20-variant 1 – topshiriq


Download 28.67 Kb.
Sana17.11.2019
Hajmi28.67 Kb.

20-variant

1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.

  1. Ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari

  2. Kichik maktab yoshida o‘quv faoliyati borasidagi tadqiqotlar.

  3. O’yin maktabgacha tarbiya yoshida yetakchi faoliyat sifatida


1. Ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari

Chaqaloqik davri. Odamzod bolasi boshqa jonzodlar bolasiga nisbatan ancha zaif tug’iladi. Unda zarur fiziologik funksiyalarning kechishi uchun zarur bo’lgan shartsiz reflekslari, himoya refleksi va orientirovka reflekslaridir. Chaqaloqlik davrida bosh miyaning rivojlanishining zarur sharti – analizatorlarning aktiv ishlashidir. Agar chaqaloq sensor izolyatsiya holatiga tushib qolsa, uning rivojlanishi keskin ravishda orqada qola boshlaydi. 2-3 oylikka borganda bolaga tashqi muhitga va kattalarga nisbatan maxsus emotsional harakat paydo bo’ladi. Oyog`i va qo’llari bilan tipirchilay boshlaydi. Bu reaksiya jonlanish kompleksi deb ataladi. Uning paydo bo’lishi chaqaloqlik davri tuguganligini bildiradi.

Go’daklik davri. 2-3 oydan 1 yoshgacha davrni o’z ichiga oladi. Bu yosh davrda yetakchi faoliyat kattalar bilan emosional muloqotdir. Bu muloqot sekin-asta birgalikda faoliyatga aylanib boradi. Muloqot davomida nutqning asoslari rivojlanib boradi. 2 oydanoq bolalarda g’o’ldirash belgilari paydo bo’ladi.

Sekin-asta taqlid asosida bola ona tilining fonemasini o’zlashtira boshlaydi. 1 yoshda bola 30-40 ta so’zni o’zlashtirish kerak. Kattalar bilan muloqot davrida bolaga yurish, predmetlar bilan harakat qilish o’rgatilgandagina bola tarbiyalanadi va psixik taraqqiyot yuz beradi.

O.Bryune ma’lumotlariga ko’ra bolalar hayot sharoiti va tarbiya uslubidan qat’iy nazar psixik rivojlanishda bir xil natija ko’rsatadilar. 1 yoshgacha bo’lgan davrda ota-onasidan ajralgan bolalar oiladagi sharoitidan qat’iy nazar psixik rivojlanishdan orqada qolar ekanlar.

1 yoshgacha bo’lgan davrda bola psixik jarayonlar va sifatlarning rivojlanishida katta natijalarga erishadi. Avval boshini tutishni, emaklashni, 6 oyga borib, o’tirishni o’rganadi. 3-4 oylikdayoq predmetlarni ushlay boshlaydi va harakatlarni namoyon qiladi. Bu harakatlar avvaliga tartibsiz bo`lib, bola ko’p xato qiladi, keyinchalik sekin-asta harakatlar aniqlasha boradi. Go’dak predmetlar bilan oddiy manikulyasiya qilishni o’rganadi. So’ngra bu oddiy harakatlar ichki planga – ko’rish idroki planiga o’ta boshlaydi. Go’daklikning oxiriga kelib bolalarga taqlidchanlik kuchayadi.



Ilk bolalik davri. Ilk bolalik davrining oxiriga kelib boshqa faoliyat turlari, masalan, qiyin va produktiv faoliyati (rasm chizish, plastilindan narsa yasash) rivojlana boshlaydi.

Bu yosh davri nutqning rivojlanishidagi senzitiv davri hisoblanadi.

1,5 yoshgacha bola 100 tacha, 2 yoshgacha 300 tacha, 3 yoshgacha 1500 so’zni o’zlashtiradi.

Tilning grammatik tuzilishini o’zlashtirish bir necha bosqichga bo’linadi.

Avtonom nutq davri 1-2 yoshda bo’lib, nutq amorf so’z o’zaklardan iborat.

3 yoshgacha davrda esa ona tilining grammatik tuzilishini o’zlashtira boshlaydi.

Ilk bolalik davrida predmetlik faoliyati asosida tafakkur rivojlana boshlaydi.

Tushunishning eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini yengil o’zlashtirib oladi.

Maktabgacha yosh davri. 3 yoshdan 7 yoshgacha organizmning intensiv o’sishi davom etadi. Bosh miya og’irligi 1350g-gacha yetadi, ikkinchi signal sistemasi rivojlanadi. Bolaning ijtimoiy situasiyasi o’zgaradi.

Rolli o’yinlar jarayonida ular katta odamlarning barcha vazifa va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. Rolli o’yinlarni vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri, bolada o’z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish tuyg’usining mavjudligidir. Bolalarning o’yin faoliyati D.B.Elkonun, A.S.Slavina, A.P.Usova va boshqa psixologlar o’rganishgan. O’yin faoliyati ixtiyoriy diqqat va xotiraning, tafakkurning rivojlanishini belgilab beradi.

Ilk bolalik davrida Bolaning tafakkuri turli faoliyatlarda, xususan, o’yin faoliyatida rivojlanadi. Bilish jarayonlari va o’yin faoliyati bola nutqini rivojlantiradi. Bolaning nutqi situativ xarakterga ega, maktabgacha yosh davrining oxiriga kelib esa u o’z ona tilini, grammatik tuzilishini yaxshi o’zlashtiradi, ichki nutq paydo bo’ladi, nutq alohida faoliyat tarzida shakllanadi. Bolaning shaxsiy xulq atvori aktivligida esa motivlar shrarxiyasi paydo bo’la boshlaydi. O’zining va tengdoshlarining ishlarini baholay boshlaydi. Shu tarzda o’z-o’zini baholash yuzaga keladi. Maktabgacha yosh davr davomida maktab ta’limiga tayyorlik shakllanadi. 6 yoshli bolada bilimga qiziqish, (narsa va hodisalarning xossalarini qidirish va taqqoslash, ajablanish) oddiy aqliy operasiyalarni bajara olish qobiliyati shakllangan bo’lishi, emosional irodaviy jihatlari, muloqot ko’nikmalari yetarlicha bo’lishi kerak.
2. Kichik maktab yoshida o‘quv faoliyati borasidagi tadqiqotlar.
Bugunga kunda mamalakatimizning rivojlanishi va ravnaqi uchun xizmat qiladigan, aqliy rivojlangan, iste`dodli yoshlarni tarbiyalash talab etilmoqda. Shunday ekan ta`lim jarayonini mukammallashtirmay jamiyat talab etayotgan yoshlarni shakllantirib bo`lmaydi.

Ma’lumki, har qanday insonning o’sish, rivojlanish va shakllanish davrlari ta’lim-tarbiya faoliyatisiz amalgam oshmaydi. Aqliy taraqqiyot va ta’lim-tarbiya, bir-biriga chambarchas bog’liq faoliyatdir. Ta`lim tizimini tubdan isloh qilish hozirgi davr talabi bo`lib, ta`lim tizimidagi o`zgarishlar, o`quv dasturini mukammallashtish, muammoli darslarni tashkil qilish ta`limni mukammallashtirishga qaratilgandir. Ta`lim jarayonida o`quvchi faollik ko`rsatmasa amalgam oshirilayotgan tadbirlar ko`zlangan natijani bermaydi. Ta`lim jarayonida o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish ham muhimdir. Ta`lim jarayonida ular, maktab o`quvchilariga qo`yiladigan har – xil talablar bilan tanishadi. Fanlarni o`zlashtirish uchun psixologik jihatdan tayyorlanadi. Ular psixikasida bilim olish uchun ko`nikma, malakalar yeterli darajada rivojlanib boradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining asosiy faoliyati o`qish hisoblanadi. O`quv faoliyati boladan nutq, tafakkur, qobiliyat rivojlnishi uchun yangi sharoit yaratadi. Maktabga kelgash bola o`z atrofidaglar bilan psixologik jahatdan yangi munosabat tizimiga o`tadi. U o`zining hayotini tubdan o`zgartirishni, unga yangi mjburiyatlar, o`quv faoliyati talablariga bo`y so`nish, har kun maktabga borishni his eta boshlaydi.oila a`zolarining bola o`quv faoliyati yutiqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangicha shakldagi munosabat uning ijtimoiy mavqei o`zgarganligini to`la his etishga o`ziga nisbatan munosabatning o`zgarishiga asos bo`ladi. Ta`lim jarayonidagi barcha imkoniyatlar orqali ularning bilimlar egallsh ko`lami kengayadi, qiziqishlari ortadi, ijodiy izlanish qobilayati rivojlanadi, tafakkurning faolligi, mustaqilligi ortadi, aqliy imkoniyatni ishga solish vujudga keladi. Ular har bir narsaga berilib, sinchkovlik bilan ular o`rtasidagi farqni ajratish, umumlashtirish, xulosa chiqarish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Bola maktabga qadam qo`yishi bilanoq unga bo`lgan munosabat va talablar orqali o`ziga xos bo`lgan aqliy rivojlanish xususiyatlari uchun imkoniyatlar va shart – sharoitlar yaratish oila, maktab ta`lim tizimiga ulkam ma`suliyat hissini yuklaydi.

Yosh avlodni har tomonlama yetuk axloqiy odobli, kishilar bolib yetishishi hozigi kunning muhim vazifadir. Ma’lumki o’quvchilar shaxsini shakllantirish ishlarini namunali yo’lga qo’yish uchun avvallo ularning harakter xususiyatlarini qanchalik tarkib topganligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Har bir o’quvchi axloqiy tushunchalarni qanday o’zlashtirgani aniqlamay ular bilan yakkama yakka munosabatga kirishish mumkin emas.

Boshlang’ich sinf o’quvchilar ishonuvchan tashqi tasurotlarga beriluvchan bo’ladilar. Buyuk alomallarimiz ta`kidlaganidek, kishining fe’l atvori hammadan ko’ra ko’proq hayotiningdastlabki yillarida tarkib topadi va unda shu davrda paydo bo’lgan sifatlar mustahkam o’rnashib kishining ikkinchi tabiatiga aylanadi. Insonning ikkichi tabiatida tabiiy hissiyotlarni fazilatlarni tarkib toptirish yukask axloq normalarini shakllantirish uchun butun ma’suliyat boshlang’ich sinf o’qituvchisining zimmasiga tushadi. Bolaning mazkur davrida o’qituvchining har bir gapi har bir hatti harakati ta’sir ko’rsatish uning uchun haqiqat mezoni vazifasini bajaradi. Chunki o’quvchilar o’qituvchilarga qattiq ishonadilar. Uning fikr mulohazalariga quloq soladilar. Pedagogik nazokatida jiddiy tasvirlanadilar. Talablarga hamisha amal qiladilar. U bergan topshriqlarni bekamu kust bajarishga intiladilar. Ana shu davrga o’qituvchi uchun o’qituvchilarning ma’naviyatiga ta’sir ko’rsatish ijobiy his tuyg’ulari va ezgu niyatlarini qullab quvvatlash ularni atrofdagi kishilar yordam berishga undoshadi. To’g’ri mulohaza yurtishga o’rganish noma’qul qiliqlardan tiyish va musiqa tinglashga odatlantirish ularga nimalar bilan shug’ulanish kerakligini burch hissini tushuntirish ular bilan o’qilgan kitoblarni ko’rilgan tomoshalarni muhokama qilish imkoniyati tug’iladi.

O’qituvchining o’quvchilar bilan mazmunli suhbatlar o’tkazishi shu ularni g’aroyibotlar olamiga olib kirishi faollik sari yetaklashi alohida ahamiyat kasb etadi.

Kichik makltab yoshdagi o’quvchilarning axloqiy sifatlarni rivojlantirishdagi koz’langan maqsadga erishish uchun ularnin yoshi va psixologil xususiyatlarini xisobga olish shart

Ma’lumki oquvchilarning psixologik xususiyatlari har hilbo’lib bir o’quvchiga muvaffaqiyat bilan qo’llangan tarbiyaviy ta’sir vositasi boshqa birga qo’llanilganda kutilgan natijani bermasligi mumkin. Tarbiyaviy tadbirlash o’quvchilarga yakkama-yakka yondoshib amalgam oshirilsa yaxshiroq samaraga erishilishi shubhasizdir.

Mana shuday yondashishlar o’quvchi shaxsining xususiyatlariga va uning muayyan davidagi psixologik holatiga mos tarbiyaviy vositalarni tanlash va yangi vositalarni topish.

O`qishni talab qiladi. Bunda o’qituvchining o’quvchilarga g’amxo’rligi pedagogik odobi o’z hatti harakatining natijasini oldindan ko’ra olish muhim ro’l o’ynaydi.

Mazkur vazifalarni amalgam oshirish o’qituvchi o’quvchilarning xususiyatlarini qanchalik o’rganganiga bog’liqdir. Ta’lim jarayonida har bir o’quvchining psixik dunyosiga oqilona yo’l topa olish muvoffaqiyatlarning garovidir.

Ta'lim - tarbiya jarayonida bolalarni hayoti va faoliyatini shunday uyushtirish lozimki bunda bolalarda shaxsning kichik yoshda o`quvchilarda tarkib topgan xususiyatlar toboro boyib va mustahkamlanib boradi. Maktab ta'limini dastlabki yilaridagi qiziqishlar, hususan bilishga bo`lgan qiziqishlar, tеvarak atrofdagi olamni bilishga bo`lgan qiziqish ko`proq intilеktual qiziquvchanlikni sеzilarli ravishda rivojlantiradi.

Psixologlarni ta'kidlashicha, dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olinadigan hodisalarga nisbatan qiziqishlar hosil bo`ladi. O`qish faoliyatida kichik yoshdagi o`quvchilarning aqliy jarayonlari bilish uchun bo`lgan qiziqishlar bilan faollashib qiziqisho`quvchilarning aqliy faoliyati asosida paydo bo`ladi va uning shaxsiy individual sifatida o`quvchilarning ana shu ayliy faoliyatini yanada rivojlantiradi. O`quvchilarning qiziqishlari mazmuni, barqarorligi jihatdan hilma –xildir. Kеng mazmunli va barqaror qiziqishlar o`quvchilarning yoshligidan paydo bo`la boshlaydi.

Ma'lumki I-II sinf o`quvchilarida hali yaqqol namoyon bo`lmaydi, o`quvchilar o`qish jarayonida hamma narsalarga qiziqishbilan munosabatda bo`ladilar. O`zlari o`zlashtirgan faoliyat ularni qanoatlantiridi. Kеyinchalik esa sabablarni , qonuniyatlarni hodisalar o`rtasidagi aloqa va bog`liqliklarni bilib olish uchun bo`lgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar I-II sinf o`quvchilarini “Bu nima?” – dеgan savol ko`proq qiziqtirsa, bir muncha kattaroq yoshdagi bolalar uchun “Nima sababdan?” , “Qanday qilib?” dеgan savollar muhim bo`lib qoladi. O`qish malakasining rivojlanishi bilan kitob o`qishga qiziqishyuzaga kеladi. Dastavval kitob o`qishga, undan so`ng esa mazmuni o`tkir va qiziqarli bo`lgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni o`qishga, bundan so`ng qiyin bo`lmagan ilmiy sarguzashtlar haqida kitoblarni o`qishga qiziqish paydo bo`ladi.

Ma'lumki I-II sinf o`quvchilarini o`zlashtirayotgan matеrialni mazmuni, o`quish ishlarining ayrim usullari o`ziga jalb eta boshlaydi. III va IV sinf o`quvchilarining mustahilligi o`sib boradi. Bu yoshdagi o`quvchilar aqliyfaoliyat usullari, o`z xotirasi, nutqi, diqqati hamda irodasini o`stirish uchun bog`liq bo`lgan barcha ishlarga qiziqa boshlaydi. IV sinfda o`quvchilar o`zlarining har xil fanga bo`lgan aniq bеlgilaydilar. Bu fanlardan ba'zilarga ko`proq e'tibor bеrib uni yoqtirsalar, ba'zilarini yoqtirmaydilar. O`quvchilar qaysi ishdan ko`proq qanoat hosil qilsalar, shu ishlar ularda qiziqish paydo qiladi. Bola ma'lum ishni bajarayotganda o`ziga bo`lagan ishonchni yo`qotmasligi, o`ziga topshirilgan ishni bajara olishini bilish, buning uchun esa faqat g`ayrat – jijoat halollik ko`rsatish kеrakligini anglashi kеrak. O`quvchilarda ta'lim va tarbiya olish, dam olish tartibining to`qri uyushtirilishi ham o`quvchilarda qiziqishlarning barqaror bo`lishiga muhim ahamiyatga ega.


3. O’yin maktabgacha tarbiya yoshida yetakchi faoliyat sifatida
Go`dakning bir yoshgacha davrdagi psixologik xususiyatlarini o`rganish bo`yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin, M.P.Dеnisova, M.Yu.Kistyakovskaya, A.Vallon, D.B.Elkonin, Е.A.Arkin, S.Fayans, Sh.Byulеr, F.I.Fradkinalarning asarlari aloqida aqamiyatga molikdir. S.Fayans tajribasida go`dakka chiroyli va jozibador o`yinchoqlar 9 sm masofadan ko`rsatilganda u butun vujudi bilan ularga intilgan, kеyinchalik oraliq 60 sm bo`lganida bolaning intilishi, qo`l cho`zishi, sustlashgan, cho`zilishi, itiyorsiz qarakati mutlaqo so`ngan. U o`yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga qam ana shunday bеfarq qaragan. Masofaga qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuza-tish mumkin. Tadqiqotchi A.V.Yarmolеnko yarim yoshlik go`daklarda jozibali narsalarning o`zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan ma'lumotlarga qaraganda go`dak bеqisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. Shu bilan birga qarakatsiz ko`ruv qo`zqatuvchisiga diqqatni to`plash 26 sеkundddan 37 sеkundgacha qarakat qilmayotgan odamga bolaning tikilishi, 34 sеkunddan 38 sеkundgacha, xarakatdagi ko`ruv qo`zqatuvchisiga qarashi 41 sеkunddan 78 sеkundgacha, harakatdagi insonga e'tibor bеrishi 49 sеkunddan 88 sеkundgacha ortgan. Tajribada go`dakning xarakatlanayotgan odamga diqqatini to`plab turishi 4 marotaba ortgani aniqlangan. Go`dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqaror qaratishi uning kattalarga munosabati o`zgarganidan emas balki ular bilan aloqaga kirishganda sust rеtsеptor o`rnini faolroqi egallaganidandir. Go`dakda fazoviy tassavvurning boyishida jumlalarning idrok qilishidagi farqlashning takomillashuvi muqim vosita xisoblanadi. qayot tajribasi ortib borishi mashqlar natijasida jismlarning alomatlari va bеlgilarni o`quvi paydo bo`ladi.

Olimaning fikricha 3- oydan 6 oylikkacha bolada katta yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo`lishi vujudga kеladi. Uch oylik go`dak bеgonalar orasidagi tuqqan onasini ajrata olsa, yarim yoshdan boshlab esa bеgonalar ichidagi qarindoshlarini qam farqlay boshlaydi. M.Yu.Kistayakovskaya ma'lumotiga ko`ra, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikiladi, kеyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o`giradi, xatto, qo`rqib yiqlab yuboradi. Bolada o`zini parvarish qilayotgan yaqin kishilariga boqlanib qolishi sodir bo`ladi. Ana shu sababli onasini yoki enagasini ko`rsa qiyqirib qarshilaydi, unga talpinadi, qo`l-oyoqini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarim yoshga to`lganda atrofdagi yaqin kishilari, qarindosh-uruqlariga, xatto qo`ni -qo`shnilarga qam boqlanib (o`rganib) ko`nikib qoladi. Taxminan 8-9 oyligidan kattalar bilan dastlabki o`yin faoliyatini boshlaydi.O`yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik, tuyqulari avval faqat kattalar ishtirokida namayon bo`ladi, vaqt o`tishi bilan uyinning o`zi bolaga quvonch baqishlaydi. Go`dak bir yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti-xarakatlarini izchil kuzatishdan tashqari unda asta-sеkin ularning ko`mak bеrish ishtiyoqi tuqiladi. Natijada bola individual faoliyat turidan qamkorlikdagi faoliyatga qam o`ta boshlaydi. Ma'lum, qamkorlikdagi faoliyat muloqot ko`lamini kеngaytirishga yordam bеradi. Bolaning umumpsixologik taraqqiyoti faqat o`yin jarayonidagi (A.Lеontеv) amalga osqisqini inobatga olib ularning o`yinlarining mazmunan boyitisqiga katta e'tibor qaratishimiz lozim. Boq`chqa yosqidagi bolalarning suyujеtli va rollarga bo`linib, o`ynaladigan o`yinlari dеyarli q amma vaq t jamoa q olda amalga osqiriladi. Syujеtli va rollarga bo`linib o`ynaladigan o`yinlar bolalarning ko`pgina psixik jarayonlari va sqaxsiy psixologik sifatlarini rivojlan-tirisqga yordam bеradi. O`yin sqaroitining o`ziyoq bolalar diq q atini atrofdagi narsa va q odisalarga faol yunaltiri sqini talab q iladi. Bu esa, o`yin faoliyati davomida bola-larni niq oyatda faollasqtiradi, ya'ni ular kuzatuvcqan, tеz esda olib q oladigan, q ar bir narsani atroflicqa va cquq ur taq lil q iladigan bo`ladilar.

Syujеtli va rollarga bo`linib, o`ynaladigan o`yinlar o`yin jarayonida bolalarning bir birlari bilan faol munosabatda bo`lisqlariga imkon yaratadi. Bu bolalar nutq ining tеz rivojlanisqiga olib kеladi. Ma'lumki, syujеtli va rollarga bo`linib o`ynaladigan o`yinlarning o`z q onun - q oidalari mavjud. Bu q onun - q oidalarga rioya q ilisqda bolalar o`z iroda kucqlarini isqga soladilar. Binobarin, o`yin faoliyati davomida bolalarning irodaviy sifatlari q am rivojlanadi. Turli yosqdagi boq cqa bolalarining o`yin faoliyatlari ularning barcqa aks ettirisq, ya'ni psixik jarayonlarini, aq liy imkoniyatlarini, sqaxsiy psixologik sifatlarini, xaraktеr xislatlarini tarkib toptirib, rivojlantiradi. Squ narsa q araktеrliki, boq cqa yosqidagi bolalarning turli - tuman o`yin faoliyatlari sеkin - astalik bilan ularni o`q isq faoliyatiga tayyorlayd Roli o’yin mazkur yosh davirdagi bolalarning eng muhim faoliyati bo’lib, ular bunday o’yinda go’yo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifali va ishlarni amalda bevosita bajaradilar.shu boisdan o’yin voqealari ,oilaviy turmush hodisalari shaxslararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar . Bolalar kattalarning turmush tarzi ,his-tuyg’u ,o’zaro muomala va mulaqatlarning xususiyatlarni o’ziga va o’zgalarga atrof muhitiga munosabatlarni yaqol voqelik tarzida ijro etishi uchun turli o’yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o’tovchi narsalarda hamfoydalaniladi.Bolaning ongida uni qurshab turgan voqeolik to’g’risidagi xilma xil o’yin faoliyatni takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M .Aksarinaning ta’kidlashicha o’yin o’z- o’zidan vujudga kelmaydi buning uchun kamida uchta sharoit bo’lishi lozim bunga 1) taasurotlar tarkib topish. 2) har –xil ko’rinishdagi o’yinchoqla va tarbiyaviy ta’sir vositalarning muhayyoligi. 3) bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqatga kirishuvi .Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.

D.B.Elkonin o’z tadqiqotida rolli o’yinning syujeti bilan bir qatorda ,uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi .Uning fikricha o’yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jihatini aniqroq aks ettirishi o’yinni mazmunini A.P.Usovaning tatqiqotlarida ta’kitlanishicha , rolli o’yin ishtirokchilarni safi yosh ulg’ayishiga qarab jinsiy tofovutlariga binoan kengayib boradi.uch yoshli bolalar iiki uchtadan guruhga birlashib ,uch besh daqqiqa birga o’ynab oladilar 4-5 yoshli guruhi 2-3 tadan ishtirokchidan iborat bo’lib ularning hamkorligidagi faoliyati 40-50 daqiqa davom etadi o’yin davomida qatnashchilar soni ham ortib boradi:6-7 yoshli bolalarda roli o’yini guruh yoki jamoa bo’lib birga o’ynash istagi vujidga keladi avval rolar taqsimlanadi o;yining qoidalari va shartlari tushintriladi (o’yindavomida bolalar bir –birlarni harakatini qatiq nazorat qiladilar). D.B.Elkonin uz tadkikotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir katorda, uning mazmuni xam mavjud ekanini yozadi. Uning fikricha, o‘yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jixatini anikrok aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil kiladi. A.P.Usovaning tadkiqotlarida ta’kidlanishicha, rolli o‘yin ishtirokchilarining safi yosh ulgayishiga karab, jinsiy tafovutlarga binoan kengayib boradi: a) uch yoshli bolalar 2-3 tadan guruxga birlashib, 3-5 dakika birga uynay oladilar; b) 4-5 yoshlilar guruxi 2-5 ishtirokchidan iborat bulib, ularning xamkorlikdagi faoliyati 40-50 dakika davom etadi, o‘yin davomida katnashchilar soni ortib xam boradi; v) 6-7 yoshli bolalarda rolli o‘yinni gurux yoki jamoa bulib birga uynash istagi vujudga keladi, natijada avval rollar taqsimlanadi, yyinning koidalari va shartlari tushuntiriladi (yyin davomida bolalar bir-6irlarining xarakatini katgik nazorat kiladilar)

D.B.Elkonin harakatli o‘yinning qoidalari mazmuni o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqib ularni besh guruhga ajratadi: 1) harakatga taqlid qilish; 2) muayyan syujetni drammalashtirilgan o‘yinlar; 3) syujeti oddiy o‘yinlar; 4) syujetsiz qoidali o‘yinlar; 5) aniq maqsadga qaratilgan mashqlardan iborat sport o‘yinlari. Bolani o‘yinga undamagan omil uning katta yoshdagi odamlarning borliq to‘g‘risidagi va shaxslararo munosabati haqidagi tasavvuri va ularni o‘z shaxsiy faoliyatida sinab ko‘rish istagidir, shuningdek, jamoa bo‘lib o‘ynayotgan tengqurlari bilan bevosita muloqotga kirishish ishtiyoqidir. Bolalar psixologiyasi fanida to‘plangan ma’lumotlar tahliliga asoslanib, mazkur yosh davri bo‘yicha quyidagi xulosani chiqarish mumkin: 1) o‘yin faoliyatida bola turli harakatlarni to‘laligicha namoyish etishga, ularni bajarish usullarini ko‘rsatishga ishtiyoqmand bo‘ladi; 2) keyinchalik esa barcha xatti-harakatlarni umumlashtirib aks ettirishga urinadi.

2-topshiriq test

1.Kichik maktab yoshi davri necha yoshlarni o’z ichiga oladi

a)6-7yosh

b)9-10 yosh

c)6-10 yosh

d)7-11 yosh

2. Kichik maktab yoshidan o’smirlikka o’tishdagi inqirozning belgilari nimalarda namoyon bo’ladi

a)O’z “Men”ini va o’z psixologik xususiyatlarini anglay boshlaydi

b)Axloq normalari va xulq-atvor qoidalarini egallaydi

c)maktabga umuman salbiy munosabat, unga boorish majburiy emas, o’quv topshiriqlarini bajarishni istamaslik, o’qituvchilar bilan nizolashishlar

d)intellekt ko’rsatkichlarining nihoyatda notekisligi

3. L.S. Vigotskiy bolalar psixologiyasi faniga qaysi tamoyilini kirgizgan

a)ilmiylik

b)bag’rikenglik

c)tarixiylik

d)to’g’ri javob yo’q

4.Madaniy tarixiy konsepsiya kim tomonidan va qachon ishlab chiqilgan

a)L.S. Vigotskiy XX asrning 20-30 yillarida

b)D.B.Elkonin XX asrning 20-30 yillarida

c)L.F.Obuxova XX asrning 80-90 yillarida

d)L.S. Vigotskiy XX asrning 40-50 yillarida

5.L.S. Vigotskiy fikricha psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bu-

a)Tarbiya

b)o’yin

c)ta’lim


d)mehnat

6.Rivojlanishning eng yaqin zonasi bu-

a)bola rivojlanishining ayni vaqtdagi darajasi

b)kelajakda erishish mumkin bo’lgan taxminiy darajasi

c) bola rivojlanishining ayni vaqtdagi darajasi bilan kelajakda erishish mumkin bo’lgan taxminiy darajasi o’rtasidagi vaqtinchalik masofa

d)bola rivojlanishining ayni vaqtdagi darajasi bilan kelajakda erishish mumkin bo’lgan taxminiy darajasi o’rtasidagi doimiy masofa

7.L.S. Vigotskiy konsepsiyasida bola psixik taraqqiyotning nechta asosiy qonunini ta’riflagan?

a)5 ta


b) 4 ta

c)3 ta


d)2 ta

8.L.S. Vigotskiy konsepsiyasida bola psixik taraqqiyotning qaysi asosiy qonunida ushbu fikr ta’riflagan?”bolaning rivojlanishi o’z sur’atlariga ega, bu sur’atlar vaqt ritmiga to’g’ri kelmaydi”

a)Bola taraqqiyot ritmlarining farqlanish qonuni

b)Bola taraqqiyotidagi metamorfoza qonuni

c)Bola taraqqiyotining notekislik qonuni

d)Oliy psikxik funksiyalarning shakllanish qonuni

9.Qaysi qatorda faoliyat nazariyasining asoschisi to’g’ri ko’rsatilgan

a)L.S. Vigotskiy

b)D.B.Elkonin

c)L.F.Obuxova

d)A.N.Leotyev

10.Faoliyat nazariyasi qaysi tamoyilga asoslangan?

a)Ong va faoliyat birligi tamoyili

b)determinizm tamoyili

c)tarixiylik tamoyili

d)Barcha javob to’g’ri



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

d

c

b

c

a

d

a

b

d

a

3-topshiriq masala

Yura oyog’i chiqib ketib buzilib qolgan aravachani tuzatishga urinadi. Oldiniga u g’ildirakni aravachaning yoniga qo’pib, uning o’qiga o’rnatmoqchi bo’ladi. Juda ko’p marta urinishlardan keyin g’ildirak arava o’qining tashqariga chiqib yotgan uchiga tasodifan kirib qoladi. Aravacha endi yurishi mumkin. Yura juda xursand. Tarbiyachi uni maqtaydi: «Barakalla, Yura, aravani o’zing tuzat- ding-ga, ayt-chi, qanday qilib tuzatding?»: Yura: «Mana, ko’rib turibsiz-ku, tuzatdim-da!»—deydi. (Aravachani ko’tarib, g’ildi- rakni aylantirib ko’rsatadi). «Sen bu ishni qanday bajarga- ningni yana bir marta ko’rsatib bergin!»—deydi tarbiyachi (u bildirmasdan harakat qilib aravachaning g’ildiragini o’qidan chiqarib qo’yadi). Yura yana g’ildirakni aravachaga yaqinlashtiradi, lekin bu safar uni aravachaning o’qiga darrov kiygizib qo’yadi. «Mana, tuzatdim!»—deydi quvonch bilan bola, lekin bu ishni qanday bajarganini bu gal ham so’zlab bera olmaydi.



Savollar

        1. Bolaning harakatlariga qarab, uning yoshi taxminan nechada ekanligini aniqlang.

        2. Mazkur epizodda fikrlash faoliyatining qanday xususiyat- lari namoyon bo’ladn? Bundan qanday pedagogik xulosa chiqarish kerak?


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling