2. "Zuxra ona-plyus" mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilgan tadqiqotlar


Download 415.5 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi415.5 Kb.
#1020710
  1   2   3   4
Bog'liq
Нодир отчёт1 (5)


Mundarija
1.1. “Zuxra ona-plyus” xususiy korxonasi jamiyatining umumiy tarifi...........................................................................………………….……...............3


1.2.“Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatida boshqaruv tuzilmasi.....................................................................................................................6


1.3. “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatining asosiy faolitini tashkil etish................................................................................................................9


1.4. “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatida personalni boshqarish...............................................................................................................17


1.5. “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatida iqtisodiy xizmat faoliyatining tahlili.................................................................................................20


1.6. “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatida innovatsiyalarni boshqarish..............................................................................................................28


2. “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilgan tadqiqotlar..............................................................................................................31


Ilovalar....................................................................................................................35
1.1.“Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatining umumiy tarifi
“Zuxra ona-plyus” ma’suliyati cheklangan jamiyati Respublikamizdagi yosh korxonalardan biri bo‘lib, qayta ishlanadigan paxta chigiti va uning mahsulotlari uzoq masofalarga tashilmaslik, fermerlarga qulaylik yaratish, viloyatlarda yangi ish joylari barpo etish va paxta chigitini imkon boricha viloyatlarda qayta ishlash maqsadida 2003 yil tashkil qilingan. “Zuxra ona-plyus” ma’suliyati cheklangan jamiyati Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sanoatchilar ko‘chasi, 5-uyda joylashgan. Dastlab korxonani quvvati sutkasiga 15 tonna paxta chigitini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan.
2008-2009-yillarda Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan paxta chigitini qayta ishlashga mo‘ljallangan tizim keltirilib, o‘rnatilgan va korxonaning ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 220 tonna paxta chigitini qayta ishlashga etkazilgan.1
2009 yil noyabr oyida mazkur tizim ishga tushirildi.
Shu yili korxonada yog‘ni 5 litrlik PET idishlarga qadoqlash tizimi ham o‘rnatilib, ishga tushirildi.
2011 yilda korxonada qo‘shimcha chigit omborlari, 60 tonnalik elektron tarozi qurildi.
Ayni paytda paxta soapstokini qayta ishlab, xom yog‘ kislotalar ishlab chiqarish sexi, korxona hududida temir yo‘l, ishchilar uchun yuvinish va kiyim almashtirish binosi, ma’muriy-maishiy binosi qurilmoqda.
Korxona hududini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari echilmoqda, oqova tizimlari takomillashtirilmoqda.
Jamiyatda sanoat yo‘li bilan o‘simlik yog‘larini ishlab chiqarishda texnologik jarayonni barcha bosqichlarini bajarishga qodir sex va bo‘limlar mavjud;

  • chigitni qabul qilib, saqlab, ishlab chiqarishga uzatadigan mexanizatsiyalashtirilgan chigit omborlari;




1-jadval
“Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati haqida ma’lumot2

To‘liq nomlanishi:

“Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati

Manzilgohi:




Respublika:

O‘zbekiston

Viloyat:

Toshkent

Tuman:

Mirobod

Ko‘cha:

Sanoatchilar

Ruyxatga olgan hokimlik:




Viloyat:

Toshkent

Tuman:

Mirobod

Ruyxatga olingan yil:

2010 yil

Ruyxatga olingan oy:

sentyabr

Ruyxatga olingan kun:

22

Reestrdagi tartib raqami №:

10217

Yuridik shaxs sifatida ruyxatga olgan soliq inspeksiyasi:




Tuman:

Mirobod

Berilgan Identifikatsiya raqami (INN):

204 707 273

Rahbari:




Familiyasi, ismi, otasining ismi:

Zokirov Erkin To‘lqinovich

Pasport ma’lumoti:

Seriyasi SS, № 0014552, 1995 yil25-martda Toshkent viloyati, Zangiota tuman Nazarbek IIB tomonidan

Kontakt telefonlari:




Telefon kodi va raqami:

8-372 335-43-39

Bankdagi hisob raqami:

20208000204287461001

MFO:

00138

Bankning nomi:

O‘zbekiston Germaniya qo‘shma korxonasi OAT “Savdogar-Banki” Denov filiali

  • oqlanmagan o‘simlik yog‘larni presslash uslubida ishlab chiqaradigan forpress sexi;

  • oqlanmagan o‘simlik yog‘larni ekstraksiya uslubida ishlab chiqaradigan ekstraksiya sexi;

  • o‘simlik yog‘larni oqlash va hidsizlantirish sexi;

  • o‘simlik yog‘larni PET-idishlarga qadoqlash;

  • tayyor mahsulotlarni qabul qilib, saqlab, iste’molchilarga yuboradigan yog‘, shrot va sheluxa omborlari.

Ishlab chiqarishni bir maromda ishlashini ta’minlash uchun yordamchi bo‘limlar mavjud:

  • bosh mexanik bo‘limi;

  • bosh energetik bo‘limi;

  • qurilish bo‘limi;

  • qozonxona;

moddiy boylik ombori.
Korxonaning ishlab chiqaradigan asosiy mahsulot turlari: hidsizlantirilmagan oqlangan paxta yog‘i, hidsizlantirilgan oqlangan paxta yog‘i, texnik paxta yog‘i, qadoqlangan o‘simlik yog‘lari, paxta sheluxasi, paxta shroti va soapstok. Sheluxa va shrot paxta chigitini qayta ishlash jarayonining chiqindisi bo‘lib, chorvaga ozuqa hisoblanadi. Paxta yog‘ining chiqindisi bo‘lgan soapstok DJK sexi mavjud bo‘lgan korxonalarga qayta ishlash uchun yuboriladi.
Jamiyat ustav fondining umumiy qiymati 1 164 764 574 (bir millyard bir yuz oltmish to‘rt million etti yuz oltmish to‘ot ming besh yuz etmish to‘rt) so‘mni tashkil qiladi.
Jamiyat ta’sischilarining Jamiyatning ustav fondiga kiritilgan va har biriga tegishli bo‘lgan ulushlarning miqdori va nominal qiymati quyidagi tarzda belgilanadi:
Davlat ulushi 51,0 – 594 029 933 (besh yuz to‘qson to‘rt million yigirma to‘qqiz ming to‘qqiz yuz o‘ttiz uch) so‘m.
Shahobiddinov Ravshan Zabixiddinovich – 31,85 % - 370 977 517 (uch yuz etmish million to‘qqiz yuz etmish etti ming besh yuz o‘n etti) so‘m.
Mirzaev Qahramon Timurovich – 17,15 % - 199 757 124 90 (bir yuz to‘qson to‘qqiz million etti yuz ellik etti ming bir yuz yigirma to‘rt) so‘m.
Jamiyat ustav fondi uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatlaridan tarkib topadi.
Jamiyat ustav fondining miqdori jamiyatni davlat ruyxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining qirq baravaridan kam bo‘lmasligi lozim.
Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi ulushining miqdori foizlarda belgilanadi. Jamiyat ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushi nominal qiymati bilan jamiyat ustav fondining nisbatiga teng bo‘lishi kerak.
Jamiyatning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga o‘z hissasini to‘liq kiritishi kerak.

1.2. “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatida boshqaruv tuzilmasi


Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi besh kishidan iborat.
Jamiyatning joriy faoliyatidagi rahbarlik qilish jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi. Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishiga va jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdorlir.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jamiyatning ustavi bilan amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:3
- jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- jamiyat ustav fondining miqdorini o‘zgartirish;
- ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish;
- jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- jamiyatning taftish komissiyasini saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- kuzatuv kengashini tuzish, uni saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
- jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash;
- jamiyat tomonidan obligatsiyalarni joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish, auditorlik tashkilotlari hamda ularning xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdorini aniqlash;
- boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar, uning tomonidan jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun, shuningdek jamiyatning ijro etuvchi organi hal etishi uchun topshirilishi mumkin emas.
Jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi jamiyatning ustavida belgilangan muddatlarda, lekin yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi. Jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan chaqiriladi.
Jamiyat faoliyatining yillik natijalari tasdiqlanadigan jamiyat ishtirokchilarining navbatdagi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish muddati belgilanishi kerak. Jamiyat ishtirokchilarining mazkur umumiy yig‘ilishi moliya yili tugaganidan keyin kechi bilan olti oy ichida o‘tkazilishi kerak.
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari ushbu Qonunga muvofiq jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.4
Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga jamiyatning ijro etuvchi organini tuzish, ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash.
Jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish va uning faoliyati tartibi, shuningdek jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining vakolatlarini va jamiyat kuzatuv kengashi raisining vakolatini tugatish tartibi jamiyatning ustavi bilan belgilanadi.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro organi jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi kerak.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashining a’zolariga haq to‘lanishi va ularning o‘z majburiyatlarini bajarishlari bilan bog‘liq harajatlari qoplanishi mumkin. Haqlar va tovonlarning miqdorlari jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi.
Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs jamiyatning ishtirokchilari bo‘lmagan a’zolari jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishlari mumkin.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyatning ustavida belgilangan muddatga saylanadi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi uning ishtirokchilari bo‘lmaganlar orasidan ham saylanishi mumkin.
Jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs o‘rtasidagi shartnoma jamiyat nomidan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs saylangan umumiy yig‘ilishdagi raislik qiluvchi shaxs tomonidan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi sifatida faqat jismoniy shaxs ish yuritishi mumkin.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi:5
- jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi;
- jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi;
- jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga nisbatan rag‘batlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qo‘llaydi;
- jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi va jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
1.3. “Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatining asosiy faolitini tashkil etish
Yog‘-moy ishlab chiqarish sohasi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Mamlakatimiz agrosanoat kompleksida integratsiya jarayonlarini takomillashtirish va chuqurlashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan ushbu tarmoq mahsulot sifatini oshirish va turlarini kengaytirish, xomashyodan to‘liq hamda camarali foydalanish, aholi ehtiyoji va bandligini ta’minlash masalalarini hal etishda ham muhim ahamiyatga ega.
Yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish moyli o‘simliklarning yuqori hosil berishi, korxonalar qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, ichki bozorda ularda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga talabning oshishi bilan bevosita bog‘liqdir. Tarmoqda faoliyat ko‘rsatayotgan 39 korxona orasida paxta va kungaboqar yog‘i, margarin, mayonez, xo‘jalik hamda atirsovun va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar ham bor. 2016-yilning birinchi choragi bo‘yicha ushbu korxonalar tomonidan 64,93 ming tonnadan ziyod o‘simlik yog‘i, 11,2 ming tonna margarin mahsuloti, 15,16 ming tonna xo‘jalik sovuni ishlab chiqarildi.
Mutaxassislarning fikricha, mamlakatimizning kungaboqar yetishtirish salohiyati ancha yuqori. Joriy yilda kungaboqar yetishtirish uchun 40 ming gektar yer ajratilgan bo‘lib, shuning 35 ming gektari uyushma korxonalari uchun xomashyo yetkazib berishga mo‘ljallangan. Yurtimiz iqlim sharoitiga mos soya, maxsar va boshqa moyli o‘simliklar yetishtirish ham istiqbolli yo‘nalishlardandir. 2016-yilda ushbu ekinlar uchun 65 ming gektar yer ajratildi. Bu borada yog‘-moy korxonalari uchun 90 ming tonna xomashyo tayyorlash rejalashtirilmoqda. Ularni qayta ishlash natijasida 25 ming tonnadan ortiq kungaboqar, soya va maxsar yog‘i olish kutilmoqda.
Shuni alohida qayd etish kerakki, joriy yilda Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida moyli ekinlardan mo‘l hosil olish rejalashtirilmoqda. 2016-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, yog‘-moy sanoati korxonalari 1395 fermer xo‘jaligi bilan xomashyo yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzgan.
Yog‘-moy sanoatiga mamlakatimiz va xorij investitsiyalarini jalb qilish, o‘zbekistonlik olimlar va ilmiy-tadqiqot institutlarining innovatsiya g‘oyalari, texnologiya hamda loyihalarini amalga oshirish uchun shartnomalar tuzish ishlari, shuningdek, xalqaro sifat standartlarining joriy etilayotgani sohani rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Korxonani ishlab chiqarish faoliyati aniq maqsadlarni bajarish uchun uning bo`linmalarida o`tadi, sodir etiladi.
Alohida ko`rilayotgan bo`linma (bo`lim, tsex) xujalik mexanizmi hisoblanadi va uning yagona ishlab chiqarish iqtisodiy faoliyatini aks ettiradi. Ularning xar birida ish tashkil etilishi korxona tomonidan markazlashgan boshqaruv asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati xar bir ishlab chiqarish bo`linmasini faoliyat jarayonini mohiyatini aniqlaydi. Bu jarayonni natijasida ularning xar birida ma’lum mahsulotlarni ishlab chiqarishi ro`y berishi bilan xarakterlanadi. Boshqaruv ob’ektini qandayligi – ishlab chiqarish tarkiblarini uzaro bogliqligi, uzaro aloqadorligi bir maromda rivojlanish xisoblanadi. Ular aniq va bir maqsadga qaratilgan uzaro xarakatlarni xar bir bo`linmani ham tashqi, ham ichki tomonlari bilan olib borishlari lozim.
Korxona daromadi ishlab chiqarish bo`linmalari (bo`limlar, tsexlar) yagona ishlab chiqarish jarayoniga birlashganlar va shuning uchun ular o`rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari uzilmaydi. Korxonada asosiy ishlab chiqarishga kiradi: Tayyorlov, qayta ishlovchi va ishlab chiqarish tsexlariga, asosiy ishlab chiqarish, ishlab chiqarish bo`linmalari (tsex), yordamchi ishlab chiqarishni instrumental, ta’mirlash-mexanika va energetika tsexlari bilan uzaro bog`liq va uzaro harakatda bo`ladilar.
Rejalashtirish-belgilangan maqsadlarni shakllantirishga xizmat qiladi, korxona ichida umumiy maqsadlarni. birligi, yagonaligini vujudga kelishiga yordam beradi. Korxona ishlab chiqarish samaradorligini real oshirishi uchun ishlab chiqarish sohasida yoki boshqaruv texnologiyasini takomillashtirishda yangi boshqaruv texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishni ko`rib chiqish zarur.
Aynan ularni takomillashtirish, korxona ishlab chiqarish faoliyatini samaradorligini oshirishni ulkan, yirik zahirasi (rezerv) hisoblanadi. Bu jarayon - barcha jarayonlarni echilishini o`ziga qamrab oladi, vazifalar, resurslar,, ishtirokchilar, maqsadlar, natijalar, voqealar, xodisalar va xodisalarni davriyligi.
Biznes jarayonlarni tahlil eta borib va ma’lumotlar majmuasini (monitoring) doimiy amalga oshirib, korxona biznes jarayonlarni optimallashtirish yo`li orqali o`z ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyatlari zahirasini topadi.
Rahbariyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo`yicha ishlarni natijasiga ko`ra rejalashtiradi:
Rentabellik darajasini ko`paytirish.
Shunday qilib mazkur texnologiyami qo`llash nafakat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, balki ishlab chiqarishdagi takrorlanuvchi vazifalarni, ortiqcha operatsiyalarni mavjudligiga, uta qimmatligi, ularni o`ta past sifatda bajarilishi bo`limlar, xodimlarni kelishmasdan olib boriladigan salbiy omillarni aniqlash va bartaraf etishga imkon beradi.
“Zuxra ona-plyus” MCHJda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish yo‘llarini jadallashtirish kabi xususiyatlarni takomillashtirib borilmoqda.
Korxonaning raqobatbardoshligini ta’minlashda asosiy unsurlar bilan birga mahsulot hajmi, sifati, baho muhim o‘rin tutadi. Ammo shuni e’tirog` etish kerakki, mahsulotning hajmi ham, uning sifati ham ishlab chiqarish korxonasiga bevosita bog‘liq. Ammo baho hamisha uning hoxish – irodasiga yoki say harakatlariga bog‘liq emas. Uni bozorning qonunlari tartibga soladi.
“Zuxra ona-plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘simlik moylari ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasi quyidagi jarayonlarni ko‘zda tutadi
- moyli urug‘larni saqlash uchun tayyorlash va saqlash;
- urug‘larni moy ajratib olishga tayyorlash;
- presslash va ekstraksiyalash;
- moylarni dastlabki va kompleks tozalash;
- shrotni qayta ishlash.
Hozirgi paytda urug‘lardan, asosan, ikki usulda moy ajratib olinadi: (2 -rasm).
1. Moylilik darajasi yuqori bo‘lgan urug‘lardan ketma-ket avval presslash, so‘ngra esa ekstraksiyalash usullari bilan moyni ajratib olish. Bunda ajratib olinadigan moyning 3/4 qismi presslash natijasida olinadi.
2. Moylilik darajasi past bo‘lgan urug‘lardan bevosita ekstraksiyalash usuli bilan moyni ajratib olish.
1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, ikkinchi usul, ya’ni bevosita ekstraksiyalash usuliga o‘tish o‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologik sxemasini anchagina soddalashtiradi.
1.Urug‘larni transportda etkazish, aralashmalardan tozalash, quritish, saqlash, qayta ishlashga yuborish.
2.Aralashmalardan tozalash, urug‘larni namligi va o‘lchovlari bo‘yicha me’yorlashtirish, urug‘larni po‘stlog‘idan ajratish. Ezib maydalash.
3.Inaktivatsiya va qovurish (termonamlik ishlovi berish),moyni siqib chiqarish,ekstraksiyalanadigan materialning bargchasimon strukturasini hosil qilish,presslangan moyni birlamchi tozalash.
4.Ekstraksiyalab moy olish,mitsellani qayta ishlash,shrotga ishlov berish.
5.Moyni tozalash, g`iltrlash,g`osg`atid konsentratlarini ajratib olish (ba’zi moylar uchungina) oqsillami ajratib olish va shrotni oqsillarga boyitish.


Download 415.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling