20-dars. 10-sinf. 6-bo`lim. Fuqaro muxofazasi


Gidrometeorologik xavfli hodisalar


Download 31.82 Kb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi31.82 Kb.
#1475290
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-sinf. 20-dars. Kengaytirilgan bayonnoma

2. Gidrometeorologik xavfli hodisalar.
Gidrometeorologik havfli hodisalarga odamlar o`limiga, aholi punktlarini, iqtisodiyot ob`ektlarini suv bosishiga, odamlarning hayot faoliyatini buzilishiga olib keladigan va odamlarni ko`chirishni talab qiladigan suv toshqinlari, sel, jala, kuchli shamollar va boshqalar kiradi.
Dovul, to`fon - birgina shamolning turlicha nomlanishi bo`lib, ularning bir-biridan farqi tezligidadir.
Dovul (tayfun) - qattiq bo`ron bo`lib, uning chekkalarida shamol tezligi 30 m/s ni tashkil etadi. Dovul shimoliy yarim sharda soat miliga teskari, Janubiy yarim sharda soat millari bo`yicha esadi. Bu shamol 120km/s tezlik bilan harakat qiladi. Dovul paytida avvaldan tayyorlab qo`yilgan pana joylarda yoki hech bo`lmaganda erto`lada panoh topgan ma`qul. Agar tabiiy ofat paytida binoda bo`lishga to`g`ri kelsa unda uyning o`rta qismi, yo`laklar, binoning birinchi qavatida yashirinish zarur.
Dovul yoki to`fon paytida ko`chada bo`lsangiz, iloji boricha binodan uzoqroq va ariq ichiga erga yopishib yotib olish zarur.
Quyun (tornado) - diametri bir necha o`n metrdan yuzlab metrga etadigan aylanuvchi havo ustunidir. Quyun quyun bulutidan uzun hartum ko`rinishida past ergacha tushadi. Havo ustuni soat millari harakatiga teskari yo`nalishda 100m/s dan ortiqroq tezlikda aylanadi.
Ulkan havo girdobi ichida bosim doimo past, shu sababli u erga shamol ko`tara olishi mumkin bo`lgan barcha narsalar so`rib olinadi va spiral bo`yicha yuqoriga ko`tariladi.
Agar kuchli quyun vaqtida muhofaza choralari ko`tarilmasa, u odamning o`n qavatli bino balandligigacha ko`tarib chiqish mumkin, odamning ustiga uchirib ketayotgan narsa bo`laklarini olib kelib tashlashi mumkin.
Quyun yaqinlashib kelayotganda eng yaxshi qutqaruv vositasi - pana joylarda jon saqlashdir. Quyun vaqtida binoning ichida emas balki erto`lalarda yashirinish zarur. Agar ochiq erda quyunga duch kelinsa yo`l chetida, jarlik, chuqurliklarda berkinish va erga mahkam yopishib yotish kerak.


  1. Download 31.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling