2. Xatoliklari aniqlash usullari
Yuqotishlar qarshiligi. Yuqotishlar qarshiligi quyidagicha aniqlanadi
Download 171.93 Kb.
|
Simsiz tarmoqlar 1-Mustaqil ish Fayzullayev B
Yuqotishlar qarshiligi. Yuqotishlar qarshiligi quyidagicha aniqlanadi:Rp = Rn + Ri + Rer , bu erda Rq – simlarning qizishiga yo‘qotishlar qarshiligi; Ri – antennaning izolyatorlaridagi yo‘qotishlar qarshiligi; Rer – er va erga ulash tizimlaridagi yo‘qotishlar qarshiligi. Antennaning samarali maydoni. Antennaning samarali maydoni antenna radiochastotalar energiyasini “ajratadigan” frontning o‘sha qismini xarakterlaydi. Antennaning samarali maydoni tushunchasi bir vibratorli, ko‘p vibratorli va boshqa murakkab qabullash antennalari uchun qo‘llaniladi. Miqdoran u antenna bilan moslashtirilgan qabulagichning kirishiga aniennadan keladigan quvvatni Rmos quvvatini qabul qilish nuqtasidagi radioto‘lqinning quvvati oqimi zichligiga nisbati sifatida aniqlanadi:Ae = Rmosl / S. Taqsimlangan sirtli ko‘p vibratorli, parabolasimon, linzali va boshqa antennalar uchun Ae qiymat ularning SA geometrik maydoni bilan quyidagicha bog‘langan: Ae = KASA, bu erda KA – tok amplitudasi va fazasi antennaning sirtida taqsimlanishi xarakteriga va antennaning tayyorlanishi aniqligiga bog‘liq bo‘lgan maydondan foydalanish koeffitsienti. Yo‘naltirilgan antennalarning katta qismi uchun KA ~ 0,8, lekin ,5 dan 0,9 gacha o‘zgarishi mumkin. Antennaning samarali maydon va yo‘naltirilgan ish koeffitsienti orasida quyidagi bog‘lanish mavjud: Ae = l2D / 4p . Antennaning ekvivalent sxemasi. Antennaning ekvivalent sxemasi 3.3-rasmdagi ko‘rinishga ega. Bu erda qabullash antennasi yuklamaga nisbatan (Epr.) EYUK hosil qiladigan va bu antenna uzatish rejimida ishlagandagi kirish qariligiga teng bo‘lgan ichki qarshilikka ega bo‘lgan generator sifatida qaraladi. Ma’lumki, generator, agar yuklama qarshiligi va generatorning ichki qarshiligi kompleks uyg‘unlashtirilgan hisoblansa yuklamagan maksimal quvvatniberadi3.3-rasm. Antennaning ekvivalent sxemasi Bu holda yuklamga maksimal quvvatni uzatilishi sharti Zkirish = Zyuklama ko‘rinishga ega bo‘ladi, ya’ni antennaning kirish qarshiligi va yuklmaning qarshiligi (fiderning to‘lqin qarshiligi) teng bo‘lishi kerak. Antennaning shovqin harorati. YUqori sezgirlikli qabullagichlarga ulangan o‘ta yo‘naltirilgan qabullash antennalari uchun ko‘pincha antennaning TASH shovqin haroratini bilish zarur bo‘ladi. U qabullgichning kirishiga ulanganida unda antennaning o‘zidagi kabi o‘sha quvvatni ajratadigan antennaning kirish qarshiligiga teng bo‘lgan qarshilikli rezistorning harorati sifatida aniqlanadi. O‘z issiqlik shovqinlariga bog‘liq bo‘lgan antennaning shovqinlar quvvati unchalik yuqori emas. Antennaning shovqinlari asosan qabullagichning kirishiga keladigan kosmik manbalardan radionurlanishlar, shuningdek er atmosferasi va antenna yaqinida joylashgan predmetlardan issiqlik nurlanishlari orqali aniqlanadi:RASH = KTASH D f , bu erda K = 1,38 10-23 Vt s/grad; D f – qabullash trakti chiziqli qismining o‘tkazish polosasi, Gs. Tikkaga yo‘naltirilgan o‘tkir yo‘naltirilgan antenna uchun TASH 100 0Kga va hatto undan kichikka etishi mumkin, shu bilan bir vaqtda er sirtiga yo‘naltirilganda TASH ≥3000K bo‘ladi. RRLda ishlatiladigan antennalar. RRL uchun antenna turini tanlash asosan ishchi to‘lqinlar diapazoni, ishchi chastotalar kengigi bog‘liq bo‘ladigan liniyaning sig‘imi, chastotalarning taqsimlanishi (ikki chastotali, to‘rt chastotali) sxemasi orqali aniqlanadi.Odatda kichik sig‘imli liniyalarda ishlatiladigan metrli to‘lqinlar diapazonida ko‘p vibratorli sinfaz antennalar qo‘llaniladi. Detsimetrli to‘lqinlarda, shuningdek kichik sig‘imli liniyalarda bu turdagi antennalar, shuningdek parabolasimon antennalar qo‘llanilishi mumkin. Parabolasimon antennalar o‘rtacha sig‘imli liniyalardagi detsimetrli diapazonda keng qo‘llaniladi. Kichik va o‘rta sig‘imli santimetrli diapazonda asosan parabolasimon antennalar qo‘llaniladi. Santimetrli diapazonda ishlaydigan katta sig‘imli va katta masofali magistral RRLlarda parabolasimon, rupor-parabolasimon, nurlantirgichi chiqarilgan parabolasimon va ikki oynali antennalar qo‘llaniladi. Bitta RRL antennasi bir vaqtda ham uzatish, ham qabullash uchun ishlatiladi. Mobil aloqa tizimlari antennalari Nisbatna uncha katta bo‘lmagan kuchaytirishi, uncha katta bo‘lmagan hajmlari va vazni tufayli shtirli antennalar vaqtinchalik yoki harakatdagi bazaviy stansiyalarda qo‘llaniladi. Zamonaviy sotali tizimlarda statsionar bazaviy stansiyalarda asosan chatotalarning takrorlanishi avzalliklari tufayli sektorli antennalar qo‘llaniladi. Gorizontal tekislikda sektorli YDni, masalan, burchakli reflektorli yarim to‘lqinli vibratordan foydalanish orqali olish mumkin. Sektorli YDni har bir qavatda parallel vibratorlardan antennalar panjarasidan foydalanish orqali ham olish mumkin. Sotali telefoniya texnologiyasida ishlatiladigan ko‘plab nurlantirgichlar shleyfli simmetrik vibrator, spiralli antenna, chorak to‘lqinli shtir va past profilli antennalar hisoblanadi. Antenna (lotincha: antenna — hasharot moʻylovi) — elektromagnit toʻlqinlarini fazoga tarqatuvchi (uzatuvchi antenna) yoki qabul qiluvchi (qabul qiluvchi antenna) qurilma. Har qanday uzatuvchi antennani qabul qiluvchi antenna oʻrnida yoki, aksincha, qabul qiluvchi antennani uzatuvchi antenna oʻrnida ishlatish mumkin, chunki ularning hamma elektr xususiyatlari bir xil. Uzatuvchi antenna uzatgich moslama energiyasini elektromagnit toʻlqinlari energiyasiga, qabul qiluvchi antenna elektromagnit toʻlqinlari energiyasini yuqori chastotali tok energiyasiga aylantiradi. Bundan tashqari, uzatuvchi antenna energiyani muayyan tekislik va yoʻnalishda tarqatish xususiyatiga, qabul qiluvchi antenna turli yoʻnalishdan keluvchi toʻlqinlarni saralash xususiyatiga ega boʻladi. Qabul qiluvchi antennaning bu xususiyati yoʻnalish boʻyicha tanlash deyiladi. Antennaning ishlash tarzi ochiqtebranish konturining elektromagnit toʻlqinlarini tarqatishiga asoslangan. Chastotalar diapazoniga qarab antennalar uzun, oʻrta, qisqa va ultraqisqa toʻlqin antennalariga boʻlinadi. Antennalarning tuzilishi va shakli ularning qanday maqsad uchun moʻljallanganligiga bogʻliq. Uzun va oʻrta toʻlqin antennalarining asosi yetarlicha uzun (va baland), tik oʻrnatilgan oʻtkazgichdan iborat. Past chastotalar diapazoni uchun moʻljallangan antennalar simlardan yasalgan murakkab moslama (1-rasm), yuksak va ultrayuksak chastotalar diapazoni uchun moʻljallangan antennalar linza va karnay shaklidagi moslamadir. Vazifasiga koʻra, antennalar quyidagi guruhlarga boʻlinadi: a) radioeshitirish stansiyalari antennasi; b) radioaloqa stansiyasi antennasi; v) televizion antennalar; g) radiolokatsiya va radiotelemexanika antennalari; d) radioastronomiya antennasi. Bu antennalarning tuzilishi bir-biridan farq qilishiga qaramay, barchasida simmetrik yoki simmetrikmas vibrator boʻladi. Simmetrik vibrator oʻzaro teng ikkita oʻtkazgich boʻlib, ularning bir uchiga oʻtkazgich yoki priyomnikdan keladigan fider liniyasi ulanadi. Oʻtkazgichning uzunligi uzatilayotgan radiotoʻlqinlar uzunligining yarmiga (oʻlcham yarim toʻlqin uzunligiga) teng boʻlgan vibratorlar antenna texnikasida koʻp ishlatiladi. Simmetrikmas vibrator faqat bitta oʻtkazgichdan iborat. Shuning uchun fider liniyasining ikkinchi uchi yerga ulanishi kerak. Koʻrsatkichlari: yoʻnalganlik diagrammasi, kuchaytirish koeffitsiyenti, tarqatilgan toʻlqinlarning qutb tekisligi, f.i.k., taʼsir balandligi va hokazo Tuzilishiga koʻra, antennalar gorizontal, vertikal, magnitli, qiya, rombsimon, parabolik, dielektrikli va hokazo xillarga boʻlinadi. Olisdagi stansiyalardan signallarni qabul qilishda va uzatishda gorizontal hamda vertikal antennadan, kichik („choʻntak“) va koʻtarib yuriladigan radiopriyomniklarda signallarni qabul qilishda magnitli antennadan (3-rasm) foydalaniladi. Magnitli antenna radiotoʻlqinlarning magnitli tashkil etuvchilarini yaxshi sezadi. Bunday antenna magnit material (ferrit) dan yasalgan sterjendan iborat boʻlib, unga priyomnik tebra-nish konturining induktivlik gʻaltagi oʻrnatilgan. Ult ra qisqa toʻlqinlarda ancha murakkab yoʻnaltirilgan antennadan foydalaniladi. Ular metall sterjenlarga simmetrik mahkamlanib botiq koʻzgular koʻrinishida yasaladi. Qisqa toʻlqin tarqatuvchi va kdbul qiluvchi eng sodda antenna oʻlchami yarim tulkin uzunligiga teng simmetrik vibratordir. Vibrator energiyani asosan gorizontga nisbatan biror burchak ostida oʻtuvchi tekislikda tarqatadi (vibrator oʻz oʻqi va yer sirti boʻylab energiya tarqatmaydi), vibratorning yoʻnalganligi juda kam. Vibratorning yoʻnalganligini orttirish uchun koʻp qavatli sinfaz va rombsimon Alar yasaladi. Koʻp qavatli sinfaz antenna gorizontal joylashgan, ikki boʻlagining oʻlchami yarim toʻlqin uzunligiga teng vibratorlardir. Ulardan bitgasi tarqatgich, ikkinchisi qaytargich hisoblanadi. Qaytargich vibrator toʻlqinni bir tomonlama tarqatadi. Rombsimon A simdan yasalgan va keng toʻlqin diapazonida ishlaydi. Antennalar metr, desimetr, santimetrli toʻlqinlar antenna siga boʻlinadi, mas, shleyf antenna va direktorli antennalar (4-rasm). Shleyf antenna uchlari tutashtirilgan, parallel joylashgan, oʻlchami yarim toʻlqin uzunligiga teng 2 ta vibratordan tuzilgan. Direktorli antenna esa gorizontal tekislikda joylashgan faol (aktiv) va sust (passiv) vibratorlardir. Oʻlchami yarim toʻlqin uzunligiga teng vibrator yoki shleyf antenna faol tarkatgich vazifasini ba-jaradi. Udiametri yetarlicha katta, yaxlit yoki naysimon silindrik oʻtkazgichdan yasaladi. Suct vibratorlar (old tomonda — direktor, or-qada — reflektorlar)ning boʻlishi antennaning yoʻnalganligini oshiradi. U tor polosalidir. Optik turdagi antennalar — koʻzgu va linzalar san-timetrli toʻlqinlar antennalariga kiradi. Koʻzgu metalldan, linza dielektrikdan yasaladi. Ular qaytargich (projektorlarning koʻzgusi kabi) vazifasini bajaradi va sferik (silindrik) toʻlqinga ay-lantiradi. Bunday antennalar radiolokatsiya, 546radioastronomiya va radioreley aloqada keng ishlatiladi (qarang Radiolokatsiya).Radioreleyli aloqada, kosmik radioaloqada, radioastronomiya va boshqa sohalarda oʻta yuqori chastotali parabolik antenna keng tarqalgan. U parabola shaklidagi metall koʻzgu va tarkatgichdan iborat (qarang Aloqa). Tarqatgich sifatida kucheiz yoʻnaltirilgan antenna (karnaylar, kichik reflektorli vibratorlar, spirallar va boshqalar) ishlatiladi. Energiyani biror fazoviy burchak-ka toʻplab tarqatish xususiyati antennaning yoʻnalganligi deyiladi. U yoʻnalish dia-grammasi (Antenna)da ifodalanadi. Antennaning f.i.k. koʻpaytmasi antennaning kuchaytirish koeffitsiyenti deyiladi. Radioeshitti-rish va televideniyeni antennalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Ular imkoni boricha baland quriladi. Oʻzbekiston, Rossiya, Fransiya, Angliya va boshqa mamlakatlarda eng baland teleantennalar bor. Mas, Moskvadagi Ostankino teleminorasining balandligi 533,3 m, Toshkentdagi teleminoraning balandligi 375 m. Xulosa Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki har qanday antenna ham qabullash, ham uzatish antennasi bo‘lishi mumkin. Antenna radiochastotalar energiyasini qanchalik yaxshi nurlantirsa, u shunchalik uni yaxshi qabul qiladi. Modomiki, uzatish antennalarining nazariyasi va hisoblash usullari oddiy va yaxshi ishlab chiqilgan ekan, u holda istalgan qabullash antennasini uzatish antennasi sifatida hisoblash mumkin va o‘zarolik prinsipiga asosan olingan natijalarni qabullash rejimi uchun qo‘llash mumkin. Zamonaviy radioelektron apparaturalar millimetrning ulushlarida o‘n minglab metrlardagi to‘lqin uzunliklari diapazonlarida ishlaydi. Antennalarning konstruktiv o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek ularning xarakteristikalari sezilarli darajada antennalar ishlashi kerak bo‘ladigan to‘lqinlar diapazonlariga bog‘liq bo‘ladi. Download 171.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling