20-mavzu: olamni asrang, do’stlar! Maqola va uning turlari tabiat muhofazasi muqaddas burch
Download 14.54 Kb.
|
20-MAVZU: OLAMNI ASRANG, DO’STLAR! MAQOLA VA UNING TURLARI TABIAT MUHOFAZASI – MUQADDAS BURCH! Har bir inson ona zamin quchog„ida ulg„ayar ekan, zimmasiga bir qancha muqaddas burch va shu tuproqqa mas'ullik hissi yuklangandir. Atrof- muhitni, aziz ne‟matlarni asrabavaylash, unga ehtiyotkorona munosabatda bo„lish, sevish va ardoqlash har kishining ham insoniy ham fuqaroviy ajralmas burchidir. Tabiat muhofazasi esa ana shunday ezgu maqsadlarning eng ulug„idir. Bu burch insonning atrof-muhitga salbiy ta‟siri yuzaga kelgan uzoq o„tmishdan yaxshi ma‟lum. Tabiatni muhofaza qilish deganimizda hozirgi va kelgusi avlodlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni musaffo holida saqlashga qaratilgan, ilmiy asosda amalga oshiriladigan mahalliy, davlat va xalqaro tadbirlar majmui tushuniladi. Ekologiyani saqlashning asosiy vazifalari resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy etish, tabiatni ifloslanishidan saqlash, salbiy o„zgarishlarni bashorat qilish, ularning oldini olish, hozirda yo„qolib borayotgan o„simlik va hayvon turlarini muhofazasiga jiddiy e‟tibor qaratishdan iboratdir. Tabiatni muhofaza qilishning tarixi bir necha ming yilga borib taqaladi. Bunga misol qilib, Vavilon davlatining bundan 4 ming yil oldin o„rmonlarni muhofaza qilish sohasida choralar ko„rilganligi, bu choralarni buzgan kishilar qattiq jazolanganligini va hatto o„limga mahkum qilinganligini aytish mumkin. O„rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk bobokalonlarimiz Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar tabiiy fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo„shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o„simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e‟zozlash, asrab-avaylash haqida o„zlarining qimmatli fikrlarini aytganlar. Buyuk alloma Muhammad Muso al-Xorazmiy bobomiz o„z risolalarining birida shunday yozadi: “Bilingki, daryoning ko„zlari yoshlansa, uning boshiga kulfat tushgan bo„ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig„ tutmanglar”… Mutafakkirlarning fikricha, tarixga ikki xil nuqtai nazardan yondashilgan. Ularning biri tabiat, ikkinchisi – insoniyat tarixidir. Lekin ular uzviy bog„liq, o„zaro aloqador. Chunki, inson boshqa tirik jonzotlardan tubdan farq qiladi. Inson moddiy va ma‟naviy madaniyati o„rtasidagi uyg„unlik tarixiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Umuman olganda, moddiy va ma‟naviy rivojlanish bosqichlari tabiatni muhofaza qilish ehtiyoji bilan to„qnash bo„lib kelgan. Biroq bu muammoga alohida e‟tibor XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga keldi. 1864-yili AQSHda J.Marshning “Inson va tabiat” kitobi chop etildi. Unda tabiatni muhofaza qilishning zarurligi haqida dastlabki fikrlar berilgan. 1910-yili Shvetsariyada yevropadagi birinchi tabiatni muhofaza qilish jamiyati tuzilgan. 1913 yili Bernda tabiatni muhofaza qilish bo„yicha xalqaro Kengash chaqirilgan. 1948-yilda esa tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tuzilgan. Bu harakatlar XX asrning ikkinchi yarmida ayniqsa kuchaydi. O„zbekistonda tabiatni ilmiy asosda muhofaza qilish amalda 1920-yildan kuchaytirila boshlandi. Bu o„z navbatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ulkan maqsadli rejalar tuzilishi va ko„plab natijalarga erishuvga sabab bo„ldi. Ayniqsa, ekologiyaning davlat siyosati darajasigacha ko„tarilgani, shuningdek, har bir hududlarda aholi o„rtasida olib borilayotgan turli tadbirlar, barcha ta‟lim muassasalarida yoshlar o„rtasida o„tkazilayotgan semenar treninglar, davra suhbatlari o„quvchilar ongida ona tabiatga bo„lgan muhabbatni mustahkamlashga, ular ongida ekologik ta‟lim-tarbiyaning taraqqiy topishida muhim omil bo„lib xizmat qilmoqda. GRAMMATIKA: MAQOLA VA UNING TURLARI Reja: 1.Maqola haqida ma‟lumot. 2. Maqola va uning turlari. 3.Maqola yozish ko„nikmalari. aqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo„lib, u dolzarb ilmiy muammo bo„yicha o„z fikrlarini bayon qilishdir.To„plam, jurnal,gazeta kabilar uchun yozilgan yoki ularda bosilgan hajmi uncha katta bo„lmagan ilmiy yoki publitsistik asar ma‟nosini beradi.Maqolaning quyidagi farqlanuvchi umumiy belgilari bor.Ahamiyatli hodisa yoki bir guruh hodisalarni tushunish va tahlil etish, tavsiya etilgan g„oya, nuqtai nazarni tasdiqlovchi aniq va ishonchli umumlashma va xulosalar chiqarish.Demak maqola ilmiy asar janri bo„lib, u keng ma‟noda gazeta, jurnal, to„plamlarda yoki bu soha yuzasidan jamlangan tadqiqotlarda bosilgan asarlarga nisbatan ishlatiladi. Maqola bajarayotgan vazifasiga qarab publitsistik, muammoli, nazariy, tanqidiy, ilmiy, uslubiy xarakterda bo„lishi mumkin.Bundan tashqari amaliyotda bosh maqola ham ishlatiladi.(ilg„or tajribalar bilan xunuk nuqsonlarni umumlashtiruvchi maqola) Ilmiy maqola- fan muammolari bilan shug„ullanadi, unda obyektivlik, mantiqiy izchillik aniqlik, isbot yaqqol ko„zga tashlanishi shart.Ilmiy maqola muayyan soha mutaxassislarini bilimini oshirishga qaratiladi, unda bugungacha fanda hal etilmagan muammoning mohiyatan dolzarb sanalgan bir yoki ikki qirrasi tekshiriladi. (hamma qirrasini o„rganish monografiyaning vazifasidir).Fikrlar, mulohazalar eng tipik misol, faktik material, formula, qonun bilan isbotlanadi. Siqiqlik, qisqalik, asosiy xulosani tushunarli va ishonarli qilib bayon etish olimlik salohiyatining sifat belgisi sanaladi.Har qanday kichik ishda ham inson fikri charxlanadi, o„tkirlashadi. Tadqiqotchi har kungi vaqtini reja bilan, o„rinli sarflashga o„rganishi lozim. Kun tartibi tuzib, har bir ishga zarur darajada vaqt ajratishi, bunda ilmiy ish bilan shug„ullanish uchun har kuni albatta maxsus vaqt belgilashi kerak. Agar ana shunday kun tartibiga muntazam amal qilib borilsa, qilingan mehnat samarali bo„ladi, barcha ishlarga vaqt ham topiladi. Download 14.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling