2019-yil 15-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat


Download 176.04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi176.04 Kb.
#219032
Bog'liq
kons huquq yakuniy nazorat



KAZUS 

 

 

2019-yil 15-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat 

munosabatlari vazirligi tomonidan “Ish beruvchi tadbirkorlik subyektlarining 

huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar 

to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi. Mazkur buyruqqa ko‘ra ish beruvchi bo‘lgan 

tadbirkorlik subyekti xodim bilan tuzadigan mehnat shartnomasida agar xodim 

tijorat siri bilan ishlaydigan yoki bevosita mijozlar bilan aloqa qiladigan lavozimda 

ishlaydigan bo‘lsa, mehnat shartnomasi bekor qilinganidan so‘ng tadbirkorlik 

subyekti joylashgan manzildan 15 kilometr radiusda joylashgan hududda 

joylashgan raqobatchi bo‘lgan boshqa korxonaga 6 oy davomida ishga joylashishi 

yoki ayni shunday masofadagi hududda 6 oy davomida ish beruvchi bo‘lgan 

tadbirkorlik subyektining biznes yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lgan tadbirkorlik 

faoliyati bilan shug‘lllanish mumkin emasligini nazarda tutishi mumkin edi.  

D.Yusupov 2019 yil 2 mart kuni muzqaymoq ishlab chiqaruvchi “Milky Ice” 

mas'uliyati cheklangan jamiyatga ishga qabul qilindi. U bilan tuzilgan mehnat 

shartnomasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyrug‘ida nazarda 

tutilgan holatlar kiritildi.  

D.Yusupov “Milky Ice” mas'uliyati cheklangan jamiyatda to‘rt oy ishlab 

muzqaymoq ishlab chiqarish texnalogiyasi bilan yaqindan tanishdi, mijozlar bilan 

ishlash sirlarini o‘rgandi. Shundan so‘ng, bankdan kredit olib o‘zi muzqaymoq 

ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik faoliyatini olib borishga qaror qildi. Bankdan 

kredit olib amaldagi ish joyidan 14 kilometr radiusdagi hududda joylashgan “Ice 

Cream ” mas'uliyati cheklangan jamiyatni tashkil etdi. Bu haqida ish beruvchisini 

ogohlantirib, ishdan bo‘shash niyatida ekanini ma'lum qildi. Ish beruvchisi 

D.Yusupov ishdan bo‘shashi mumkin ekani, ammo mehnat shartnomasida 

ta’kidlanganidek, mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng amaldagi ish 

joyidan 15 kilometr radiusdagi hududda 6 oy davomida muzqaymoq ishlab 

chiqarish bilan shug‘ullanish mumkin emasligini aytdi. Agar D.Yusupov bunga 

rioya qilmasa, uning xatti-harakati ustidan sudga shikoyat qilishini ma'lum qildi.  



D.Yusupov bankdan kredit olib qo‘yganini va uni o‘z vaqtida to‘lab borishi 

kerakligini hisobga olib, “Ice Cream ” mas’uliyati cheklangan jamiyatni ishga 

tushirdi. Bundan boxabar bo’lgan “Milky Ice” mas’uliyati cheklangan jamiyati 

D.Yusupovning xatti-harakati ustidan sudga shikoyat qildi.  

D.Yusupov esa sudga “Milky Ice” mas’uliyati cheklangan jamiyatga nisbatan 

qarshi da’vo kiritdi. Qarshi da’voda O’zbekiston Respublikasining 

Konstitutsiyasiga ko‘ra erkin kasb tanlash, tadbirkorlik erkinligi, mehnat qilish 

huquqiga ega ekanini aytib, mazkur konstitutsiyaviy huquqini tiklab berishini 

so‘radi.  

Vaziyatga huquqiy baho bering.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Javob 

 2019-yil 15-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat 

munosabatlari vazirligi tomonidan “Ish beruvchi tadbirkorlik subyektlarining 

huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar 

to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilingan. Unga ko‘ra ish beruvchi va ishchi 

o‘rtasidagi tuzuladigan mehnat shartnomasida, agarda hodim bevosita tijorat siri 

bilan ishlaydigan bo‘lsa yoki mijozlar bilan aloqada bo‘ladigan bo‘lsa, mehnat 

shartnomasi tugagandan keyin, o‘zi ishlgan korxona yoki tijorat biznesi binosi 

joylashgan hududda 15 km radiusda na boshqa korxonada ishlashi na o‘zi o‘zining 

shaxsiy biznesini 6 oy muddat o‘tmagunga qadar hech qanday faoliyat olib 

borolmasligi belgilab qo‘yilgan. 

D.Yusupov 2019 yil 2 mart kuni muzqaymoq ishlab chiqaruvchi “Milky Ice” 

mas'uliyati cheklangan jamiyatga ishga qabul qilindi va Bandlik va mehnat 

munosabatlari vazirligining buyrug’ida nazarda tutilgan bandlar kiritilgandi. 

D. Yusupova “Milky Ice” korxonasida malaka oshirib ishladi. Ammo oradan 

4 oy o‘tgandan so’ng, u korxonadan ishdaan ketayotganligini aytib ishdan ketdi. 

Bu orada u bankdan kredit olib o‘zining “Ice Cream” deb nomlangan muzqaymoq 

tayyorlovchi korxanasini avvalgi ishlagan korxonasi, ya’ni “Milky Ice” 

korxonasidan 14 km radiusda ochdi. Ammo “Milky Ice “ korxonasining direktori 

unga yuqoridagi nazarda tutilgan “Ish beruvchi tadbirkorlik subyektlarining huquq 

va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 

buyrug‘i doirasidan chiqmagan holda o‘z biznesini boshlashi mumkinligini aytdi. 

Ammo D. Yusupova bankdan kredit olib qo’yganligi bois ishini muddatidan oldin 

boshlab yubordi.  

Natijada “Milky Ice” korxonasi “Ice Cream” korxonasini sudga berdi. Bunga 

javoban D. Yusupova  O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra erkin 

kasb tanlash, tadbirkorlik erkinligi, mehnat qilish huquqiga ega ekanini aytib, 

mazkur konstitutsiyaviy huquqini tiklab berishini so‘radi. 




Birinchi muammo - “Milky Ice” korxonasi “Ish beruvchi tadbirkorlik 

subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asoslanib “Ice Cream” korxonasini sudga 

berganligi huquqiy jihatdan qanchalik to‘g‘riligi. 

Ikkinchi muammo - Qarshi da’voda fuqaro Yusupova O’zbekiston 

Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra erkin kasb tanlash, tadbirkorlik erkinligi, 

mehnat qilish huquqiga ega ekanini aytib, mazkur konstitutsiyaviy huquqini tiklab 

berishini so‘raganligi huquqiy jihatdan qanchalik to‘g‘riligi.  

Foydalaniladigan huquqiy manbalar: O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasining 38-moddasi. 2019-yil 15-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Ish beruvchi tadbirkorlik 

subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi buyrug‘i. 

Yuqoridagi vaziyat bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 

38-moddasida shunday deyiladi: Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, 

adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan 

himoyalanish huquqiga egadir. 

Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda 

ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.   

Ushbu qonnun Inson Huquqlari Umumjahon Dekloratsiyasining 23-

moddasiga mutlaqo mos keladi. Milliy qonunchiligimizda esa bu qonunlar –

“Mehnat kodeksi, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida” gi, “Mehnatni 

muhofaza qilish to‘g‘risida” gi qonunlarda o‘z aksini topgan. 

Joriy qonunchilikka koʼra, barcha fuqarolar mehnat qilish huquqiga ega 

boʼlish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadirlar. Jinsi, yoshi, irqi, 

millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga boʼlgan 

munosabati, eʼtiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek, 

xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador 




boʼlmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har 

qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yoʼl qoʼyilmaydi va bular 

kamsitish deb hisoblanadi. 

Mehnat sohasida mehnatning muayyan turiga xos boʼlgan talablar yoki 

davlatning yuqoriroq ijtimoiy himoyasiga muhtoj boʼlgan shaxslar (ayollar, voyaga 

yetmaganlar, nogironlar va boshqalar) toʼgʼrisidagi alohida gʼamxoʼrligi bilan 

bogʼliq farqlashlar kamsitish deb hisoblanmaydi. 

Mehnat sohasida oʼzini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf 

etish hamda oʼziga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni toʼlash toʼgʼrisidagi 

ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.   

Va har bir fuqaro o‘zi istagan kasbiini tanlab u asosida quiydagicha 

imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin: 

- o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan 

oz bo‘lmagan miqdorda haq olish; 

- muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va 

ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, 

shuningdek, haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam 

olish; 


- xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat 

qilish; 


- kasbga tayѐrlash, qayta tayѐrlash va malakasini oshirish; 

- ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga ѐki mol-mulkiga yetkazilgan zararning 

o‘rnini qoplash; 

- kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining 

manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish; 



- qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum 

bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish; 

- o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, sud orqali himoya 

qilish va malakali yuridik ѐrdam olish; 

- jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga 

egadir. 


Endi agarda ishchini jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha ozgina to‘xtalsak. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46, 82, 83-moddalari, 88-moddasi 

birinchi qismining “b” bandlarini ko’rib chiqishimiz kerak.  

46-modda. Axloq tuzatish ishlari. Axloq tuzatish ishlari olti oydan uch 

yilgacha muddatga tayinlanadi.Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, 

mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari 

bor ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 

Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish ishlari muddatining 

jami bo‘lib o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud axloq 

tuzatish ishlarining o‘talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash 

yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni 

o‘tashdan bo‘yin tovlagan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib 

hisoblanmaydi. 

83-modda. Axloq tuzatish ishlari 

Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga 

nisbatan o‘z ish joyida o‘tash, aybdor hech qayerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini 

nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan o‘zi yashaydigan hududdagi boshqa 

joylarda o‘tash tariqasida bir oydan bir yilgacha muddatga tayinlanadi. 

Bulardan shuni tushunsak bo’ladiki xodimni ish beruvchi faqatgina 

yuqoridagicha vaziyatlarda ya’ni, Jinoyat kodeksining ushbu moddalarida 

faqatgina shu kriterialar bo‘yicha jazolanishi mumkin. 



Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. TOSHKENT – “O‘zbekiston” 

2019. 

2.  O‘zbekiston Konstitutsiyasiga sharx. 



Foydalanigan normativ hujjatlar: 

1.  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. 

2.  “Ish beruvchi tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy 

manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 

buyrug‘i 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Savol 

Konstitutsiyaviy huquq shaxs, jamiyat va davlat oʼrtasidagi munosabatlarni 

tartibga solishi aytiladi. Mazkur munosabatlarga amaliy misollar keltirgan holda 

izoh bering. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




                                                       Javob 

  Konstitutsiyaviy huquq - asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 

huquqiy normalar yigʻindisi, huquq tizimining yetakchi sohasi. Konstitutsiyaviy 

huquq normalari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi, uning 

fuqarolik jamiyati institutlari bilan munosabatlari tartibini, fuqaro va shaxs huquq 

hamda erkinliklari amalga oshirilishining asosiy tamoyillarini, davlat hokimiyati 

organlari tizimini belgilaydi. 

  Konstitutsiyaviy huquqning shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi mu nonosabat- 

larni tartibga soluvchi kuchi haqida gapirishdan oldin, konstitutsiyaviy-huquq 

normalari haqida ma’lumot berib o’tishni avfzal ko‘rdim. Sababi konstitutsiyaviy-

huquqiy munosabatlar aynan konstitutsiyaviy-huquq normalari asos bo‘ladi. 

Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar boshqa tarmoq huquqiy munosabatlaridan 

mazmuni, manbasi, o‘ziga xos turi, ta’sis xarakteri, amalga oshirishning alohida 

mexanizmi, subyektlarning o‘ziga xos xususiyati, tuzilishining o‘ziga xosligi bilan 

farq qiladi.   

  Konstitutsiyaviy-huquq normalari quyidagicha kategoriyalarga bo‘linadi: 

1. Mazmuniga qarab, ya’ni ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish doirasiga qarab, 

2. Yuridik kuchiga qarab, 

3. Hududiy amal qilishiga qarab, 

 

4. Ko‘rsatmasi, o‘rnatishiga qarab, 



5. Imperativ va dispozitiv xarakteradgi normalar, 

6. Maqsadi va amalga oshirish mexanizmiga ko‘ra. 

  Konstitutsiyaviy huquq normalari orqaligina konstitutsiyaviy-huquqiy 

munosabatlar vujudga keladi. Bu ikki tushuncha o‘rtasidagi umumiylik bu – har 

qanday munosabatlar huquq normalari orqaligina amalga oshirilishidadir. 



Konstitutiaviy – huquqiy munosabatlarning boshqa huquqiy munosabatlardan farqi 

quyidagicha: 

1. Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlari faqat konstitutsiyaviy huquq predmeti 

hisoblanadi.   

2.Bu munsabat alohida subyekt tarkibiga ega. 

3. Barcha konstitutsiyaviy-huquqiy normalar ham aniq konsti¬tutsiyaviy-huquqiy 

munosabatlarni vujudga keltirmaydi.  

 Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar jamiyatda huquqiy normalarning 

ko‘rsatmalariga amal qilgan taqdirdagina amalga oshadigan mmunsabatlardir. 

Konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning subyektlari mavjud bo‘lib bu 

subyektlar qatoriga; fuqaro, shaxs, xalq, millat, davlat, deputat va senatorlar, davlat 

organlari, nodavlat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari kiradi. 

  Prinsip-normalar, maqsad normalar, deklarativ normalar boshqacharoq 

munosabatlarni vujudga keltiradi va shu orqali te¬gishli normada yotgan 

ko‘rsatma, ta’kidlar hayotga tatbiq qili¬nadi. Bu huquqiy munosabatlar umumiy 

xarakterda bo‘lib, aniq subyektlari yo‘q bo‘lgan taqdirda ham ularning huquq va 

burchi o‘rnatilmaydi. 

  Konstitutsiyaviy huquqiy normalar vaqtincha bo‘lishi mumkin. Masalan, 

fuqaroning vafot etishi. 

  Ayrim vazifalar bajarilganda ham huquqiy munosabatlar tugashi mumkin. 

Masalan, Saylov kompaniyasi tugashi bilan saylovchi va saylov kompaniyasi 

o‘rtasidagi munosabatlar ham tugaydi. Yuridik faktlar huquqiy munosabatlarni 

yaratilishi va tugatilishida huquqiy munosabatni vujudga keltiradigan va 

o‘zgartiradigan voqeadir. 

  Umumiy tarzda aytish mumkinki, konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning 

subyektlari, konstitutsiyaviy-huquqiy normalar¬ga asosan huquq va burchga ega 

bo‘ladiganlar hisoblanadi. 



  Ayrim hollarda chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham 

munosabatlar subyekti bo‘lishi mumkin. Masalan, fuqarolikni so‘rab murojaat 

qilganda .   

  Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, huquqiy munosabatlar huquqiy normalar amalga 

oshirilgandagina mavjud bo‘ladi. Ammo barcha huquqiy normalar ham huquqiy 

munosabatlarni keltirib chiqarmaydi. Misol uchun, prinsip-normalar, deklarativ 

normalar va maqsad normalarni aytib o‘tishimiz mumkin. 

  Konstitutsiyaviy tuzum asoslari bilan bog‘liq munosabatlar (davlat suvereniteti, 

hokimiyatchilik), shaxs huquqiy holati asos-lari, davlat tuzilishi, ma’muriy-

hududiy tuzilish asoslari, jamiyat¬dagi nodavlat tuzilmalar faoliyati asoslari, 

hokimiyat asoslari, hokimiyat organlari tizimi va faoliyatini tashkil etishning 

asosiy prinsiplari konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




                                                  Savol 

  Huquq ustuvorligi va Konstitutsiyaning ustunligi o‘rtasida qanday farq bor deb 

o‘ylaysiz? 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



                                                    Javob 

  Qonun ustuvorligining asosiy elementlari sifatida qonun ijodkorligini shaffof, 

hisobdorlik va demokratik jarayonni qamrab olgan qonuniylikka asoslanishi; 

huquqiy aniqliq; o‘zboshimchalikning taqiqlanganligi; mustaqil va xolis odil 

sudlovning ochiqligi; shuningdek ma’muriy hujjatlar ustidan sud nazoratining 

o‘rnatilganligi; inson huquqlarini hurmat qilish va kamsitmaslik hamda qonun 

oldida tenglik hisoblanadi. 

  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida O‘zbekiston xalqi 

huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlagani qayd qilingan. Huquqiy davlatning muhim 

va ajralmas belgisi - bu qonun ustuvorligi hisoblanadi deydi O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti 

bo‘lim boshlig‘i, M.Mirakulov. 

  Qonun ustuvorligining mamlakatimizdagi namunasi sifatida O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti Respublika fuqarolarining erkinliklari, Konstitutsiya va 

qonunlariga rioya etilishining kafili ekanligi, qonunlarning bajarilishi ustidan 

parlament, jamoaviy va idoraviy nazorati o‘rnatilganlig, mansabdor shaxslarning 

qilgan noqonuniy ishhlarini qonuniy jihatdan ko‘rib chiqilishi bo‘yicha 

fuqarolarning sudga murojaat eta olish imkoniyatining kafili ekanligi, 

qonunlarning aniq va bir xillda amalda bo‘lishi uchun prokuratura nazoratining 

o‘rnatilganligi orqali ko‘rishimiz mumkin. 

  Prokuratura organlarining mamlakatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni 

ta’minlash bo‘yicha ishining samaradorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis 

palatalari tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat 

qiluvchi komissiyasi “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasida 

mustahkamlangan. 

  Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandida qonun ustuvorligini 

ta’minlashga yo‘naltirilgan jamiyat va davlat qurilishi sohasida norma ijodkorligi 

va huquqni qo‘llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga 




oshirish vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida 

belgilab berilgan. 

  Qonun ustuvorligini ta’minlash uchun tashkil etilgan ma’muriy sudlar va 

ma’muriy tartib-qoidalar ham qonun ustuvorligini ta;minlash uchun muhim 

omillardan biri hisoblanadi. 

Endi Konstitutsiyaning ustuvorligiga to‘xtaladigan bo‘lsak,  Asosiy qonun – 

O‘zbekiston davlatidagi huuqning birdan bir asosiy manbaidir. Konstitutsiya 

Asosiy qonun sifatida normative-huquqiy hujjatlar tizimidagi asosiy tayanch 

hisoblanadi. Uning normative-huquqiy hujjatlari boshqa qonunosti huquqiy hujjat 

normalaridan ustun va ularga asosiy manba hisoblanadi.  

Bu haqida  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi aynan 

Konstitusiya va qonun Ustuvorligi deb nomlangan. Ushbu bobning 15-moddasida 

O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston respublikasining Konstitutsiyasi  

va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi va davlat unig organlari, mansabdor 

shaxslar va barcha Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar deyilgan. 

Ushbu bobning 16-moddasida esa Konstitutsiyanig birorta qoiadasi Respublika 

manfatlariga zarar yetkazuvchi ta’sirga ega bo‘lmasligi prinsipini yoritib beradi. 

“Huquqiy davlatning asosiy belgisi – barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, 

Konstitutsiya va qonunlarning ta’minlanishidir. Konstitutsiyava qonunning 

ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy qonunlar va me’yoriy-

huquqiy Kosntitutsiya asosida va unga muvofiq bo‘lishi talab etiladi. Ulug‘ 

bobokalonimiz Amir Temur aytganlariday : “Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu 

yerda erkinlik bo‘ladi.”.      

 

 



 

 



                            Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. 


Konstitutsiyaviy huquq (O‘quv qo‘llanma) – X.T. Odilqoriyev, Sh.N. 

Berdiyorov, I.E. Xojanazarov. 

2. 

Konstitutsiyaviy huquq (Darslik) – O. Xusanov. 



3. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Toshkent – “O‘zbekiston”) 

4. 

Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizom. 



5. 

“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonun. 

Foydalanilgan veb saytlar: 

1. 


WWW.Constitution.uz. 

2. 


WWW.Lex.uz 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


                                                                                                                                                            

 

 



 

 

 



 

 

 



                                                                                                                                                     

                                                                                         

                                                                                                                                               

                                                                                                                                               

                                                                                                                                                             

                                                                                                                                                

                                                                                                                                                 

                                                                                                                                                                                                            

                                                                                                                                                                      

                                                                                                                                 



Download 176.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling