20-modda. Markaziy bank boshqaruvining vakolatlari


Download 19.56 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi19.56 Kb.
#1151913

20-modda. Markaziy bank boshqaruvining vakolatlari
Markaziy bank boshqaruvi:
pul-kredit siyosatining asosiy parametrlarini, shu jumladan likvidlilikni berish va olib qo‘yish bo‘yicha Markaziy bank operatsiyalarining hajmlari, limitlari va normativlarini, Markaziy bankning pul-kredit operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalarini, shu jumladan qayta moliyalashtirish stavkasini va (yoki) asosiy stavkani, majburiy zaxira talablarining miqdorlarini (majburiy zaxiralar normativlarini, majburiy zaxiralarni o‘rtachalash koeffitsiyentini) va beriladigan kreditlarga doir ta’minot turlarining ro‘yxatini belgilaydi;
kelgusi yil uchun pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tasdiqlaydi;
Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini tasdiqlaydi;
Markaziy bankning xalqaro tashkilotlarda ishtirok etishi, shuningdek xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzishi hamda ularga qo‘shilishi masalasini ko‘rib chiqadi;
pul belgilarining nominal qiymatini, namunalarini va ularni qaytarib olish shartlarini belgilaydi;
Markaziy bankning buxgalteriya hisobini, hisobotini va moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritish tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar, shu jumladan tizimli ahamiyatga molik banklar, shuningdek banklar guruhlari, mikromoliya tashkilotlari hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari uchun prudensial normativlarni hisoblab chiqarish tartibini va ushbu normativlarning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlarini belgilaydi;
(20-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
kredit tashkilotlari uchun moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish, buxgalteriya hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlaydi;
kredit tashkilotlari, banklar guruhlari va kredit byurolari uchun moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish qoidalarini, uning tuzilishini va mazmunini tasdiqlaydi;
bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyani berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
(20-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyani berish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuniga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini, Markaziy bank markaziy apparatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha bosh boshqarmalarining tuzilmasini hamda ularning shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Markaziy bank tasarrufidagi tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish hamda tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Markaziy bankning xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi;
Markaziy bankning yillik va moliyaviy hisobotlarini ko‘rib chiqadi;
Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalarining hamda tasarrufidagi tashkilotlarning rahbarlarini tasdiqlaydi;
Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalari, o‘z tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini va ma’ruzalarini eshitadi;
Markaziy bankning Kredit qo‘mitasi va Bank nazorati qo‘mitasi nizomini hamda tarkibini tasdiqlaydi;
Markaziy bank Kredit qo‘mitasining va Bank nazorati qo‘mitasining hisobotlarini hamda ma’ruzalarini eshitadi;
Markaziy bank faoliyatini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda boshqarishga doir siyosatni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq Markaziy bank xodimlarini ishga yollash, mehnat shartnomasini bekor qilish, ularning mehnatiga haq to‘lash shartlarini, shuningdek ularning kreditlar olishi tartibini belgilaydi;
bank tizimi masalalari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablar doirasida qarorlar qabul qiladi;
(20-moddaning yigirma ikkinchi va yigirma uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
xalqaro zaxiralarni boshqarish, hisobga olish va saqlash strategiyasini belgilaydi;
kredit tashkilotlarining o‘z xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarini amalga oshirishi chog‘idagi faoliyatiga doir minimal talablarni tasdiqlaydi;
kredit byurolarining faoliyatiga doir talablarni tasdiqlaydi;
Markaziy bank vakolatlariga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqadi va hal qiladi.
Download 19.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling