20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja


Download 330 Kb.
bet16/16
Sana04.02.2023
Hajmi330 Kb.
#1161536
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
20-MAVZU

Intellektual mulk – individual yoki jamoaviy sub’ektlarning ilmiy-texnik, adabiy va boshqacha ijodini mujassam etuvchi biror-bir ob’ektiv shakllarda ifodalangan ideal ob’ektlarga ega bo‘lish, foydalanish, qo‘llash munosabatlaridir. Intellektual mulk inson ongi, aqli mahsulining natijasi bo‘lib, uning chegaralari mislsiz keng, imkoniyatlari tuganmas, o‘zgarishi shunchalik tezkorki, bir necha yillar davomida intellektual mukning yangi turlari yuzaga keladi, uning tuzilmasi va funksiyalari o‘zgaradi.
Intellektual mulkning barcha ob’ektlari aqliy faoliyat natijalari yoki namoyonlaridir. Ko‘p hollarda ushbu mahsulotlar inson iste’dodining fan, texnika, adabiyot, san’at sohalaridagi bilvosita va bevosita namoyoni hisoblanadi.
Inson mehnatining boshqa mahsulotlari kabi intellektual faoliyat natijalari baholanish qiymatiga ega. Ular mahsulot ayirboshlashga tijorat asosda kiritilishi, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqacha foydali samara berishi, shaxsiy va jamoat ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Mulk sub’ekti o‘z hukumi va o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, uchinchi shaxslarni aralashtirmagan holda intellektual faoliyat mahsulotlarini o‘zlashtirish, egalik qilish, foydalanish va qo‘llashni amalga oshiradi.
Intellektual mulk mahsulotlari nomoddiy xususiyatga ega ma’lum bir axborot tashuvchilar bo‘lib, bu axborot ilmiy-texnik yoki tijorat aylanishiga faqatgina hujjatlarda rasmiylashtirilsagina, mahsulot sifatida qo‘shilishi mumkin. Ijodiy mehnat natijasi o‘laroq, intellektual mulk mahsulotlaridan ko‘pchiligining muallifi bor. Tovar belgisi va boshqacha alomatlar oddiy mehnat sub’ektlari va mahsulotlarini (tovarlar, xizmatlar) individuallashtiradi.
Intellektual mahsulotlar vaqt o‘tishi bilan axloqiy va jismoniy eskiradigan “iste’moldagi narsalar”ga mansub emas.
Intellektual faoliyat natijalaridan bir vaqtning o‘zida chegaralanmagan miqdordagi shaxslar foydalanishi mumkin. Nafaqat mulkdorlar, balki zaruriy litsenziya sotib olingach, istalgan sub’ektlar, qonunda ko‘zda tutilgan hollarda esa intellektual mahsulotning xo‘jayini ixtiyoriga zid ravishda foydalanishi mumkin.
Intellektual mulk ob’ektlari orasida tizimli aloqa mavjud. Ilmiy va texnik jarayon taraqqiyotining har bir bosqichida avvalgilariga ma’lum darajada bog‘liq bo‘lgan yangi intellektual mahsulotlar shakllanadi va rivojlanadi.
Intellektual mulk ob’ektlari intellektual faoliyat natijalariga rasman tasdiqlangan huquqlar hisoblanadi.
Intellektual mulk ob’ektlari (IMO):

  • mualliflik huquqi ob’ektlariga (fan, adabiyot va san’at asarlari);

  • oraliq huquqlar ob’ektlari (efir va kabel namoyish, ijro, fonogramma);

  • sanoat mulki ob’ektlari (ixtirolar foydali modellar va ishlab chiqarish namunalari, firma nomlari, tovar belgilari, mahsulot yuzaga kelgan joylar belgisi);

  • ilmiy va ilmiy-texnik soha ob’ektlariga (integral mikrosxemalari, seleksion yutuqlar, ixtirolar va hokazolar) bo‘linadi.

Intellektual mulkdan foydalanish huquqini birovga berishning keng tarqalgan shakli franchayzing hisoblanadi. Atama fransuzcha “franchise” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “imtiyoz”, “engillik” ma’nosini beradi. Franchayzing shartnomalari va tadbirkorlikni franchayzingli tarmoqlar shakllantirish yo‘li bilan tashkil etish tadbirkorlik sohasida qo‘llaniladi va yangi xo‘jalik majmualarini yaratish, tovar va xizmatlarni sotish tarmog‘ini (do‘konlar, restoranlar, mehmonxonalar va hokazo) kengaytirish maqsadida tuziladi.
Franchayzing qurilishi asosida bir tomon (franchayzer) boshqasiga (franchayzi) pul evaziga unga tegishli intellektual mulkdan franchayzer ishlab chiqqan va qo‘llaydigan ish yuritish tizimini qo‘llashdek zarur shartda foydalanish huquqini taqdim etuvchi kelishuv yotgan vertikal integrallashtirilgan tizimdir.
Franchayzing, franchayzer va franchayzi orasidagi o‘zaro munosabatlarning ancha murakkab tizimi va har xil shakllarini taqozo qiladi. O‘zaro munosabatlar ishtirokchilarning sohaviy mansubligi, strategik maqsadlari, resurslari, mintaqaviy joylashuvi va boshqalarga bog‘liq, shu sababli shartnoma yagona modelini ishlab chiqish deyarli mumkin emas.
Franchayzingga xos bir qator belgilarni alohida ajratish mumkin. Bular quyidagilar: franchayzerda intellektual mulkka rasman tan olingan huquqlar va ish yuritish tizimining (ishlab chiqilgan standartlar, nou-xau va hokazolar) mavjudligi. SHartnoma tuzish oldidan franchayzer ish yuritish uchun franchayziga zarur ma’lumotlarni oshkor etishi, hamkorlik jarayonida esa zaruriy yordam ko‘rsatishi (texnik hujjatlar, o‘qitishi va hokazo) lozim. Franchayzi ishlarni franchayzer talablariga to‘la muvofiq tarzda olib borish, o‘z mablag‘lari hisobidan ishga sarmoya kiritish va franchayzerga tomonlar kelishuvidagi mukofotni to‘lash mas’uliyatini oladi. Franchayzing munosabatlar uzoq muddatligi va tomonlar yuridik mustaqilligini ko‘zda tutadi.
Foydalanuvchi huquq egasining ishlab chiqarish sirlari va undan olgan maxfiy tijoriy axborotlarni oshkor etmasligi; huquq egasi firma nomi va tijoriy belgisidan shartnomada ko‘rsatilgan tarzda foydalanishi; ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining bevosita huquq egasi ko‘rsatayotgan muqobil xizmatlar sifatiga mos kelishini ta’minlashi; huquq egasi qo‘llaydigan, jumladan, tijorat xonalarining tashqi va ichki bezatilishiga tegishli alohida huquqlar majmuidan foydalanish xususiyatlari, usullari va shartlari muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha huquq egasi yo‘riqlari hamda ko‘rsatmalariga rioya qilishga majbur.
Foydalanuvchi, shuningdek, iste’molchilarni tijorat konsessiyasi shartnomasiga ko‘ra, u huquq egasining firma nomi, tovar belgisi yoki individuallashtirish boshqa vositasidan foydalanilayotganligidan xabardor qilishi hamda iste’molchilarga ular bevosita huquq egasidan xizmatni olgan taqdirlarida kutishlari mumkin bo‘lgan barcha qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish lozim.
Evropa Ittifoqi Evropaning aksariyat patentlari amerikalik va yaponiyalik firmalarga tegishli ekanligidan xavotirlanib, Hamjamiyat patenti haqidagi Nizomni ma’qulladi va bu AQSH hamda YAponiyada mavjudlariga taqqoslasa bo‘ladigan patentni Evropada olish uchun harakat qilishga imkon berdi, shu bilan innovatsion imkoniyatlarni kuchaytirib, evropalik kompaniyalar raqobatbardoshligini oshirdi.
Internetdan tijorat maqsadlarida foydalanishning o‘sishi bilan mualliflik huquqlari buzilishi bilan bog‘liq ishlar soni keskin ko‘paydi. Evropa Ittifoqida kichik va o‘rta tadbirkorlik hamda individual ixtirochilar ehtiyojlariga mo‘ljallangan internet patent taqsimlash xizmati (DIPS) tashkil etildi.
Patent va litsenziyadan tashqari ko‘pgina mamlakatlarda quyidagilar intellektual mulk himoya shakllari hisoblanadi:

  • kopirayt (ishlab chiqarish huquqi) – adabiyot, san’at, audio yoki videoasarlarni chiqarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yor. Asarga tushiriladigan aylana ichidagi lotincha S harfi mazkur asar mualliflik huquqi bilan himoyalanganini bildiradi;

  • tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi – tovarlarni bajarilayotgan ishlarni hamda yuridik yoki jismoniy shaxslar ko‘rsatayotgan xizmatlarni individuallashtirish uchun xizmat qiluvchi belgilardir.

Firma nomi qayd etilgach, muddatsiz hisoblanib, firma tugatilsa barham topadi, ammo sotilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 8 fevraldagi PQ-4168-sonli qaroriga asosan tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga doir mutlaq huquq, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi (keyingi o‘rinlarda tovar belgisi) o‘sha kunning o‘zida tovar belgisi haqidagi ma’lumotlarni Agentlikning rasmiy veb-saytida majburiy tarzda joylashtirgan holda Tovar belgilari davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab vujudga keladi6.
Ushbu qonunga ko‘ra, fan, adabiyot va san’at asarlariga mualliflik huquqi uning yaratilishi bilan yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalda tatbiq etilishi uchun asarni qayd etish, asarni maxsus rasmiylashtirish yoki boshqa bir rasmiyatchilikka rioya qilish talab etilmaydi.
Alohida mualliflik huquqi egasi o‘z huquqlarini e’lon qilishi uchun asarning har bir nusxasida joylashtiriladigan va uch unsurdan iborat mualliflik huquqini qo‘riqlash belgisidan foydalanish huquqiga ega: aylana ichidagi lotincha C harfi, alohida mualliflik huquqiga ega shaxsning nomi, asar birinchi nashrining yili.
Xizmat majburiyatlari yoki ish beruvchi xizmat topshirig‘ini bajarish tartibida yaratilgan asarga mualliflik huquqi xizmatga doir asar muallifiga tegishli. Biroq xizmatga doir asardan foydalanishga alohida huquqlar muallif mehnat munosabatlarida bo‘lgan (ish beruvchi) shaxsga tegishli, agar u va muallif orasidagi kelishuvda boshqa shart ko‘zda tutilmagan bo‘lsa. Xizmatga doir asarning foydalanish har bir turiga mualliflik mukofoti hajmi va uni to‘lash tartibi muallif bilan ish beruvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadi.
Qonun muallif roziligisiz va mualliflik haqisiz (asaridan foydalanilayotgan muallif nomi, olingan manbani ko‘rsatish sharti bilan) asardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladigan holatlarni belgilaydi. Ilmiy, tadqiqot, polemik, tanqidiy va axborotga oid maqsadlarda huquqiy e’lon qilingan asarlardan ko‘chirma (sitata) maqsadi bilan o‘zini oqlaydigan hajmda ko‘chirma keltirishga yo‘l qo‘yiladi: gazetalarda, efirda joriy siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalar bo‘yicha maqolalarni chiqarish hamda omma oldida aytilgan siyosiy nutqlarni keltirish.
Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va o‘limidan keyin 70 yil amalda bo‘ladi. Mualliflik huquqi meros bo‘yicha o‘tadi. Mualliflik huquqi, muallif nomiga huquq va obro‘sini himoya qilish huquqi muddatsiz qo‘riqlanadi, ammo meros bo‘lib o‘tmaydi. Asarlarga mualliflik huquqi amal qilish muddatining tugashi ularning jamoat mulkiga o‘tishini bildiradi va bu har qanday shaxsga undan mualliflik haqini to‘lamasdan foydalanish huquqini beradi.
Download 330 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling