2019 yil mart oyining to‘rtinchi haftasida o’tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari


XALQIMIZNING QAT’IY INTILISHI VA ULKAN BUNYODKORLIK SALOHIYATI RAMZI​


Download 498.5 Kb.
bet6/7
Sana08.01.2022
Hajmi498.5 Kb.
#249355
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ахб соати 22 03 2019

XALQIMIZNING QAT’IY INTILISHI VA ULKAN BUNYODKORLIK SALOHIYATI RAMZI​
Yangi yirik sanoat inshootlari, tub iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar O‘zbekistonning dovrug‘ini oshirmoqda. Yurtimizga xorijiy sarmoyadorlar manfaatli va ishonchli beznes makoni, chet ellik turistlar bokira go‘zallik timsoli va tarixning betakror guvohi sifatida qarayapti. 

Ekspertlar esa bularning barchasi qatorida O‘zbekiston bunyodkorlik o‘lkasiga aylanganini ham ta’kidlaydi. 

Darhaqiqat, yurtimizning qaysi go‘shasiga bormang, qurilish materiallari tashib ketayotgan ulkan yuk mashinalariga, tinimsiz ishlayotgan kranlarga ko‘zingiz tushadi. O‘zbekistonga bir kelgan kishi ikkinchi safar uning tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketganini e’tirof etayotgani ham haqiqat. O‘zimizdan qiyos – qaysi shaharda yashashimizdan qat’i nazar, uning biror ko‘chasiga bir-ikki yil bormasak, nogoh yo‘limiz tushganida adashib qolishimiz rost. Yangi qad rostlagan binolar eski tasavvurdagi mo‘ljalni buzib yuboradi. 

Bir so‘z bilan aytganda, umume’tirof etilayotgan iqtisodiy yutuqlar, mutlaqo yangi asosdagi samarali tashqi siyosat barobarida bunyodkorlik ham O‘zbekiston haqida tilga olinayotgan gaplar, bildirilayotgan fikr-mulohazalarning bosh mavzusiga aylangan. 

Buning negizida xalqimizga xos yangilanishga intilish hissi, atrofdagi manzarani go‘zallik bilan boyitish fazilati, ayni paytda katta ishlarga qo‘l ura olish jur’ati mujassamdir. 

Toshkent markazida eng zamonaviy standartlarga to‘la mos keladigan muz sporti saroyi barpo etilgani bu fikrning inkor etib bo‘lmas yorqin dalilidir. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 3 fevral kuni «Humo Arena» majmuasiga ramziy tosh qo‘yish marosimida qatnashib, bu kabi zamonaviy sport inshootlari barkamol avlod tarbiyasida alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 

O‘tgan vaqt mobaynida davlatimiz rahbari ushbu beqiyos bunyodkorlik jarayoni bilan bir necha bor tanishib, mutasaddi rahbarlarga qurilishni yuqori sifat bilan amalga oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi. 

Mana, me’mordan bog‘bongacha, konstruktordan haydovchigacha, muhandismi yo kranchimi, xullas, bu ulkan ishda qatnashgan barcha-barchaning fidokorona mehnati, xalqimizning buyuk jur’ati natijasida bugun bosh shahrimiz bo‘lgan Toshkentimiz, butun O‘zbekistonimiz shunday javohirga ega bo‘ldi. 

Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishuvida bunyod etilgan ushbu majmua dizaynida zamonaviy qurilish echimlari va ilg‘or texnologiyalar milliy madaniyat elementlari bilan uyg‘unlashib ketgan. Majmua ko‘kda parvoz qilayotgan baxt va hurlik ramzi – Humo qushi shaklida barpo etildi. 

15 mart kuni ushbu muhtasham sport koshonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, barchani ushbu qutlug‘ voqea bilan tabrikladi. 

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarda sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston davlat madhiyasi yangradi. 

Majmuaning tantanali ochilish marosimi sport muxlislari yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Marosimning bosh g‘oyasi san’at va sportni birgalikda uyg‘unlashtirishdan iborat bo‘ldi. 

Ochilish marosimi sportchi va san’atkorlar hamkorligida tayyorlangan shou dastur bilan davom etdi. Muz maydoni sathida 3D mepping texnologiyasi asosida Humo qushi, bu erda o‘tkaziladigan sport turlari tasviri namoyish etildi. Sportchi-yoshlar va bolalar ko‘rgazmali chiqishlar qildi. O‘zbekistonning yosh sportchilari va mashhur xokkeychilar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

“Humo Arena” zamonaviy muz saroyining foydalanishga topshirilishi O‘zbekiston sporti tarixida yangi bosqichni boshlab beradi. 

Qayd etish kerakki, ko‘p tarmoqli “Humo Arena” muz saroyi dunyoga mashhur o‘ndan ortiq xorijiy firma va kompaniya bilan hamkorlikda barpo etildi. 

Majmuaning konseptual loyihasi Janubiy Koreyaning “Heerim Architects & Planners” kompaniyasi, tom qismining loyihasi Avstriyaning “Oberhofer Stahlbau” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Umuman, inshootni qurish va jihozlashda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Fransiya, Finlyandiya, Rossiya kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan texnika va texnologiyalardan foydalanilgan. 

Inshoot ikki qismdan iborat bo‘lib, unda asosiy va mashq muz arenalari joy olgan. Umumiy maydoni 82 ming 250 kvadrat metrdan iborat 6 qavatli inshootning eng baland nuqtasi 40 metr. 

Mobil o‘rindiqlar bilan jihozlangan saroyda xokkey o‘yinlarini 12 ming 500, boshqa sport musobaqalarini 14 ming, turli konsert va dam olish dasturlarini 10 ming tomoshabin kuzatadi. Dam olish maskani va ijtimoiy markaz sifatida barpo etilgan muz saroyida turli tadbirlar o‘tkazish mumkin. Xususan, arenada xalqaro xokkey o‘yinlari, kyorling, figurali uchish, short-trek bo‘yicha musobaqalar, basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo bahslarini o‘tkazish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, majmuada umumxalq bayramlari, konsertlar, ko‘rgazma va forumlar tashkil etish uchun barcha sharoit muhayyo. 

Majmuada muhandislik tarmoqlari, yong‘inni o‘chirish, sovutish tizimlari, yoritish, ventilyasiya, isitish qurilmalari to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, tejamkor texnologiyalar asosida ishlaydi. 

Qisqacha aytganda, ushbu inshoot O‘zbekiston xalqi farovonligi, taraqqiyot va rivojlanish yo‘lida yangi sahifa ochilgani ramzidir.  

Marosimda Xalqaro xokkey federatsiyasi prezidenti Rene Fazel, dunyoga mashhur sportchi va san’atkorlar ishtirok etdi. 



Download 498.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling