ekanlar, ularning boshqa individlar tasirida bo’lishi faktini inkor qila olmas edilar. Ikkinchidan esa, Amerikada ko’pgina psixologlar o’z tadqiqot obektlarini laboratoriyalarda ayrim psixik jarayonlarni o’rganishdan kichik guruhlarga kuchira boshladilar. Bu davrda psixologiyada shakllanib bo’lgan uch asosiy okim (psixoanaliz, bixeviorizm va geshtalt psixologiya) ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlar doirasida o’rganish tendensiyasi paydo bo’ldi. XX asr psixologiya fani tarixida shu bilan ajralib turadiki, olimlar nazariy izlanishlarga etibor berishmas, hattoki, katta guruhlar, ommaviy xodisalar psixologiyasi ham nazardan ancha chetda qolgan edi. Asosiy diqqat kichik guruhlarga va ularda turlicha eksperimentlar o’tkazishga qaratilgan edi. Bunday holatning paydo bo’lganligi Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishida nixoyatda katta rol uynadi. Geshtayolt psixologiya yo’nalishi negizida maxsus ijtimoiy psixologik yo’nalishlarning - interaksionizm va kognitivizmning paydo bo’lganligi esa bu fanning eksperimental ekanligi yana bir bor isbot qildi.
Bixeviorizm yo’nalishlari doirasida o’tkazilgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K. Holl va V. Skennerlar nomi bilan bog’liq. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K. Miller, D. Dollard, Dj. Tibo, G. Kelli va boshqa diada - ikki kishi o’rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko’rinishlarini tadkik qilib, ularda matematik o’yin nazariyasi elementlarini qo’lladilar. Diada sharoitida laboratoriyalarda o’tkazilgan tadqiqotlarda asosan mustaxkamlash goyasini isbot qilishga o’rinildi. Klassik bixeovirizmdan farkli ularok ijtimoiy psixologik bixevioristlar xayvonlar o’rniga laboratoriyaga nakd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning goyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi xayvonlarda to’plangan dalillar modelini insonlarda qo’llash hollari kuzatildi.
Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy psixologik tadqiqotlar E. Fromm va Dj. Salliven ishlari bilan bog’liq, Bixevioristlardan farkli ularok bu yerda eksperimentlar ikki kishi emas, balki ko’pchilik ishtirokida o’tkazila boshladi. Ularning izdoshlari (V. Bayon, V. Bennis, G. Sheparde, V. Shuts) o’tkazgan tadqiqotlar tufayli hozirgi kunda ham katta qiziqish bilan o’rganilayotgan T-Guruhlar psixologiyasi yaratildi. Unda guruh sharoitida bir odamning boshqalarga ta’siri, guruhning ayrim individlar fikrlariga ta’siri kabi masalalar ishlab chiqildi va ijtimoiy psixologik treninglar o’tkazishga asos solindi.
Kognitivizm K. Levin nazariyasi asosida paydo bo’lgan psixologik yo’nalish bo’lib, undagi o’rganish ob’ekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo’lgan kognitiv holatlar bo’ldi. Kognitivizm doirasida shunday mukammal, boshqalarga shunday mukammal nazariya yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Masalan, F. Xayderning balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T. Nyo’qomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Fetingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy goya shundan iboratki, shaxs o’ziga o’xshashga shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruhiy mutanosiblik, tenglik bo’lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chiqishiga harakat qiladi. Maqsad-turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning olidini olish Yo’l-yuriklar ishlab chiqishdan iborat. Hozirgi davrda ham Taniqli ijtimo iy psixologlar Olport, Maslou, K. Rodjers va ularning safdoshlari gumanistik psixologiya doirasida bu ishlarni faol davom ettirmoqdalar.
Nixoyat, turtinchi nazariya interaksionizm bo’lib, bu aslida sotsiologik nazariya bo’lib xsoblanadi. Uning asoschisi Gerbart Mid bo’lib, uning qarashlari ta’sirida T. Sarbinning rollar nazariyasi, G. Xaymen va R. Mertonlarning referent guruhlar nazariyasi, F. Goffmanining ijtimoiy dramaturgiya nazariyalari shakllanadi. Ular turli ijtimoiy sharoitlardagi xulq-atvorlarni tushuntirish orqali shaxs ijtimoiy psixologik sifatlarining sabablarini topishga harakat qiladi. Har bir shaxs doimo ijtimoiy o’zaro ta’sir tizimida, mavjud bo’ladiki, unda u to’g’ri harakat qilish uchun o’zgalarni tushunishga harakat qilishi, o’zgalar roilini kabo’l qilishga tayor bo’lishi lozim. Lekin o’zgalar rolini to’g’ri kabo’l qilish uchun unda"umumlashtirilgan o’zga"obrazi bo’lishi lozimki, bu obraz shaxslararo muloqot jarayonida, har bir shaxs uchun ibratli bo’lgan kishilar guruhi bilan muloqotda bo’lish jarayonida shakllanadi. Ya’ni shaxs faolligi tan olinadi, bu esa fan tarixida uta progressiv hol edi.
Yo’qorida aytib utilgan nazariya va okimlar hozirgi kunda ham Ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishiga o’z hissalarini kushib kelmoqdalar. Rus ijimoiy psixologiyasi va sobiq Ittifok tizimida bo’lgan jumxuriyatlardagi ijtimoiy psixologik qarashlar rivojlanishida ham chet el, xususan amerikalik olimlarning ulushlari kattadir.
Download 24.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling