2. Xulosa va uning turlari Dalillashning mantiqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar
Download 42.38 Kb.
|
16-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Shartli-ayiruvchi xulosa chiqarish.
- 6. Induktiv xulosa chiqarish
3.Ayiruvchi qat’iy xulosa. Asoslaridan biri ayiruvchi, qolgan asoslari va xulosasi qat’iy hukmdan iborat bo‘lgan xulosalashga ayiruvchi qat’iy xulosa chiqaruvchi deb aytiladi. Ayiruvchi hukmlarning tarkibidagi oddiy hukmlar «yoki» diz’yunktivlari orqali bog‘lanadi.
Masalan: «Organizm bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali bo‘ladi», degan hukmda ikkita oddiy hukm «yoki» mantiqiy bog‘lovchisi orqali bog‘langan. Bu holda dizyunksiyaning bir a’zosi tasdiqlanib, ikkinchisi inkor qilinishi mumkin. Shundan kelib chiqib, ayiruvchi- qat’iy xulosa chiqarishning ikki modusi, ya’ni tasdiq-inkor va inkor-tasdiq moduslari farqlanadi. 4. Shartli-ayiruvchi xulosa chiqarish. Asoslarning biri shartli, boshqasi ayiruvchi hukmlardan iborat bo‘lgan xulosalashga shartli ayiruvchi xulosalash deyiladi. Ayiruvchi hukmlardan ikki, uch yoki undan ko‘p muqobil (al’ternativ) yechimlarga ega bo‘lgan masalalarni to‘g‘ri hal qilishda foydalaniladi. Shartli ayiruvchi xulosa - lemmatik (taxminiy) xulosa chiqarish, deb ham yuritiladi hamda u dilemma (ikki al’ternativ), trilemma (uch al’ternativ) va hokazo turlarga bo‘linadi. Masalan, «Agar shaxs qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasidan chet elga chiqish tartibini buzsa (a), JK ning 223-moddasiga binoan jazolanadi» (s). «Agar shaxs qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartibini buzsa (v), JK ning 223-moddasiga binoan jazolanadi» (s). «Shaxs qonunga xilof ravishda chet elga chiqish (a) yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish (v) qoidalarini buzdi». Demak, shaxs O‘zbekiston Respublikasi JK ning 223-moddasini buzgan hisoblanadi. 6. Induktiv xulosa chiqarish. Induktiv xulosa chiqarish bevosita xulosa chiqarish qatoriga kiradi. Uning asosiy xususiyati shundan iboratki, induksiya hodisalarni birma-bir o‘rganishga asoslanadi. Induktiv xulosa chiqarish yordamida narsalar va hodisalarning turli xususiyatlari o‘rganiladi, ularning umumiy tomonlari haqida xulosa chiqariladi. Induksiyaning asosini yakkalik, xususiylik va umumiylikning uzviy aloqasi tashkil etadi. Induksiyaning yana bir xususiyati shundaki, uning xulosalari ko‘pincha ehtimolli xarakterga ega bo‘ladi. Bu induksiyaning hodisalarni birma-bir o‘rganishga asoslanganligi hamda kuzatish va eksperiment bilan bog‘liq bo‘lganligidan kelib chiqadi. Induktiv xulosa chiqarish deb nisbatan torroq bilimlardan nisbatan kengroq bilimlarga fikran harakat qilishdan iborat bo‘lgan xulosa chiqarishga aytamiz. Mantiq fani induktiv xulosa chiqarishning ikki turini o‘rganadi. Bular to‘liq va to‘liqsiz induksiyadir. To‘liq induksiya umumiy bilimlar olish yo‘llaridan biridir. To‘liq induksiya xulosa chiqarishning shunday turiki, unda xulosa bir turkum narsa va hodisalarning hammasini birma-bir o‘rganish asosida nisbatan yangi bilim hosil qilinadi. Bunday xulosa chiqarish uchun narsa va hodisalarning birorta o‘xshash, umumiy xususiyati bo‘lishi kerak. Har bir narsaning xususiyati haqidagi fikr asoslarda yakka hukmlar orqali ifodalanadi. Xulosa odatda umumiy hukm orqali beriladi, unda biror xususiyatning bir turkum narsalarning hammasiga xosligi yoki xos emasligi haqidagi fikri ifodalanadi. To‘liq induksiyaning shu asoslari va xulosasi aniq, ehtimoldan xoli bo‘lgani uchun fikr qat’iy hukmlar orqali beriladi. To‘liq induksiya bo‘yicha xulosa chiqarish uchun o‘rganilayotgan narsalar va hodisalar nisbatan kamroq bo‘lib, ularni birma-bir o‘rganish imkoniyati bo‘lishi lozim. Masalan, «Merkuriy quyosh atrofida aylanadi». Mars quyosh atrofida aylanadi. Yer quyosh atrofida aylanadi. Venera quyosh atrofida aylanadi. Saturn quyosh atrofida aylanadi. Uran quyosh atrofida aylanadi. Neptun quyosh atrofida aylanadi. Pluton quyosh atrofida aylanadi. Yupiter quyosh atrofida aylanadi. Yuqoridagi planetalar quyosh sistemasidagi hamma planetalardir. Demak, bu planetalarning hammasi quyosh atrofida aylanadi. To‘liqsiz induksiya xulosa chiqarishning shunday turiki, unda bir turkum narsalarning bir qanchasini o‘rganish asosida olingan bilimlarga tayanib biror xususiyat shu turkumdagi narsalarning hammasiga xosligi haqida xulosa chiqaramiz. Bunda xulosa kuzatilgan va kuzatilmagan narsa va hodisalarga aloqador bo‘ladi. To‘liqsiz induksiyaning xulosasi ehtimoliy xarakterga ega bo‘ladi. O‘rganilayotgan xususiyatda bir turkum narsalarning qolganlariga xos yoki xos emasligi noaniq qoladi. To‘liqsiz induksiya o‘z navbatida oddiy sanash orqali yoki ommabop induksiya va ilmiy induksiyaga bo‘linadi. Oddiy sanash orqali induksiya xulosa chiqarishning shunday turiki, unda bir turkum narsalarning bir qanchasida biror xususiyat takrorlanishini o‘rganish asosida qolganlariga xulosa chiqariladi. Induksiyaning bu turida xulosa chin bo‘lishi uchun xususiyat ko‘proq narsalarga xos va xususiyat narsalar uchun muhim bo‘lishi, umumiy holatga zid keladigan hollar bo‘lmasligi kerak. Oddiy sanash orqali induksiya xulosalari ilmiy xarakterga ega bo‘lmasa ham, takrorlanib turadigan holatlardan xulosa chiqarish uchun ahamiyatlidir. «Hamma metallar qizdirilganda kengayadi», «Hamma 18 yoshga etgan O‘zbekistonliklar saylash huquqiga ega», «Hamma odamlar tinchlik uchun kurashadi» kabi xulosalar to‘liqsiz induksiyaning oddiy sanash turi orqali chiqarilgandir. Download 42.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling