Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. O‘zbek hujjatchiligi tarixidan nimalarni bilasiz?
2. Tarxon yorliqlari, vasiqanomalar qanday hujjatlar?
3. Hujjat yuritish ishlarini o‘rganish nima uchun kerak?
A D A B I Y O T L A R
1.Saidov A. O‘zbekiston: Milliy istiqlol va ma'naviy huquqiy meros. T.,
1994.
2.Muqimov Z. O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi. «Zarafshon», 1998.
3. Mahmudov N., Madvaliev A., Mahkamov N., Aminov M. O‘zbek
tilida ish yuritish. T., «Qomus», 1990.
4. Temur tuzuklari. T., G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
birlashmasi, 1991.
2-mavzu : RASMIY VA SHAXSIY XATLAR VA ULARNING FARQLARI
R e j a:
1. Xat va ularning turlari haqida ma'lumot.
2. Shaxsiy xatlar va ularning turlari.
3. Rasmiy xatlar va ularning turlari.
4. Rasmiy hujjatlar matnining grammatik qurilishi.
Tayanch so‘z va iboralar: Muloqot shakli, masofa, yozuv,jo‘natish vositalari, muomala madaniyati, badiiy matnda xat, xat yozish san'ati, “Munshaot”, shaxsiy, yoshi, jinsi, ishqiy, sog‘inch, xabardor qilish, rasmiy, taklif, moddiy rag‘bat-lantirish, pul ko‘chirish, qarzni so‘rash, kadrlar bilan mustahkamlash, mukofotlash, nizoli masalalarni hal qilish, rejalashtirish, xat tuzilishi, ifodalarning uslubiy farq-lanishi, subyektiv baho, adres.
Xat insonlar o‘rtasidagi muloqot shakllaridan biri bo‘lib, uning yuzaga kelishi yozuv va masofa bilan bog‘liqdir. Ya'ni, u faqat yozuv yordamidagina shakllanadi va ma'lum masofada bo‘lgan kishiga jo‘natiladi. Unda xat muallifining fikr-mulohazalari va his-tuyg‘ulari ifoda etiladi. Xatni jo‘natish esa ma'lum vositalar yordamida amalga oshiriladi.“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ushbu so‘zning 9 ta ma'nosi berilgan:
1. Uzoqdagi kishiga biror xabar berish yoki fikrlashish maqsadida, odatda, pochta orqali yuboriladigan, biror matn yozilgan qog‘oz, noma, maktub;
2. Xatda yozilgan matn, xat matni;
Do'stlaringiz bilan baham: |