20-amaliy ish Mavzu: Yo‘l qurilishi ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish. Ishdan maqsad
Download 13.65 Kb.
|
20-amaliy mashg\'ulot YMAE-1
20-amaliy ish Mavzu: Yo‘l qurilishi ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish. Ishdan maqsad: Talabalarga berilgan topshiriqga asosan yo‘l qurilishida ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo‘yicha o‘rganadilar. Nazariy qism: Avtomobil yo‘llarini qurilishi jarayonida oldindan quriladigan yo‘l bo‘lagiga atrofiga maxsus qurilish materiallar zahirasini to‘plab, ularning sifati bo‘yicha nazoratlar olib boriladi. Qurilish uchastkasiga asfalt zavodidan uzoqda joylashgan bo‘lsa, ko‘chma asfalt zavodlarni o‘rnatish yoki sement qorishmalarini tayyorlaydigan zavodlarni ko‘chirib o‘rnatish ishlari bajariladi. Sementbeton zavodlari ish jarayonida boshqa maydonchalarga ko‘chish imkoniyatiga ko‘ra, ko‘chmas, yarim ko‘chmas, (yig‘ib qismlarga ajratiladigan inventarli) va ko‘chma oson ko‘chiriluvchi qurilmalar. Qurilmalarni bir maydonchadan boshqasiga ko‘chirish 2-3dan 10 sutkagagacha vaqtni oladi, bu ko‘chishning ish unumdorligi uzoqligiga bog‘liq. Ko‘chmas qurilmalar uchun bu muddat bir necha oygacha davom etadi. Qorishma tayyorlaydigan zavodlar mineral bog‘lovchili (oxakni va b), mayda to‘ldirgichli (qumni), suv va maxsus qo‘shimchali qurilish qorishmalarni tayyorlaydi. Tarkiblarni dozalashda beton qorishmasi uchun ishlatiladigan uskunalar qo‘llaniladi. Qorishmalar majburiy harakatlanadigan qorishtirgichlarda yoki maxsus eritma qorishtirgichlarda tayyorlanadi. Gravitatsiyali qorishtirgichlarda eritmali qorishmalar tayyorlashnmaydi, chunki bir jinsli qorishma olish uchun uzoq qorishtirish kerak, eritmali tarkiblarning erkin oqimlarda qorishtirib har qanday eritmani olish mumkin emas. SBZda sheben, qum, sement omborlari tashkil etiladi. Chaqiqtosh ombori uning normativ zaxiralarini saqlashga mo‘ljallangan. Qorishma zavoddan qurilishga avtobetonqorishtirgichlarda yetkazib beriladi. Agar zavod beton qorishtirgich sexi temirbeton buyumlar zavodi hududida joylashgan bo‘lsa beton qorishmasi quvurli transportlarda tez tashuvchi konveyerlarda siljiydigan kranlarda tashiladi. Qorishmaning bir xilligi uning qatlamlaridagi yirik to‘ldirgichlarga bog‘liq. Transportda tashishdan oldin va keyin namuna olib bir xilligini tekshiriladi. Agar qorishmaning boshlang‘ich oquvchanligi konus cho‘kindi oq 5 sm bo‘lsa transportda tashilayotgan qatlamlarga ajratilib bir xillik buziladi. Download 13.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling