20-sonli umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-ona (qonuniy vakili ) o‘rtasidagi
bolani DMTTdan olib ketishni voyaga etmagan yoki begona shaxslarga topshirmaslik
Download 29.45 Kb.
|
02 02 шартнома (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. To‘lov tartibi: 7.
- V. Taraflarning javobgarligi
- VII. Nizolarni hal qilish tartibi
- VIII. Fors-major holatlari
bolani DMTTdan olib ketishni voyaga etmagan yoki begona shaxslarga topshirmaslik;
ertalab bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda DMTTga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish; Qonuniy vakilning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari xam bo‘lishi mumkin. IV. To‘lov tartibi: 7. DMTTda tarbiyalanuvchining bo‘lgan davri uchun bir oylik badal to‘lovi _______________________________so‘m. Agar ota-onaning ikki yoki undan ortiq bolalari DMTTga qatnagan taqdirda badal to‘lovlar _________________________ so‘mni tashkil etadi. Bunda:1 oilada 2 va undan ortiq bolalar turli DMTTlarga qatnasa ota-ona tegishli ravishda bir DMTTdan boshqasiga farzandlarining boshqa DMTTga qatnashi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani hamda oila a’zolari haqidagi fuqarolarning o‘zini- o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasini taqdim etishlari lozim. 8. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to‘lovi miqdori qonun hujjatlariga muvofiq o‘zgargan taqdirda bu haqida DMTT ma’muriyati tomonidan qonuniy vakilga ma’lum qilinadi hamda shartnomaga ko‘shimcha kelishuv tuziladi. 9.DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to‘lovi har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalarni saqlash uchun to‘lovlar esa bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lanadi. Bunda to‘lovlar bolaning shu oyda DMTTga qatnaydigan kunlarga mutanosib ravishda to‘lanadi. 10. Bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli, shuningdek, qonuniy vakil ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola DMTTga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi. Bolaning yoki uning oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli bolaning DMTTga kelmaganligi tegishli davolanish profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart. Tarbiyalanuvchi DMTTga kelmasligiga qonuniy vakilning uzrli sababi ko‘rsatilgan holda DMTT rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi tarbiyalanuvchining joyi to‘lovsiz saqlanib turishiga asos bo‘lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha DMTTga kelmasligiga ruhsat beriladi. Bolaning uyda qolgan boshqa barcha holatlarda qonuniy vakil tomonidan to‘lovlar umumiy asoslarda to‘lanadi. Tarbiyalanuvchi uchun ikki oy mobaynida uzrli sabablarsiz ota-ona to‘lovi to‘lanmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinib, tarbiyalanuvchi DMTTdan chetlashtiriladi. 11. Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendarь kuni mobaynida tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun mavjud bo‘lgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu DMTTga tiklanadi. Ko‘rsatilgan muddat o‘tib ketgan hollarda, DMTTga bolani qabul qilish umumiy asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi. Tarbiyalanuvchining DMTTga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilishi to‘g‘risida qonuniy vakilning yozma arizasi bo‘lmagan hollarda ota-ona to‘lovi to‘liq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi. O‘tgan oy uchun ota-ona to‘lovining qolgan qismi to‘langandan so‘ng tarbiyalanuvchini DMTTga qatnashiga yo‘l qo‘yiladi. Qonuniy vakilning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning DMTTga qatnashi butunlay to‘xtatilgan taqdirda, to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun, ya’ni tarbiyalanuvchi amalda DMTTga qatnagan kunlar uchun to‘lanadi. V. Taraflarning javobgarligi 12. Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda, ular O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar . VI. SHartnomani o‘zgartirish va bekor qilish 13.Taraflar shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda va amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirishi mumkin. 14. SHartnoma bajarilishini bir taraflama rad etish yoki shartnoma shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga faqat qonun hujjatlariga asosan yo‘l qo‘yiladi. VII. Nizolarni hal qilish tartibi 15.Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi. 16. Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yozma ravishda tuzilib, taraflar imzolagan taqdirda haqiqiy xisoblanadi. 17. Ushbu shartnoma bo‘yicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar, qoidaga ko‘ra, ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar. 18. Taraflar o‘rtasida o‘zaro hal qilinmagan nizolar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda sud tartibida hal qilinadi. 19. Mazkur shartnomada ko‘zda tutilgan holatlar amaldagi qonunchilik tartibida hal etiladi. VIII. Fors-major holatlari 20. Taraflar shartnomani fors-major holatlari, ya’ni engib bo‘lmaydigan kuch, favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar tufayli majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar bo‘lmaydilar. 21. Sodir bo‘lgan fors-major holatlari to‘g‘risida taraflar bir-birlarini ushbu holatlar yuz bergan holda zudlik bilan yozma yoki og‘zaki tartibda xabardor qilishi shart. 22. Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati engib bo‘lmaydigan kuch holatlarini davomiyligini hisobga olib shartnomani amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin. IX. YAkuniy qoidalar 23 .Mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va 2021-yil dan “____________” 202__yil “___”-kuniga qadar amal qiladi 24. Mazkur shartnoma o‘zbek tilida bir hil yuridik kuchga ega bo‘lgan holda ikki nusxada tuzildi, bir nusxasi DMTTda, ikkinchi nusxasi konuniy vakilda saqlanadi. Download 29.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling