2001 yil noyabr oyidan 2002 yil aprel oyiga qadar Sharqiy harbiy okrugi serjantlar tayyorlash maktabida kursant sifatida harbiy xizmatni o‘taganman


Download 16.48 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi16.48 Kb.
#1229824
Bog'liq
4. БАТАФСИЛ ҲИСОБОТ


20022 harbiy qism 1-O`JB 4-O`JV va T 2-guruh mo`ljalga oluvchi I-darajali serjant QOSIMXANOV Abdulloxon Odilxanovichning xizmat faoliyati natijalari bo‘yicha batafsil
HISOBOTI

Men, 20022 harbiy qism 1-O`JB 4-O`JV va T 2-guruh mo`ljalga oluvchi I-darajali serjant QOSIMXANOV Abdulloxon Odilxanovich, 2001 yil noyabr oyida o‘z xohishim bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash uchun harbiy xizmatga Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan chaqirildim.


2001 yil noyabr oyidan 2002 yil aprel oyiga qadar Sharqiy harbiy okrugi serjantlar tayyorlash maktabida kursant sifatida harbiy xizmatni o‘taganman. Serjantlar tayyorlash maktabida ta’lim olish jarayonida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib harbiy sohaga oid bilim va ko‘nikmalarimni yanada oshirib, kelajakda qo‘shinlarda samarali foydalanishni maqsad qildim hamda ushbu dargohni a’lo va yaxshi baholarga muvaffaqiyatli bitirdim.
2002 yil apreldan 2007 yil mart oyiga qadar SHHO 01070 harbiy qism komendantlik vzvodi qo‘riqlash guruh komandirining o‘rinbosari va harbiy qism o‘quv jarayoni ta’minlash vzvodi (muxandislik va kimyoviy sikli) ta’minot guruhi yo‘riqchisi lavozimlarida xizmat qildim.
Komendantlik vzvodi qo‘riqlash guruh komandirining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilish vaqtida qo‘riqlash va himoya qilish tizimlarini takomillashtirish, sutkalik naryad xizmat o‘tash joylari va obyektlarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish tadbirlarida o‘z hissamni qo‘shib, bir necha bor harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan munosib taqdirlanganman.
O‘quv jarayonini ta’minlash vzvodi (muxandislik va kimyoviy sikli) ta’minot guruhi yo‘riqchisi xizmat qilish davomida, o‘quv jarayoniga yaroqsiz holga kelgan va eskirgan jihozlar hamda mol-mulklarni belgilangan tartibda topshirib, o‘quv moddiy bazalari, ko‘rgazmali vositalarni ta’mirlash ishlarini tashkil qilib kelganman. Egallab turgan lavozimimga oid majburiyat va vazifalarni, rahbariy hamda boshqaruv hujjatlarini o‘qib-o‘rganib, o‘z ustimda ishlab kelganligim, yuqori qo‘mondonlik va boshliqlar tomonidan qo‘yilgan vazifalari o‘z vaqtida va sifatli bajarganligim sababli, 2007 yil mart oyida Toshkent Harbiy okrugi serjantlar tayyorlash maktabiga o‘qishga tavsiya qilindim hamda 2007 yil may oyida serjantlar tayyorlash maktabini a’lo va yaxshi baholarga tamomlaganman.
2007 yil martdan 2011 yil may oyiga qadar Sharqiy harbiy okrugi serjantlar tayyorlash maktabida moddiy ta’minot guruhi komandiri lavozimida xizmat faoliyatimni davom ettirganman. Mazkur vaqt oralig‘ida o‘zimni ijobiy tomonlama ko‘rsatdim, rahbariy hujjatlarga asosan harbiy xizmatchilarni kiyim-kechak va oyoq kiyim hamda boshqa anjomlar bilan belgilangan tartibda o‘z vaqtida ta’minlashda o‘z hissamni qo‘shishga erishdim. Omborxonada oziq-ovqat va kiyim-kechak hamda oshxona asbob-anjomlarining saqlanishi, omborxona sanitariya-gigiyena holati va unda tozalikni, tartibni belgilangan darajada saqlashda jonbozlik O‘quv moddiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha moddiy texnik ta’minot bazasini yaratdim.
2011 yildan 2018 yil fevral oyiga qadar 02855 harbiy qism qoshidagi 36184 harbiy qism qo‘riqlash vzvodi qo‘riqlash guruhi komandiri, 2018 yil fevraldan 36184 harbiy qismda 2-qo‘riqlash vzvodi guruh komandirining o‘rinbosari lavozimida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tamoqdaman. Guruh komandirining o‘rinbosari lavozimiga oid majburiyat va vazifalarni, boshqaruv xujjatlarini o‘qib-o‘rganib, o‘z ustimda ishlab kelmoqdaman. O‘z harbiy matonatimni oshirgan holda xizmatdoshlarimga o‘z yordamimni ayamasdan, turli xil vaziyatlarda ham o‘zimni ijobiy tomonlama ko‘rsatib kelganman. 2022-yil mart oyida Navoiy viloyati Navoiy shahri 20022 harbiy qism O`JB 5-O`JV 1-guruh komandiri o`rinbosari – haydovchi lavozimiga tayinlandim.
Guruh shaxsiy tarkibning tarbiyasi, ma’naviy dunyoqarashining rivojlanishiga, ahloqiy-ruhiy holati, harbiy xizmatchilar orasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqiy tartibni kuchaytirish hamda serjantlar va oddiy askarlar va muddatli harbiy xizmatchilar bilan o‘quv jarayonini sifatli tashkillashtirishda hamda professional tayyorgarliklarini oshirish bo‘yicha o‘z hissamni qo‘shib kelmoqdaman.
Guruh jangovar shayligi, qorovul va ichki xizmatlarni, bevosita bo‘ysunuvchi guruhning tarbiyasi, harbiy intizomi, shaxsiy tarkibning qurol-aslahalari tozaligini va butligini nazoratga olgan holda, har bir harbiy xizmatchini chuqur o‘rganib, ularning ijtimoiy-huquqiy muhofazasi bo‘yicha guruh va vzvod komandiri bilan birgalikda ishlarni tashkillashtirib kelmoqdaman.
Guruhda muddatli harbiy xizmatchilarning ijtimoiy muammolari, tarbiyasi, yoshlarning harbiy–kasbiy ko‘nikmasini shakllantirishda vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda ishlarni tashkillashtirish natijasida yaxshi natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqdaman.
O‘tkaziladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalaniladigan vzvod moddiy-texnik bazasini yaratdim va vzvodlar orasida faxrli o‘rinni egalladim.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qolish istagini bildirgan guruhdagi muddatli harbiy xizmatchilarga, hujjatlarini tayyorlashda, imtixonlarda yaxshi va ya’lo baholarga topshirishlarini ta’minlash maqsadida, o‘z bilimim va yordamimni berib kelmoqdaman.
Guruh shaxsiy tarkibiga dunyoda va O‘zbekiston Respublikasidagi harbiy siyosiy vaziyat, armiyamizning hayotida bo‘lib o‘tkazilayot islohatlar va yutuqlar to‘g‘risida jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida yetkazib bormoqdaman.
20022 harbiy qism 1-O`JB 4-O`JV va T 2-guruh mo`ljalga oluvchi
I-darajali serjant
A.Qosimxanov
Download 16.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling