2. «Xalqlar psixologiyasi» ga Vundtning maxsus yondashuvi. Omma va olomon psixologiyasi


Download 24.68 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2023
Hajmi24.68 Kb.
#1258681
  1   2
Bog'liq
6-mavzu Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy-psixologik nazariyalar. (1)


6-MAVZU. IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK NAZARIYALAR.
Reja:
1. “Xalqlar psixologiyasi” uning tarixiy sabablari va vazifalari, Latsarus, Shteyntal tomonidan uni programmasinining shakllanishi.
2. «Xalqlar psixologiyasi» ga Vundtning maxsus yondashuvi.
3. Omma va olomon psixologiyasi.
4. Tard ishlarida ijtimoiy psixologiyaning uch manbasi.
5. “Sotsial xatti-xarakat instinkti” nazariyasi (Mak Daugall).
6. Sotsial psixologiyaning chet eldagi zamonaviy asosiy nazariy kontseptsiyasi.

XIX asrning oxiri XX asr boshlarida fanda uch nazariya paydo bo’ldiki, ular haqli ravishda ijtimoiy psixologiyani mustaqil ilmiy yo’nalish sifatida shakllanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar. Bu uch nazariyani birlashtirib turgan shu narsa ediki, ularning har biri mustaqil tarzda shaxs bilan jamiyat munosabatini ilmiy asoslar bilan tushuntirishni izlanishlarni asosiy psixologiyasi, omma psixologiyasi va ijtimoiy xulq-atvorning instinktlari nazariyalaridir.


Xalqlar psixologiyasi ijtimoiy psixologik nazariya sifatida XIX asrning o’rtalarida Germaniyada shakllandi. Undagi asosiy nazariya fikr shundan iborat ediki, ayrim individlardan yuqori turadigan ruh mavjud bo’lib, bu ruh o’zidan ham yuqori turadigan ilmiy yaxlitlikka bo’ysunadi. Bu iloxiy yaxlitlik xalq yoki millatdir. Ayrim individlar ana shu yaxlitliklarning bo’laklari bo’lib, ular shu ruhga bo’ysunadilar. Ya’ni, shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi qarama-qarshilik muammosi jamiyat foydasiga hal qilinadi. Xalqlar psixologiyasining tarixiy-mafkuraviy asosi bo’lib Gegel falsafasi va nemis romantizm xizmat qilgan, deyish mumkin. Chunki Gegeldagi "individdan yuqori turuvchi ruh" g’oyasi xalqlar psixologiyasi jonkuyarlari tomonidan to’laligicha qabul qilindi.
"Xalqlar psixologiyasi" iborasi birinchi marta faylasuf M. Latsarus (1824-1903) hamda tilshunos G. Shteyntal’ (1833-1893) asarlarida ishlatildi. Ular birgalikda chop etgan "Xalqlar psixologiyasi to’g’risida kirish so’zi" kitobida shunday fikrlarni ilgari so’radilar: "Tarixni yurgizuvchi asosiy kuch - bu xalq yoki shu" Yaxlitlikning ruhi bo’lib, bu ruh san’atda, dinda, tilda, afsonalarda, an’analarda o’z aksini topadi. Individning ongi ushbu Yaxlitlikning maxsuli bo’lib, ularning yig’indisi o’z navbatida xalq ongini tashkil etadi. Xalqlar psixologiyasining vazifasi xalq ruhi moxiyatini o’rganish, xalq ruhiyati qonunlarini ochish, xalq psixologiyasiga oid bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarning paydo bo’lishi va yo’qolishini tushuntirib berishdir". Usha kitobda mualliflar shaxs bilan jamiyat munosabati xususida quyidagi muloxazalarni bayon etadilar: odam o’z moxiyati jixatidan ijtimoiy mavjudot bo’lib, u jamiyat hayoti bilan uzviy bog’liq, chunki u o’ziga o’xshashlarga qarab rivojlanadi, boshqalarga taklid qilib harakat qiladi va ular tadbiqidan kochadi. Xalqlar psixologiyasining asoschilari faqat nazariy muloxazalar yuritish bilan cheklanadilar, chunki ularda o’z fikrlarini isbot qilish uchun tadqiqot ishlari yo’q edi.
"Psixologiyaning otasi"hisoblangan Velgelm Vundt esa xuddi ana shu tad kikotga asoslangan ma’lumotlar tuplashga o’z diqqatini qaratdi. U o’zining "Inson va xayvon ruhi haqida leksiyalar"i (1863-y) va 1900 yilda bosmadan chiqqan un tomli "Xalqlar psixologiyasi" asarlarida asosan o’zi tuplagan empirik ma’lumotlar asosida xalqlar psixologiyasiga bagishlagan fikrlari tizimini bayon etdi. Uning fan oldidagi xizmati shundan iborat ediki, empirik ma’lumotlar tuplash usullari, to’plangan manbalarni sharxlash borasida bebaho bilimlar tupladi. Uning fikricha, psixologiya fani ikki qismdan iborat: fiziologik psixologiya va xalqlar psixologiyasi. Fiziologik psixologiya inson ruhiyatini o’rganuvchi eksperimental fan bo’lib, oliy psixik jarayonlar tafakkur va nutkdan tashkari barcha narsalar eksperiment usulda tadkik etish mumkin. Eksperiment usulda o’rganib bo’lmaydigan barcha oliy ruh holatlarini xalqlar psixologiyasi o’rganadi, chunki undagi o’rganish usullari o’ziga xosdir. U madaniy maxsullar hisoblangan til, afsonalar, odatlar, san’at asarlari, inson tafakkurining murakkab tomonlarini ochib beradi.
To’g’ri, Vundning psixologiya fani oldidagi xizmatlari, uning xalqlar psixologiyasiga oid ma’lumotlari hozirgi kungacha ham o’z kimmatini yo’qotgani yo’q. Lekin, uning yagona kamchiligi shu ediki, uning qarashlari idealistik asosda bo’lgan, yana u individ bilan jamiyat o’rtasidagi murakkab dialektik munosabatini idealistik asosda turib hal qilgan va jamiyatning rolini absolyut tushunib, shaxsning tarixini yaratishdagi, ijtimoiy jarayonlardagi faol o’rnini ko’ra bilmagan. Uning izdoshlari russiyalik A. Potebni, nemis olimi T. Geyger va boshqalar ham u Yo’l kuygan mafko’raviy kamchilikning oldini ola olmadilar, lekin ular bir fikrda yakdil edilarki, xalqlar psixologiyasi individual psixologiyasidan fark qiladi, shuning uchun ham maxsus fan kerakki, u o’ziga xos usullar yerdamida shaxs va jamiyat munosabatlari qonunlarini ochib berishi lozim. Xuddi ana shu xulosalar Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga ilmiy asos bo’ldi.
O m m a p s i x o l o g i ya s i paydo bo’lishiga tarixiy asos ishchilar sinfining paydo bo’lishi va yevropada ishchilar harakatining ommaviy tus olishi bo’ldi. Ya’ni, XIX asrning ikkinchi yarmida ishchilar harakati shunday keng tus oldiki, tartibsiz harakatlar darajasiga ko’tarildi. Shuning uchun ham shu harakatlarning qonunlarini bilish, ularni boshqarish usullarni uylab topish zarur edi.
Ommaviy xodisalarni o’rganish natijasida 1890 yilda Gabriel Tardning "Taklid qilish qonunlari" deb atalgan birinchi kitobi chikdi. Tard Fransiyada ro’y berayotgan ommaviy xodisalarni shu xodisalarda ishtirok etayotganlarning xulq-atvorlarini taklid qilish orqali tushuntiradi. Bu harakatlar irratsional (ya’ni aqlning ishtirokisiz) tabiatga ega bo’lib, har bir individ ommaga qo’shilgan zaxoti unga taklid qilishga tayorlik instinkti ustun bo’lib qoladi. Italiyalik xukushunos S. Sigeli va fransuz olimi G. Lebon ham Tard ishlarini ma’qo’llab uning nazariyasini faktik materiallar bilan boyitdilar.
1895 yilda bosilib chiqqan Sigelining "Omma psixologiyasi" kitoblarida asosiy goya shundan iborat ediki, ommaviy harakatlarda shaxsning o’z xulq-atvorlarini ongli va aql bilan boshqarish qobiliyati yo’qoladi. Bunday hollarda hissietlar ustun keladi, ayniqsa, affekt holatlari shuning uchun ham affekt holatiga ro’y berayotgan jinoyatga aybni yumshatuvchi holat sabab bo’lgan, deb qarash odatli bo’ladi. Bu qarashlari tufayli Sigeli Italiyaning qonuniga maxsus modda kiritishga ham erishdi.
Sotsiolog Lebon esa asosan o’z diqqatini ommani elitaga - jamiyatdan yo’qori turuvchi tanlangan guruhlarga karshi kuyishga qaratadi. U ommaning ayrim hollarida, ayniqsa biror xodisa ro’y berganda "qiziqkonlik" xususiyati ustun turishi haqida yozadi. Uning fikricha, bir qancha odamlarning bu yerda to’planishi ommani hosil qiladi va bu odamlar kim bo’lishidan kat’i nazar - olimmi yoki oddiy insonmi, shu zaxotiek kuzatuvchanlik va ziyraklikni yo’qotadi. Chunki bu holatda ular holatini instinktlar va hissietlar boshqaradi. Lebon shaxsning omma holatidagi belgilariga tuxtalib quyidagilarni ajratadi:
1. Shaxsiy sifatlarning yo’qolishi. Boshqa odamlar ta’sirida individ o’ziga xos sifatlarni yo’qotish, buning o’rniga inpulsiv instinktiv harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
2. Hissietlarga uta beriluvchanlik. Ommada aql, tafakkur, hissiet, instinktlarga o’z o’rnini bo’shatadi. Shuning uchun ham ommaning ta’sirchanligi uta oshib ketadi.
3. aqliy sifatlarning yo’qolishi. Ommaning "akli" uni tashqil etuvchilar aqlidan ancha past bo’ladi. Shuning uchun ham ommaning tazyikiga uchramaslik uchun har bir kishi aqlan muloxaza yuritishdan bosh tortishi, munozaradan kochishi lozim.
4. Shaxsiy mas’uliyatning yo’qolishi. Ommaga qo’shilib qolgan shaxs shunchalik hissietlarga berilib ketishi mumkinki, u o’z harakatlarini na’zorat qilish, o’z ishiga mas’uliyatni esidan chiqaradi. Yakka holda sodir qila olmaydigan ishini, u ommaga qo’shilib qilib kuyishi mumkin.
Yo’qorida sanab utilgan ommaning belgilari Ernesto Grassi tomonidan nemis ensiklopediyasiga ham kiritilgan.
Shunday qilib, omma tartibsiz, u mustaqil ravishda tartib urnatish qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun ham unga doimo "doxiy" kerak, doxiylar - elita tashkaridan kelib omma o’rtasida tartib urnatishi mumkin. Bu fikrlarning mafko’raviy ma’nosi tushunarli, chunki omma deganda, ular ishchilar sinfini, doxiylar deganda esa, burjuaziyani nazarda tutishgan. Demak, shaxs va jamiyat ziddiyatlari masalasi omma psixologiyasi tarafdorlari nazariyasi ayrim shaxslar -doxiylar foydasiga hal qilindi. Lekin bu nazariya, nima uchun ommaviy xodisalarda ommaning o’zidan chiqib qoladigan liderlar, ommaning ba’zan tashkaridan xech kimni tan olmay qolishi masalalariga umuman javob topa olmadi, chunki ularning ham fikrlarida ko’prok idealizmga moyillik sezilib turardi.
Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi XX asrning boshida Angliyada shakllandi. Uning asoschisi ingliz psixologi Uilyam Magdugall bo’lib, u o’zining 1908 yilda yozgan "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" kitobidagi inson xulq-atvorining motivi yoki uni harakatga keltiruvchi kuch instinklardir deb yozgan. Keyinchalik u instinkt tushunchasi bilan birga laekat, intilish iboralarini ham ishlata boshladi. Uning fikricha, xulq-atvorni taminlovchi narsa tugma, psixofiziologik tayorgarlik holati bo’lib, u nasldan-naslga uzatiladi. Magdugall barcha harakatlarni refleksiv holda tushuntirishga intilib, refleksiv yeyga xos bo’lgan barcha qismlar ya’ni efferent kabo’l qiluvchi, retseptiv bo’lim, efferent (harakat) va markaziy bo’limdan iborat tizim sifatida tasavvur qiladi. Barcha ijtimoiy harakatlar ham ana shunday refleksiv tabiatga egadir, deb uktiradi u.
Shunga o’xshash fikrlar E. Ross ("Ijtimoiy psixologiya") va Dj. Bolduin ("Ijtimoiy psixologiya bo’yicha tadqiqotlar") qarashlarida ham rivojlangan. Masalan, Bolduin ikki turli irsiyat haqida - tabiiy va ijtimoiy irsiyat haqida yozib, ijtimoiy irsiyat odamlardagi taklid qilish qobiliyati bilan bog’liq, deb yozadi. Jamiyatda yashayotgan odamlar bir birlariga ta’sirlarini o’tkazishga moyildirlarki bu narsa ular o’rtasidagi munosabatlarini boshqarib turadi.
Shunday qilib, bu yo’nalish tarafdorlarining fikricha, barcha ongli harakatlarning boshi- ongsizlikdir, ya’ni instinklar bo’lib, ular asosan hissietlarda namoyon bo’ladi. Hissiet bilan instinklar bog’liqligini Magdugal juftliklarda 
Download 24.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling