20 amaliy ish tashqi rezba kesish
Tashqi va ichki rezbalar kesishda xavfsizlik qoidalari
Download 34.66 Kb.
|
1 2
Bog'liq20-amaliy tashqi rezba ochish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalar duch keladigan q iyinchiliklar va y o’ l qo’ yadigan xatolar h amda ularning oldini olish
Tashqi va ichki rezbalar kesishda xavfsizlik qoidalari
Uzunroq chiqib turadigan o’tkir qirrali detallarga metchik-vorotok bilan qo’lda rezba kesishda qo’lning jarohatlanishidan ehtiyot bo’lish kerak. Sinib qolmasligi uchun o’tmas metchik bilan ishlamaslik lozim, yopiq teshiklarga rezba kesishda esa, teshikdan qirindini tez-tez chiqarib tashlash kerak. Rezba kesishda ishlab turgan stanokni moylash mumkin emas. Elektr yuritmali rezba keskich bilan ishlashda quyidagilar taqiqlanadi: a) nuqsonli elektr kabellari va shtepsel birikmalari bilan ishlash; b) elektr asbobini qisman bo’laklarga ajratish va ta’mirlash; v) elektr asboblari bilan zax honalarda va ochiq joyda yomg’ir ostida ishlash, elektr asbobnning ichiga nam tushishiga yo’l qo’yish ( chunki korpus kuchlanish ga’sirida bo’ladi); g) tarmoqqa ulangan elektrlashtirilgan asosning elektr yuritmasidan, kesuvchi asbobidan ushlash, korpusga gavdani bosib turish, uni tizzaga olish. Pnevmatik yuritmali rezba keskich bilan ishlashda quyidagilar man qilinadi: a) qo’lqopsiz ishlash; b) pnevmatik asbob shlangidan yoki ish asbobidan ushlash va ular bilan tiralma narvonlarda ishlash; v) qismlarga ajratish yoki qisman remont qilish; g) ish vaqtida kesuvchi asbobni qo’yish yoki chiqarib olish (sterjen diametri rezbaning tashqi diametridan bir oz kichik bo’lishi kerak). d) havo quvurining jumragi ochiq turganda pnevmatik asbobga rezina shlangni ulash; s) siqilgan havoni quvurdan shlangga uzatadigan jumrakni berkitmasdan turib, pnevmatik asbobdan shlangni olish. Talabalar duch keladigan qiyinchiliklar va yo’l qo’yadigan xatolar hamda ularning oldini olish Talabalar rezba kesiladigan teshikni parmalash uchun parma diametrini noto’g’ri tanlaydilar, bunga ularning ma’lumotnoma jadvallaridan foydalanishni bilmasliklari sabab bo’ladi. Tashqi rezbalar kesishda ko’pincha diametri rezbaning tashqi diametriga teng o’qni oladilar, bu rezba kesishni qiyinlashtiradi va rezbaning nuqsonli chiqishiga sabab bo’ladi. Metchiklar bilan rezba kesishda talabalar ko’pincha vorotok dastasining uchidan ushlaydilar, bu rezbaning qiyshayishiga olib keladi. Rezba kesish boshlanganida metchikka yoki doiraviy plashkaga bosishni metchik yoki sterjen o’qi bo’ylab yo’naltirish lozim, buning uchun ishlovchining qo’li vorotok uchida emas, balki asbobga yaqin joylashishi kerak; ba’zan o’ng qo’l asbobga yaqin bo’lishi lozim; goxida o’ng qo’l bilan asbobga bosib, chap qo’l bilan vorotokni aylantirish mumkin. Talabalar rezbaning ichki diametrini yanglish belgilab, uni teshikning haqiqiy diametri deb qabul qiladilar, bu ham ma’lumotnoma jadvallaridan foydalana bilmaslik oqibatidir (teshik diametri rezbaning ichki diametridan bir oz kattaroq bo’lishi kerak). Download 34.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling