2018-yil faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili
Download 33.93 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAHRIRIYAT
2018-YIL - FAOL TADBIRKORLIK, INNOVATSION G'OYALAR VA TEXNOLOGIYALARNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida o‘quv- mashg'ulot va dars jarayonlarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion va zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki ta’lim shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan o‘qituvchi-pedagogni o‘z oidiga qo'ygan maqsadga - har tomonlama yetuk shaxslarni tayyor- lashga erisha oladi. “Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bolsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshtashimiz kerak” - deb ta'kidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida. Bu ta‘kidning o‘ziyoq barcha sohalar qatori ta'lim tizimida mehnat qilayotgan pedagoglar, yosh olimlar, professor- o‘qituvchilarni o‘z faoliyatini innovatsion yondashuv va zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishni talab etadi. Shu bois joriy yilda uzluksiz ta’lim tizimida ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g‘oya va ishlanmalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash vazifasi ustuvor ahamiyat kasb etishi. shubhasiz. O`zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo'lish yo'lida jadal rivojlanib bormoqda. Bunda ayniqsa, kreativlilik va innovatsion tafakkurni rivojlantirish muhim indikator sifatida e’tirof etilmoqda. Shular bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik mahoratini globallashuv jarayoni talablari aso- sida takomillashtirish zaruriyatini vujudga keltirdi. 2017-2021-yillarda 0‘zbekiston Respublikasining beshta ustuvoryo'naiishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “peda- gog kadrlarning kasbiy mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish”1 oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish bo'yicha eng muhim ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Olimlar kompetentlik hamda uning tasnifi bilan bog'liq bo‘lgan qator ilmiy iz- lanishlarni amalga oshirganlar. Ayrim olimlar “kompetentlik” va “kompetensiya” tu- shunchalaridan ta’limning yakuniy natijalarini tasvirlashda foydalanishgan bo'lishsa, ba’zi olimlar rivojlanayotgan shaxsning turli xususiyatlarini ifodalashda qo'llashgan. Kompetentsiya (lotinchadan: competentia) - bu inson mukammal xabardor bo'lishi lozim bo'lgan, kasbiy faoliyatiga taalluqli muammolar mohiyatining majmuasi, tajriba va bilimlarni egallash, shu bilan birga, o‘z sohasiga muvofiq keluvchi bilim hamda qobiliyatlarga nisbatan kompetentlikka ega bo'lish, mutaxassisligi bo'yicha unumli faoliyat ko'rsatish ko'nikma va malakalarini egallashdan iborat2. Xorijiy tillar lug'atida kompetensiya atamasiga (lotinchadan: competere - erish- moq, munosib bo'lish, loyiq bo'lmoq, to‘g‘ri kelmoq) quyidagicha izoh berilgan: ma’lum bir idora yoki mansabdor shaxsga qonun hamda nizomlar, aktlar aso- sida belgilab berilgan vakolatlar doirasi; biror sohaga oid bo'lgan bilim va tajribalar majmuasi3. S.A.Ojegovning “Rus tili lug‘ati”da kompetensiyaga “biror kishining muayyan muammolar mohiyatiga doir ma’lumotlardan mukammal xabardorligi” deb izoh kel- tirilgan. L.V.Zanina bilan N,P. Menshikovalarodatda sinonim tushunchalar sifatida qo'lla- nilib kelayotgan “layoqat” hamda “layoqatlilik”ni bir-biridan farqlashni tavsiya qiladilar:
layoqat - o‘z tarkibida insonning bilim, ko'nikma, malaka, faoliyat usullari kabi muhim sifatlari mohiyatini mujassam etadi; layoqatlilik - insonda ma’lum bir layoqatning mavjudligi hamda unga va o'z faoliyat predmetiga bo'lgan munosabat. Ye.V.Artishevskaya bilan M.A.Kabardovlarning ta’kidlashlariga ko'ra, hozirgi za- mon psixologiyasi va psixolingvistikasiga oid adabiyotlarda “layoqat”(psixologiyada) yoki “layoqatlilik” (lingvistikada) xulqning tasnifi sifatida shaxsning faollik shakli, ma- salan, nutqni egallash darajasining dolzarbligi tarzida ifodalanadi. Mazkur kontekst- da layoqatlilik o'qimishlilik, bilimga egalik, qobiliyat esa o'qib-o'rganishni anglatadi. Boshqacha aytganda, layoqatlilik - bu o'qib-o'rganishning yakuniy natijasi sifatida qobiliyat tushunchasini ham o'z tarkibiga kiritib oladi. Demak, har qanday layoqatlilik qobiliyat bo'lmagani kabi har qanday yakuniy natijaning mavjudligi ham qobiliyatdan darak beravermaydi. Ilmiy-uslubiy adabiyotlarda layoqatga an'anaviy tarzda quyidagi tasniflar berilgan: demokratik institutlar tarkibida faoliyat yurita olish hamda uning taraqqiyotiga o'z faoliyati bilan bevosita hissa qo'shish va bir qator siyosiy-ijtimoiy vazifalarni o'z zimmasiga ola bilish; ko'pmadaniyatli jamiyat sharoitida yashashga moslashgan, boshqa din va ma- daniyat vakillarini ham o'zi singari ko'ra oladigan diniy bag'rikeng, millatlararo totuv- likni targ'ib qilish xususiyatiga ega bo'lish; ijtimoiy hayot, kasbiy faoliyat, shaxslararo munosabatlarda bir necha xorijiy tillarni mukammal qo'llay olishni bilish; axborotlashgan jamiyat sharoitida Internet va ommaviy axborot vositalarida mavjud ma’lumotlarni tanqidiy tahlil qila olish; nafaqat kasbiy nuqtayi nazardan, balki shaxs sifatida, jamiyatning faol a’zosi sifatida umr bo'yi ilm olish, kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini saqlab qola bilish. S.Ye.Shishov va V.A.Kalneylar insonning layoqati har doim ham uning bilimi yoki ko'nikmalari miqdori bilan belgilanmasdan aksariyat hollarda layoqat turli vaziyatlar va sharoitlarda namoyon bo'ladi. Layoqatli bo'lish kishidan aynan ana shunday vazi- yatlarda o‘z bilim va malakasi hamda tajribasidan oqilona foydalanishni talab qiladi. Layoqatni muhokama qilish chog'ida diqqatni namoyon bo'ladigan aniq vaziyat- larga qaratish kerak bo'ladi. Layoqat xususida bevosita u yuzaga keladigan vaziyat- lardagina gapirish mumkin. Kerakli vaziyatlarda namoyon bo'lmaydigan layoqatlar esa layoqat hisoblanmaydi, ularga odatda ochilmay qolgan, foydalanilmagan imko- niyatlar sifatida qaraladi. Demak, layoqatli mutaxassis bo'lish uchun o'qituvchi peda- gogik faoliyat jarayonida pedagogik va tayanch layoqatlarga ega bo'lishi talab etiladi. A.V.Tryapitsin tadqiqotlarida asosiy layoqatlar - bu har bir zamonaviy mutaxas- sisning o‘z ijtimoiy-mahsuldor faoliyatida zarur bo'ladigan umumiy layoqati ekanligi ta’kidlanadi. Mutaxassis layoqati muayyan kasbiy faoliyat sohasida namoyon bo'ladi, shuningdek, maxsus layoqat esa pedagogik jarayonda uchraydigan turli vaziyat va holatlarda o'z ifodasini topadigan layoqatdir. “Layoqatlilik” tushunchasi shaxsning barcha tarkibiy qismlarini qamrab oladigan kasbiy faoliyatidagi subyektiv sifatlarini tavsiflashga xizmat qiladi. A.K.Markova layoqatlilikni kasb talab qiladigan individual xususiyatlardan kelib chiqib belgilashni va uning quyidagi turlarini farqlashni taklif qiladi: maxsus layoqat - kasbiy faoliyatida nisbatan yuqori darajadagi kasbiy layoqat- ga ega bo'lish, o'zining yanada takomillashtirilgan kasbiy faoliyatini loyihalashtira olish qobiliyatiga ega bo'lish; ijtimoiy layoqatlilik - jamoaviy muloqot layoqatiga egalik, o'z kasbiy faoliyat mahsuli natijalariga ijtimoiy mas’uliyatni his qila olish; shaxsiy layoqatlilik - o'z-o'zini rivojlantirish, namoyon eta olish usullariga hamda kasbiy faoliyat bilan bog'liq salbiy ta’sirlarga qarshi tura olish vositalariga ega bo'lish; xususiy layoqatlilik - kasb doirasida o‘z individual xususiyatlarini muntazam rivojlantirib borish, kasbiy kamolotga erishish, har qanday sharoitda o'zligini saqlab qolishga muvaffaq bo'lish. Layoqatlilikni ba’zan o'qituvchining kasbiy faoliyatida amaldagi funksiyalarini mohirlik bilan bajarishda namoyon bo'ladigan, shaxsning mehnat faoliyatiga tayyorlik darajasini ko'rsatadigan malakasi bilan almashtirib yuborishadi. Xodimning malaka- viy ko'rsatkichi tegishli mutaxassislik doirasida yuqori tashkilotlar tomonidan ta’rifda belgilab qo'yilgan malaka darajasi, toifasi bilan belgilanadi. Layoqatlilik esa malaka- dan keskin farqlanadi. Kasbiy layoqatlilik - bu o'qituvchining ta’lim-tarbiya berish jarayonida o'quvchi shaxsini rivojlantirishning mahsuldor modelini yaratishda mavjud xususiy jihatlarini ishga sola olish qobiliyatidir. “Pedagogik faoliyat” va “professional pedagogik faoliyat” atamalari bevosita o'qituvchilik kasbi bilan bog‘liq bo'lganligi bois bir xil ma’noni anglatadi. Shundar kelib chiqqan holda “pedagogik faoliyat” va “professional pedagogik faoliyat” tu- shunchalarini o'zaro sinonim sifatida qo‘llash maqsadga muvofiq. “0‘qituvchining professional layoqati" tushunchasi ta’lim muassasasi ma’muriya- ti tomonidan beriladigan hamda o‘qituvchilarning o'zlari shakilantiradigan pedagogil- topshiriqlarni mustaqil va samarali hal qilishga qaratilgan tarbiyachi yoki o'qituvchi- ning shaxsiy sifatlarini ifodalab beradi. Pedagogning pedagogik layoqatliligi degan- da, biz uning bevosita amaliy faoliyati jarayonidagi nazariy va amaliy tayyorgarligi ning yagona maqsadga bo'ysundirilganligini tushunamiz. ^jH-Yu.Krivtsovning ta’kidlashicha, o'qituvchining professional layoqati mutaxas sisning bilim, ko‘nikma va malakalarining integrallashgan sifatlari bo‘lib, u o‘z tarkibi da pedagogik mahoratning kasbiy bilim, ko'nikma va malakalar tizimi, kasbiy qobili yatlar, muhim individual kasbiy sifatlarni o'zida mujassam etadi. '{^utaxassisda o‘z predmeti yuzasidan maxsus pedagogik va psixologik bilimlar ning bo‘lishi shart, lekin ularning mavjudligi kasbiy layoqatlilik uchun yetarli hisoblan maydi. Ularning aksariyati, jumladan, ilmiy-amaliy hamda uslubiy bilimlar intellektual amaliy ko'nikma va malakalarning shakllanishida asos vazifasini o'taydi. Pedagogning kasbiy layoqatliligi tarkibi bevosita uning shaxsiy individual-psixo logik jihatiari barcha harakatlari asosida amalga oshiriladigan faoliyatida namoyor bo'ladigan pedagogik ko'nikmalari orqali ochiladi. Tasnif hamda ko'nikmalarga asoslangan pedagogik mahorat bu - tarbiya jarayonini bilish, uni zarur sharoitlarda o'rnata olishni bilish hamda uni harakatga keltira olishdan iboratdir. Aksariyat hollarda pedagogik maho- ratga o'qituvchining texnik ko'nikma va malakalari sifatida ham qarashadi, lekin bu ko'nikma va malakalar pedagogik mahoratning faqatgina birtarkibiy qismi ekanligini unutmasligimiz lozim. Ko'rinib turibdiki, pedagogik mahorat asoslari har biro'qituvchida shakllantirilishi mumkin, buning uchun esa 0‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, xususiy ilmiy-uslubiy baza- sini yaratishi hamda pedagogik mahorat cho'qqisiga bosqichma-bosqich ko'tarilishi talab qilinadi. Pedagogik mahorat sirlarini egallash har bir o'qituvchining qo'lidan keladigan ish. Buning-uchun esa o'qituvchidan maqsadli tarzda o‘z iqtidori, salohiyati, o'qita- digan fani nazariy asoslariga doir hamda pedagogik-psixologik bilimlarini, amaliy ko'nikmalarini muntazam oshirib borishi talab etiladi. Aynan anglab yetilgan pedagogik faoliyat, shaxsning umummadaniy darajasi, dunyoqarashi, tadbirkorlik va izla- nuvchanlik xususiyatiari, uning kasbiy layoqatliligi kabi jihatlargina pedagogik mahoratning asosiy manbayi bo‘la oladi. Yurtimizda har bir yilga alohida nom berish va shu asosda dasturlar ishlab chiqish, aytish mumkinki, dunyoda kamyob kuzatiladigan tajribadir. So'nggi chorak asrlik tarixni kuzatsak, mamlakatimizda o'tgan yillar davomida har bir yilga muay- yan nom berilishi milliy taraqqiyotimizning yo‘l xaritasi bo'ldi, desak aslo yanglish- maymiz. TAHRIRIYAT 2017-yil 22-dekabr kuni Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga Muroja- atnomasida 2018-yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili”, deya nom berish taklifini ilgari surdi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida: “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo'liga o'tmoqda- miz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kirn yutadi? Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etish- ni bugundan boshlaydigan bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Darhaqiqat, keng ko'lamli islohotlarning muhim bo‘g‘ini - innovatsiyalar bugun har bir sohada bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham o‘zining afzalliklarini namoyon et- moqda. Hozirgi vaqtda “innovatsiya” tushunchasi juda keng qollanilmoqda. “Innovatsiya” inglizcha so‘z bo'lib, “innovatsion yangilik kiritish” degan ma’non bildiradi, ya’ni tizim ichki tuzilishini o'zgartirish, deb ta’riflanadi, Innovatsiya amali yot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini yaxshi lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo'lib, bir tizimda shakllangai yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug'ilib, ta’lin mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi. Shuningdek, umuman ta’lim tizirr rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Innovatsiya - ma’lum bir faoliyat maydonidagi yot ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchu yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo‘llash, oldingidan anch muvaffaqiyatga erishishiga olib kelishi ma’lum bo'lgan oxirgi natijadir. Bugungi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni o'quv jars yonida qo;llashga bo'lgan qiziqish, e’tibor tobora kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda 0‘quvchilarni faqat tayyor bilirrilarni egallashga o'rgatilgan bo‘lsa, innovatsion texnologiyalar- da esa, ularni egailayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rga- nib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni o‘zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. Muhimi, ta’lim jarayonida o‘quvchi asosiy bo‘g‘inga aylanadi. Pedagog bu jara- .onga shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit . aratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim tizimidagi innovatsiyalami quyidagicha tasniflash mumkin: -faoliyat yo‘nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi); kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko'ra (lokal, moduNi, tizimli); kelib chiqish manbayiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olin- gan). Ta’lim jarayonidagi innovatsion o‘zgarishlar, tizimga har qanday yangilikning - iritilishi bevosita o‘qituvchi faoliyatini yangilash va o'zgartirish orqali amalga oshi- -lishi ham atroflicha o'rganilgan. Innovatsion faoliyat - bu uzluksiz ravishda yan- giliklar asosida ishlash bo'lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. Innovatsion faoliyat - yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining yuzaga Kelgan me’yor bilan to'qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni yechishga qaratiladi. Innovatsiyalar doimiy ravishda pedagogik faoliyatga yangilik- ar olib kirish orqali ta’lim rivojiga hissa qo'shadi, pedagogik faoliyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 0‘qituvchining innovatsion faoliyatga tayyorligining ,t тс у va kasbiy muhi sifatlari nafaqat ta’lim muassasasidagi iqtisodiy va moiiya. . .aziyatga, balki b vosita bu sifatlarning talab etilganligi bilan bog'liqdir. Kasb . naican muvaffaqiya o'qituvchilarning malakalari va kasbiy sifatlari zamona. . *a ~ tizimining asos real talablari hisoblanadi. Innovator-pedagoglar bugungi ■ _in ta m tizimining tala bo‘lib, kasbiy cho'qqilarga erishish uchun malaka oshr gayta tayyorlash kursl, rida ta’limni chuqurlashtirish talab etiladi. 0‘qituvchilar ozlann -g nnovatsion fao yatini keng yoyish, yosh o‘qituvchilarga oYgatish. interfaol о q tish usullarini och darslarda namoyon qilishlari zarur. Bu 0‘qituvchilar oz fac yatiarini baholashnir yangi usullarini topish, kasbiga bolgan qarashlami o zga^ nsh oedagogik va ij< diy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda o'qituvchilarda kasbiy vazifalari to‘g‘risida tor tushunchalarning o'zgarishiga olib keladi. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yi 7-fevrakjag "0‘zbekistc Respublikasini yanada rivojlantirish bo yicha HarakaHar stralegiyasi to‘g‘risida” farmonida qayd etilgan - ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoiryatini rag batlantiris ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy ebshntng samarali mexanizmlari yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot insttuHari huzuhda ixtisoslashtirilgc ilmiy-eksperimental laboratoriyalar. yuqori texnotogiya markazlan va texnoparklc ni tashkil etish kabi vazifalar joriy yilda samarali amaiga oshirilishi shubhasiz. Tarix shundan dalolat beradiki. inson o'zining aql-zakovati bilan dastlab mehnat qurollarini o ylab topishdan. algoritm va nanozafTachalar. zamonaviy i novatsion kompyuter, super mikroelektron.biologik gen muhandisligi, quyosh \ boshqa yuqori texnologiyalarni kashf etishgac^a bo lgan Turakkab yolni ayns innovatsiya - yangilikka intilish orqali bosib o'tdi. 1 2 3 Download 33.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling