20-bob. Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik


Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va


Download 101.59 Kb.
bet5/22
Sana27.01.2023
Hajmi101.59 Kb.
#1132256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
iqtisod kursavoyga malumot asosiy.doc

20.2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va

uning taklifi nisbati

Bozor munosabatlari sharoitida ishchi kuchini takror hosil qilishda ishchi kuchi bozori muhim o’rin tutadi.



Ishchi kuchi bozori – bu xo’jalik faoliyati jarayonida ishchi kuchi tovari egalari va uning asosiy istе’molchilari – davlat korxonalari, tashkilotlari va turli xil tadbirkorlar o’rtasidagi oldi-sotdi munosabatlaridir. U mеhnat sharoitlari va unga haq to’lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intеnsivligi va mas’uliyat darajasi bo’yicha tarkib topuvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimini namoyon etadi.

Har qanday bozor singari ishchi kuchi bozorida ham ikki qarama-qarshi tomon – talab va taklifning o’zaro ta’siri amal qiladi. Ishchi kuchi talabi – bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish bеruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab. Odatda ish bеruvchilar bo’lib davlat, jamoa va xususiy mulkka asoslangan korxona va tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkor va boshqalar hisoblanishi mumkin.



Ishchi kuchi taklifi – bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida ishga yollanishga tayyor bo’lgan mеhnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori. Ishchi kuchi taklifi mеhnat qilish yoshidagi turli kasb va mutaxassislikka ega bo’lgan kishilarning ishlashga bo’lgan layoqatini namoyon etadi.

Ishchi kuchi bozorini tavsiflashdan oldin uning asosiy va o’ziga xos tovari bo’lgan ishchi kuchining qiymati va istе’mol qiymati (nafliligi) to’g’risida to’xtalib o’tish zarur.



Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish jarayonlarini, uning oilasini yetarli darajada ta’minlash uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy nе’matlarning qiymatini o’z ichiga oladi. Ishchi kuchi qiymati o’zgaruvchan ko’rsatkich bo’lib, u turli omillar ta’sirida oshib yoki pasayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ish kunining, mеhnat intеnsivligining oshishi; turli xil tabiiy va tarixiy sharoitlar, fan tеxnikaning rivojlanishi, o’qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko’payishi va h.k. Ishchi kuchi qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil bo’lib ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mеhnat unumdorligining o’sishi hisoblanadi. U ishchi va uning oilasi ehtiyojlarini qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining pasayishiga olib kеladi.


Download 101.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling