20-§ mehnatga oid munosabatlar mavzusigacha


Download 11.72 Kb.
Sana20.04.2020
Hajmi11.72 Kb.
#100389
Bog'liq
10-sinflar uchun mavzuli test


10-sinflar uchun davlat va huquq asoslari fanidan testlar

20-§ mehnatga oid munosabatlar mavzusigacha

1. Mualliflik huquqi bu…

A) — foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki xususiy xo‘jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs).

B) — tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to‘langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haqto‘langan sana va kassa apparatining raqami ko‘rsatilgan hujjat.

C) — fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va ulardan foydalanishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladigan fuqarolik huquqi me’yorlari majmuasi.

D) — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat.

2. Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Ushbu modda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechinchi moddasi?

A) 35- moddasi

B) 36- moddasi

C) 37- moddasi

D) 34-moddasi

3. . . . — tayyor asar yoki muallif belgilangan muddatda yaratishni o‘z zimmasiga olgan asardan foydalanish uchun muallif (hammuallifar) va nashriyot o‘rtasida tuzilgan shartnoma. Nuqtalar o’rnidagi so’zni toping.

A) Mualliflik shartnomasi

B) Mualliflik huquqi

C) intellektual mulk

D) barcha javoblar to’g’ri

4. Mehnat huquqi bu…

A) — kishilar orasidagi munosabatlar bo‘lib, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi va belgilangan mehnat tartibiga bo‘ysunishga asoslanadi.

B) — mehnat faoliyati jarayonida vujudga keladigan odamlar orasidagi munosabatlarni tartibga soladigan huquq sohasidir.

C) —agar guvoh 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, o‘qituvchi, zarurat bo‘lganda esa ota-onasi ham qatnashishi huquqi

D) To’g’ri javob berilmagan

5. Xalqaro konvensiyalar va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq aqliy va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan alohida shaxsiy va mulkiy huquqlar majmuasi nima deb nomlanadi?

A) mulk huquqi

B) muvofiqlik sertifikati

C) intellektual mulk

D) Tovar cheki

6. Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Ushbu modda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining nechinchi moddasi?

A) 5-moddasi

B) 6-moddasi

C) 7-moddasi

D) 8-moddasi

7. «Muvofiqlik sertifikati» bu…

A) — oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha iste’molchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor.

B) — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat.

C) — iste’molchiga realizatsiya qilish uchun to var ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor.

D) barcha javoblar to’g’ri

8. Har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlanadi, bu himoya mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu modda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining nechinchi moddasi?

A) 5-moddasi

B) 6-moddasi

C) 7-moddasi

D) 8-moddasi

9.. . . — foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki xususiy xo‘jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs). Nuqtalar o’rnidagi so’zni toping.

A) Sotuvchi

B) Istemolchi

C) Ishlab chiqaruvchi

D) barcha javoblar to’g’ri

10. Mehnat kodeksiga muvofiq quyidagi hollarda ishlash majburiy hisoblanmaydi: To’g’ri javob kursatilgan qatorni toping

A) davlat xoxlagan vaqtda fuqarolarini majburiy mexnatga jalp qiladi

B) mexnat shartnoma tuzgandan so’ng.

C) harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash davrida; favqulodda holat sharoitlarida; sud hukmi kuchga kirishi asosida.



D) hech qanday xolatda majburiy mexnatga yul quyilmaydi
Download 11.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling