20-Amaliy mashgʻulot Mavzu: Relyativistik mexanikada massa, tezlik va uzunlik. Asosiy formulalar
Download 277.66 Kb. Pdf ko'rish
|
20-Amaliy
20-Amaliy mashgʻulot Mavzu: Relyativistik mexanikada massa, tezlik va uzunlik. Asosiy formulalar: Mustaqil yechish uchun masalalar: 20.1.Harakatdagi jism uzunligining relyativistik qisqarishi harakatning qaysi nisbiy tezligida 25% ni tashkil qiladii? 20.2. Harakatdagi jismning bo'ylama o'lchami ikki baravar kichrayishi uchun u qanday tezlikka erishuvi kerak? 20.3. Kosmik nurlarning mezonlari yer yuziga nihoyatda xilma-xil tezliklarda yetib keladi.Yorug‘lik tezligining 95% ni tezligida bo‘lgan mezon o‘lchamining relyativistik qisqarishini toping. 20.4. Beqaror zarracha yorug‘lik tezligining 99% ni tashkil etuvchi tezlik bilan harakat qilsa (qo‘zg‘almas kuzatuzchining soati bo‘yicha), uning yashash vaqti necha marta uzayadi? 20.5.Kosmik nurlar tarkibidagi mezon yorug‘lik tezligining 95% ni tashkil qiluvchi tezlikda harakat qilmoqda. Mezon "xususiy vaqti" ning bir sekundiga yerdagi kuzatuvchi soatining qancha vaqt oralig‘i mos keladi? 20.6. α-zarracha massasi nolga teng boshlaig‘ich tezlikdan yorug‘lik tezligining 0,9 iga baravar tezlikka qadar tezlashganida qanchaga ortadi? 20.7.Harakatdagi elektronning massasi qanday tezlikda uning tinch holatdagi massasidan ikki marta katta bo‘ladi. 20.8. Zarracha massasining nisbiy kattalashuvi 5% dan ortmasligi uchun, siklotrondagi zarrachalarni qanday energiyaga qadar tezlashtirish mumkin. Masalani: 1) elektronlar, 2) protonlar, 3) neytonlar uchun hal qiling. 20.9. Elektron tezligi yorug‘lik tezligining 95% ni tashkil qilishi uchun u shunday tezlashtiruvchi potensiallar ayirmasidan o'tishi lozim? 20.10. Protonning bo‘ylama o‘lchamlari ikki baravar kichik bo‘lishi uchun u qanday tezlashtiruvchi potensiallar ayirmasidan o‘tishi kerak? 20.11. Mezonning to‘la energiyasi tinch holatidagi energiyasidan 10 marta katta bo‘lsa, uning tezligini toping. 20.12. Zarracha kinetik energiyasi uning tinch holatidagi energiyasiga teng bo‘lishi uchun zarracha tezligi yorug‘lik tezligining qancha ulushini tashkil qilishi kerak? 20.13.Harakatdagi elektron massasi uning tinch holatdagi massasidan ikki baravar katta. Bu elektronniig kinetik energiyasini topiig. 20.14.Energiyaning bir kaloriya o‘zgarishi massaning qanday o‘zgarishiga muvofiq keladi? 20.15. Massaning bir atom birlik o‘zgarishiga muvofiq keluvchi energiya o‘zgarishini toping. 20.16. Massaning elektronning tinch holatdagi massasi kattaligicha o‘zgarishiga muvofiq keluvchi energiya o‘zgarishini toping. Download 277.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling