2019-yil 15-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
Download 176.04 Kb. Pdf ko'rish
|
kons huquq yakuniy nazorat
KAZUS 2019-yil 15-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Ish beruvchi tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi. Mazkur buyruqqa ko‘ra ish beruvchi bo‘lgan tadbirkorlik subyekti xodim bilan tuzadigan mehnat shartnomasida agar xodim tijorat siri bilan ishlaydigan yoki bevosita mijozlar bilan aloqa qiladigan lavozimda ishlaydigan bo‘lsa, mehnat shartnomasi bekor qilinganidan so‘ng tadbirkorlik subyekti joylashgan manzildan 15 kilometr radiusda joylashgan hududda joylashgan raqobatchi bo‘lgan boshqa korxonaga 6 oy davomida ishga joylashishi yoki ayni shunday masofadagi hududda 6 oy davomida ish beruvchi bo‘lgan tadbirkorlik subyektining biznes yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘lllanish mumkin emasligini nazarda tutishi mumkin edi. D.Yusupov 2019 yil 2 mart kuni muzqaymoq ishlab chiqaruvchi “Milky Ice” mas'uliyati cheklangan jamiyatga ishga qabul qilindi. U bilan tuzilgan mehnat shartnomasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyrug‘ida nazarda tutilgan holatlar kiritildi. D.Yusupov “Milky Ice” mas'uliyati cheklangan jamiyatda to‘rt oy ishlab muzqaymoq ishlab chiqarish texnalogiyasi bilan yaqindan tanishdi, mijozlar bilan ishlash sirlarini o‘rgandi. Shundan so‘ng, bankdan kredit olib o‘zi muzqaymoq ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik faoliyatini olib borishga qaror qildi. Bankdan kredit olib amaldagi ish joyidan 14 kilometr radiusdagi hududda joylashgan “Ice Cream ” mas'uliyati cheklangan jamiyatni tashkil etdi. Bu haqida ish beruvchisini ogohlantirib, ishdan bo‘shash niyatida ekanini ma'lum qildi. Ish beruvchisi D.Yusupov ishdan bo‘shashi mumkin ekani, ammo mehnat shartnomasida ta’kidlanganidek, mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng amaldagi ish joyidan 15 kilometr radiusdagi hududda 6 oy davomida muzqaymoq ishlab chiqarish bilan shug‘ullanish mumkin emasligini aytdi. Agar D.Yusupov bunga rioya qilmasa, uning xatti-harakati ustidan sudga shikoyat qilishini ma'lum qildi.
D.Yusupov bankdan kredit olib qo‘yganini va uni o‘z vaqtida to‘lab borishi kerakligini hisobga olib, “Ice Cream ” mas’uliyati cheklangan jamiyatni ishga tushirdi. Bundan boxabar bo’lgan “Milky Ice” mas’uliyati cheklangan jamiyati D.Yusupovning xatti-harakati ustidan sudga shikoyat qildi. D.Yusupov esa sudga “Milky Ice” mas’uliyati cheklangan jamiyatga nisbatan qarshi da’vo kiritdi. Qarshi da’voda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra erkin kasb tanlash, tadbirkorlik erkinligi, mehnat qilish huquqiga ega ekanini aytib, mazkur konstitutsiyaviy huquqini tiklab berishini so‘radi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
Javob 2019-yil 15-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Ish beruvchi tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilingan. Unga ko‘ra ish beruvchi va ishchi o‘rtasidagi tuzuladigan mehnat shartnomasida, agarda hodim bevosita tijorat siri bilan ishlaydigan bo‘lsa yoki mijozlar bilan aloqada bo‘ladigan bo‘lsa, mehnat shartnomasi tugagandan keyin, o‘zi ishlgan korxona yoki tijorat biznesi binosi joylashgan hududda 15 km radiusda na boshqa korxonada ishlashi na o‘zi o‘zining shaxsiy biznesini 6 oy muddat o‘tmagunga qadar hech qanday faoliyat olib borolmasligi belgilab qo‘yilgan. D.Yusupov 2019 yil 2 mart kuni muzqaymoq ishlab chiqaruvchi “Milky Ice” mas'uliyati cheklangan jamiyatga ishga qabul qilindi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyrug’ida nazarda tutilgan bandlar kiritilgandi. D. Yusupova “Milky Ice” korxonasida malaka oshirib ishladi. Ammo oradan 4 oy o‘tgandan so’ng, u korxonadan ishdaan ketayotganligini aytib ishdan ketdi. Bu orada u bankdan kredit olib o‘zining “Ice Cream” deb nomlangan muzqaymoq tayyorlovchi korxanasini avvalgi ishlagan korxonasi, ya’ni “Milky Ice” korxonasidan 14 km radiusda ochdi. Ammo “Milky Ice “ korxonasining direktori unga yuqoridagi nazarda tutilgan “Ish beruvchi tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi buyrug‘i doirasidan chiqmagan holda o‘z biznesini boshlashi mumkinligini aytdi. Ammo D. Yusupova bankdan kredit olib qo’yganligi bois ishini muddatidan oldin boshlab yubordi. Natijada “Milky Ice” korxonasi “Ice Cream” korxonasini sudga berdi. Bunga javoban D. Yusupova O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra erkin kasb tanlash, tadbirkorlik erkinligi, mehnat qilish huquqiga ega ekanini aytib, mazkur konstitutsiyaviy huquqini tiklab berishini so‘radi. Birinchi muammo - “Milky Ice” korxonasi “Ish beruvchi tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asoslanib “Ice Cream” korxonasini sudga berganligi huquqiy jihatdan qanchalik to‘g‘riligi. Ikkinchi muammo - Qarshi da’voda fuqaro Yusupova O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra erkin kasb tanlash, tadbirkorlik erkinligi, mehnat qilish huquqiga ega ekanini aytib, mazkur konstitutsiyaviy huquqini tiklab berishini so‘raganligi huquqiy jihatdan qanchalik to‘g‘riligi. Foydalaniladigan huquqiy manbalar: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 38-moddasi. 2019-yil 15-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Ish beruvchi tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi buyrug‘i. Yuqoridagi vaziyat bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 38-moddasida shunday deyiladi: Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Ushbu qonnun Inson Huquqlari Umumjahon Dekloratsiyasining 23- moddasiga mutlaqo mos keladi. Milliy qonunchiligimizda esa bu qonunlar – “Mehnat kodeksi, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida” gi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi qonunlarda o‘z aksini topgan. Joriy qonunchilikka koʼra, barcha fuqarolar mehnat qilish huquqiga ega boʼlish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadirlar. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga boʼlgan munosabati, eʼtiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek, xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador boʼlmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yoʼl qoʼyilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi. Mehnat sohasida mehnatning muayyan turiga xos boʼlgan talablar yoki davlatning yuqoriroq ijtimoiy himoyasiga muhtoj boʼlgan shaxslar (ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironlar va boshqalar) toʼgʼrisidagi alohida gʼamxoʼrligi bilan bogʼliq farqlashlar kamsitish deb hisoblanmaydi. Mehnat sohasida oʼzini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda oʼziga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni toʼlash toʼgʼrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Va har bir fuqaro o‘zi istagan kasbiini tanlab u asosida quiydagicha imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin: - o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish; - muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek, haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;
- xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;
- kasbga tayѐrlash, qayta tayѐrlash va malakasini oshirish; - ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga ѐki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash; - kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
- qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish; - o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, sud orqali himoya qilish va malakali yuridik ѐrdam olish; - jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir.
Endi agarda ishchini jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha ozgina to‘xtalsak. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46, 82, 83-moddalari, 88-moddasi birinchi qismining “b” bandlarini ko’rib chiqishimiz kerak. 46-modda. Axloq tuzatish ishlari. Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga tayinlanadi.Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining jami bo‘lib o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud axloq tuzatish ishlarining o‘talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi. 83-modda. Axloq tuzatish ishlari Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘z ish joyida o‘tash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi. Bulardan shuni tushunsak bo’ladiki xodimni ish beruvchi faqatgina yuqoridagicha vaziyatlarda ya’ni, Jinoyat kodeksining ushbu moddalarida faqatgina shu kriterialar bo‘yicha jazolanishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. TOSHKENT – “O‘zbekiston” 2019. 2. O‘zbekiston Konstitutsiyasiga sharx. Foydalanigan normativ hujjatlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. 2. “Ish beruvchi tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi buyrug‘i
Savol Konstitutsiyaviy huquq shaxs, jamiyat va davlat oʼrtasidagi munosabatlarni tartibga solishi aytiladi. Mazkur munosabatlarga amaliy misollar keltirgan holda izoh bering.
Javob Konstitutsiyaviy huquq - asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi, huquq tizimining yetakchi sohasi. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi, uning fuqarolik jamiyati institutlari bilan munosabatlari tartibini, fuqaro va shaxs huquq hamda erkinliklari amalga oshirilishining asosiy tamoyillarini, davlat hokimiyati organlari tizimini belgilaydi. Konstitutsiyaviy huquqning shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi mu nonosabat- larni tartibga soluvchi kuchi haqida gapirishdan oldin, konstitutsiyaviy-huquq normalari haqida ma’lumot berib o’tishni avfzal ko‘rdim. Sababi konstitutsiyaviy- huquqiy munosabatlar aynan konstitutsiyaviy-huquq normalari asos bo‘ladi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar boshqa tarmoq huquqiy munosabatlaridan mazmuni, manbasi, o‘ziga xos turi, ta’sis xarakteri, amalga oshirishning alohida mexanizmi, subyektlarning o‘ziga xos xususiyati, tuzilishining o‘ziga xosligi bilan farq qiladi. Konstitutsiyaviy-huquq normalari quyidagicha kategoriyalarga bo‘linadi: 1. Mazmuniga qarab, ya’ni ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish doirasiga qarab, 2. Yuridik kuchiga qarab, 3. Hududiy amal qilishiga qarab,
4. Ko‘rsatmasi, o‘rnatishiga qarab, 5. Imperativ va dispozitiv xarakteradgi normalar, 6. Maqsadi va amalga oshirish mexanizmiga ko‘ra. Konstitutsiyaviy huquq normalari orqaligina konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Bu ikki tushuncha o‘rtasidagi umumiylik bu – har qanday munosabatlar huquq normalari orqaligina amalga oshirilishidadir.
Konstitutiaviy – huquqiy munosabatlarning boshqa huquqiy munosabatlardan farqi quyidagicha: 1. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlari faqat konstitutsiyaviy huquq predmeti hisoblanadi. 2.Bu munsabat alohida subyekt tarkibiga ega. 3. Barcha konstitutsiyaviy-huquqiy normalar ham aniq konsti¬tutsiyaviy-huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmaydi. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar jamiyatda huquqiy normalarning ko‘rsatmalariga amal qilgan taqdirdagina amalga oshadigan mmunsabatlardir. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning subyektlari mavjud bo‘lib bu subyektlar qatoriga; fuqaro, shaxs, xalq, millat, davlat, deputat va senatorlar, davlat organlari, nodavlat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari kiradi. Prinsip-normalar, maqsad normalar, deklarativ normalar boshqacharoq munosabatlarni vujudga keltiradi va shu orqali te¬gishli normada yotgan ko‘rsatma, ta’kidlar hayotga tatbiq qili¬nadi. Bu huquqiy munosabatlar umumiy xarakterda bo‘lib, aniq subyektlari yo‘q bo‘lgan taqdirda ham ularning huquq va burchi o‘rnatilmaydi. Konstitutsiyaviy huquqiy normalar vaqtincha bo‘lishi mumkin. Masalan, fuqaroning vafot etishi. Ayrim vazifalar bajarilganda ham huquqiy munosabatlar tugashi mumkin. Masalan, Saylov kompaniyasi tugashi bilan saylovchi va saylov kompaniyasi o‘rtasidagi munosabatlar ham tugaydi. Yuridik faktlar huquqiy munosabatlarni yaratilishi va tugatilishida huquqiy munosabatni vujudga keltiradigan va o‘zgartiradigan voqeadir. Umumiy tarzda aytish mumkinki, konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning subyektlari, konstitutsiyaviy-huquqiy normalar¬ga asosan huquq va burchga ega bo‘ladiganlar hisoblanadi.
Ayrim hollarda chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham munosabatlar subyekti bo‘lishi mumkin. Masalan, fuqarolikni so‘rab murojaat qilganda . Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, huquqiy munosabatlar huquqiy normalar amalga oshirilgandagina mavjud bo‘ladi. Ammo barcha huquqiy normalar ham huquqiy munosabatlarni keltirib chiqarmaydi. Misol uchun, prinsip-normalar, deklarativ normalar va maqsad normalarni aytib o‘tishimiz mumkin. Konstitutsiyaviy tuzum asoslari bilan bog‘liq munosabatlar (davlat suvereniteti, hokimiyatchilik), shaxs huquqiy holati asos-lari, davlat tuzilishi, ma’muriy- hududiy tuzilish asoslari, jamiyat¬dagi nodavlat tuzilmalar faoliyati asoslari, hokimiyat asoslari, hokimiyat organlari tizimi va faoliyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadi.
Savol Huquq ustuvorligi va Konstitutsiyaning ustunligi o‘rtasida qanday farq bor deb o‘ylaysiz?
Javob Qonun ustuvorligining asosiy elementlari sifatida qonun ijodkorligini shaffof, hisobdorlik va demokratik jarayonni qamrab olgan qonuniylikka asoslanishi; huquqiy aniqliq; o‘zboshimchalikning taqiqlanganligi; mustaqil va xolis odil sudlovning ochiqligi; shuningdek ma’muriy hujjatlar ustidan sud nazoratining o‘rnatilganligi; inson huquqlarini hurmat qilish va kamsitmaslik hamda qonun oldida tenglik hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida O‘zbekiston xalqi huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlagani qayd qilingan. Huquqiy davlatning muhim va ajralmas belgisi - bu qonun ustuvorligi hisoblanadi deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bo‘lim boshlig‘i, M.Mirakulov. Qonun ustuvorligining mamlakatimizdagi namunasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Respublika fuqarolarining erkinliklari, Konstitutsiya va qonunlariga rioya etilishining kafili ekanligi, qonunlarning bajarilishi ustidan parlament, jamoaviy va idoraviy nazorati o‘rnatilganlig, mansabdor shaxslarning qilgan noqonuniy ishhlarini qonuniy jihatdan ko‘rib chiqilishi bo‘yicha fuqarolarning sudga murojaat eta olish imkoniyatining kafili ekanligi, qonunlarning aniq va bir xillda amalda bo‘lishi uchun prokuratura nazoratining o‘rnatilganligi orqali ko‘rishimiz mumkin. Prokuratura organlarining mamlakatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha ishining samaradorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalari tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasida mustahkamlangan. Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandida qonun ustuvorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan jamiyat va davlat qurilishi sohasida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berilgan. Qonun ustuvorligini ta’minlash uchun tashkil etilgan ma’muriy sudlar va ma’muriy tartib-qoidalar ham qonun ustuvorligini ta;minlash uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Endi Konstitutsiyaning ustuvorligiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Asosiy qonun – O‘zbekiston davlatidagi huuqning birdan bir asosiy manbaidir. Konstitutsiya Asosiy qonun sifatida normative-huquqiy hujjatlar tizimidagi asosiy tayanch hisoblanadi. Uning normative-huquqiy hujjatlari boshqa qonunosti huquqiy hujjat normalaridan ustun va ularga asosiy manba hisoblanadi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi aynan Konstitusiya va qonun Ustuvorligi deb nomlangan. Ushbu bobning 15-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi va davlat unig organlari, mansabdor shaxslar va barcha Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar deyilgan. Ushbu bobning 16-moddasida esa Konstitutsiyanig birorta qoiadasi Respublika manfatlariga zarar yetkazuvchi ta’sirga ega bo‘lmasligi prinsipini yoritib beradi. “Huquqiy davlatning asosiy belgisi – barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ta’minlanishidir. Konstitutsiyava qonunning ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy qonunlar va me’yoriy- huquqiy Kosntitutsiya asosida va unga muvofiq bo‘lishi talab etiladi. Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur aytganlariday : “Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi.”.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.
Konstitutsiyaviy huquq (O‘quv qo‘llanma) – X.T. Odilqoriyev, Sh.N. Berdiyorov, I.E. Xojanazarov. 2. Konstitutsiyaviy huquq (Darslik) – O. Xusanov. 3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Toshkent – “O‘zbekiston”) 4. Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizom. 5. “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonun. Foydalanilgan veb saytlar: 1.
WWW.Constitution.uz. 2.
WWW.Lex.uz
Download 176.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling