20-mavzu: pulning xalqaro munosabatlardagi xarakat reja


Download 89.08 Kb.
bet3/13
Sana16.06.2023
Hajmi89.08 Kb.
#1501773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
20-MAVZU. PULNING XALQARO

20.3.Valyutalarning turlari
Zaxira valyuta - mamlakatlar markaziy banklari tomonidan valyuta zaxiralarining tarkibini tashkil etuvchi valyuta. Zaxira valyutalari asosan paritetlarini xisoblash va valyuta interventsiyalarini amalga oshirishdada shuningdek, xalqaro savdo va to'lovlarda keng ishlatiladigan valyuta. Ilgari zaxira valyutalari asosan tovar bozorlarida to;lovlar uchun vosita (neft, oltin va boshqalar) sifatida ishlatilgan. Biroq, so'nggi yillarda, ayniqsa, Osiyoda, zaxira valyutalari eksport raqobatbardoshligini mustahkamlash maqsadida xorijiy zaxiralari (oltin zahiralari) yig’ish va moliyaviy inqirozlarni oldini olish maqsadida ishlatiladi.
Qattiq valyuta – xalqaro xalqaro savdo va hisob-kitoblarda keng qo’llanadigan, uzoq vaqt davomida valyuta kursini barqaror darajasini ta’minlab keluvchi davlatlar valyutasi.
Qattiq valyuta omillari: uzoq vaqt mobaynida xarid qobiliyatini saqlab kelish, barqaror fiscal va pul-kredit siyosatini yurituvchi, mustaqil markaziy bankkaega davlat valyutasi.
Yumshoq valyuta – odatda konvertatsiyalanishi bo’yicha cheklovlari mavjud yoki umuman konvertatsiyalanmaydigan valyutalar.
To'lov balansi zaif bo’lgan mamlakatlar pul belgilar, Odatda, davlat tashqarisida bunday pul belgilari deyarli ishlatilmaydi.
Yumshoq valyuta - kuchli siyosiy yoki iqtisodiy o’zgarishlarga nisbatan ta’sirchan mamlakatning ichki to'lov vositasi.
Bоzоr iqtisоdiyoti shаrоitidа аsоsiy dоlzаrb mаsаlаlаridаn biri - bu milliy vаlyutаning erkin kоnvеrtirlаnishini tа’minlаshdir. Milliy vаlyutаning erkin kоnvеrtirlаnishi-jаhоn хo’jаligi bilаn bоG’lаnishni, milliy хo’jаlikning jаhоn хqjаligigа chuqurrоq intеgrаtsiyalаshuvini tа’minlаydi. Vа shu оrqаli mаmlаkаt uchun ko’p tоmоnlаmа jаhоn sаvdо vа hisоb-kitоb tizimidа mаnfааt kеltirаdi. Milliy vаlyutаning erkin kоnvеrtirlаnishigа erishishning yo’llаridаn biri bоsqichmа-bоsqich, аstа-sekin o’tish. Bu yo’l vаlyutаviy chеklаshlаrni аstа - sekinlik bilаn оlib tаshlаshdаn ibоrаtdir. Buning uchun vаlyutаviy chеklаshlаrni puхtа o’rgаnib chiqmоq lоzim.
Bugungi kundа dunyodа bir nеchtа mаmlаkаtlаrdаginа vаlyutаlаr erkin kоnvеrtirlаnаdi: Аntiguа vа Bаrbudа, Аvstrаliya, Аvstriya, Bеlgiya, Brunеy, Buyukbritаniya, Kаnаdа, Dаniya, Lyuksеmburg, Finlyandiya, Frаntsiya, Gаmbiya, Gеrmаniya, Gоnkоng, Islаndiya, Indоnеziya, Irаn, Itаliya, Kiribаti, Kuvеyt, Mаrshаll оrоllаri, Mikrоnеziya, Nidеrlаnd, YAngi Zеllаndiya, Nоrvеgiya, Оmаn, Pоrtugаliya, Kаtаr, Sаudiya Аrаbistоn, Singаpur, Ispаniya, SHvеtsiya, SHvеytsаriya, Trinidаd vа Tоbаgо BАА, АO’SH, Lаtviya, Estоniya mаmlаkаtlаri vаlyutаlаri ХVF klаssifikаtsiyasi bo’yichа erkin ishlаtilаdigаn vаlyutаlаr хisоblаnаdi.
SDR xalqaro rezerv aktivi bo’lib, XVF tomonidan 1969 yilda a’zo mamlakatlar rasmiy valyuta rezervlarini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan. Uning qiymati xalqaro 4 valyutadan tashkil topgan savat orqali aniqlanadi va erkin suzuvchi valyutalarga almashtirilishi mumkin. 2009 yilning 28 avgustida SDR umumiy ajratmalari va 9 sentabrda mahsus ajratmalar joriy qilinishi natijasida SDR zahiralarining qiymati 21,4 mlrd SDR dan 204 mlrd SDR (2012 yil 20 avgust sanasidagi valyuta kurslariga ko’ra 310 mlrd USD) ga yetdi.
SDR ning global iqtisodiyotdagi roli
XVF tomonidan 1969 yilgi Bretton Vuds o’zgarmas almashuv kursi tizimini mukammallashtirish maqsadida SDR muomalaga kiritildi. Bu tizim a’zosi sanalgan har bir mamlakat o’zining davlat yoki markaziy bank oltin jamg’armasi va belgilab berilgan xorijiy valyutalarga ega bo’lishi lozim edi. Zahiradagi valyutalar xalqaro bozorlardan o’z valyutasini sotib olish va buning natijasida o’z valyutasining qiymatini saqlab qolish maqsadida jamg’arilardi. Lekin Bretton Vuds tizimining o’sha paytda SDR ga muqobil rezerv aktivlari hisoblangan dollar hamda oltin tobora kengayib borayotgan jahon savdosi va moliyaviy taraqqiyotini ta’minlab bera olmasligi aniq bo’lib qoldi. Shuning uchun xalqaro hamjamiyat XVF ko’magida yangi rezerv aktivini yaratishga qaror qildi.
Biroq ko’p yil o’tmay Bretton Vuds tizimi barham topdi va natijada asosiy valyutalar suzuvchi almashinuvchi kurs rejimiga o’tdi. Shuni ta’kidlash joizki, xalqaro kapital bozorlaridagi o’sish kredit berishga layoqatli mamlakatlar sonining ham o’sishiga olib keldi. Bu omil SDR ga bo’lgan talabning qisqarishiga olib keldi.
XVF da SDR valyuta ham, talab ham emas. SDR – egalik qiluvchi mamlakatning erkin valyutalarga bo’lgan talabidir, deyishimiz ham mumkin. SDR egalari o’z SDR larini bunday valyutalarga ikki usul yordamida ayirboshlashlari mumkin. Birinchi usulga ko’ra a’zolar tashabbusi bilan ular o’rtasida shartnoma tuziladi. Ikkinchi usulda , XVF kuchsiz tashqi pozitsiyaga ega bo’lgan mamlakatlarga o’z SDR larini kuchli tashqi pozitsiyaga ega bo’lgan mamlakatlar zahiradagi valyutalariga almashtirishda vositachilik qiladi. Bu xususiyatiga ko’ra SDR XVF va boshqaro xalqaro moliya tashkilotlarining hisob birligi vazifasini ham o’taydi.
Dastlab, SDR qiymati 0,888671 gr sof oltin qiymatiga teng bo’lgan. Bu paytda AQSh dollarining qiymati ham aynan shuncha edi. 1973 yilda Bretton Vuds tizimi qulagach, SDR qiymati hozirgi 4 valyutani o’z ichiga oluvchi savat orqali aniqlanadigan bo’ldi. SDR ning dollardagi qiymati XVF ning rasmiy veb saytida har kuni e’lon qilib boriladi. SDR qiymati savat valyutalarining turli miqdorlari yig’indisini hisoblash orqali aniqlanadi. Savat valyutalarining qiymatini belgilashda esa har kuni tush vaqtida London birjasida o’rnatilgan valyuta kurslariga asoslaniladi.
Valyuta savati tuzilishi har 5 yilda XVF ijrochi kengashi tomonidan ko’rib chiqiladi. Fond valyutalarning o’zgarishi jahon savdosi va moliyaviy tizimlarga ta’sir ko’rsatadigan holatlarda valyuta savatini muddatidan ilgariroq ko’rib chiqishi mumkin. SDR savati oxirgi marta 2010 yilning noyabr oyida ko’rib chiqilgan va 2011 yildan joriy etilgan. Valyutalarning savatdagi ulushi global tovar-xizmatlar eksport-importida va XVF ga a’zo mamlakatlar valyuta zahiralaridagi ulushiga qarab belgilanadi. 2011 yilning oktabrida XVF ijrochi kengashi tomonidan SDR savatini boshqa valyutalar bilan kengaytirish masalasi muhokama qilindi. Lekin direktorlarning asosiy qismi tomonidan SDR savatining hozirgi belgilanish mezonlari munosib deb topildi.

Download 89.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling